Harakatlavnuvchi blokka tal bloki deb ataladi (7.7-rasm). Kranblok eng ko‘pi bilan 6-ta roliklardan va arqon uchun ariqchadan, tal bloki esa 5-ta ariqchali rolikdan tashkil topgan. Shu sababli, yuruvchi arqonga burg‘ilash quvurlar tizmasini og‘irligini o‘n barobar kamaytirib beradi. Burg‘ilash jarayonida burg‘ilash quvur tizmasi bilan burg‘iga aylantirish va parchalangan tog‘ jinslarini haydab chiqarish uchun bir vaqtda burg‘ilash eritmalari haydaladi. Shu maqsadda ilgak (9) va kvadrat (11) oralig‘iga maxsus qurilma vertlyug (6) montaj qilinadi.