Burg‘ilash quvurlari seksiyasini bir-biri bilan biriktirishga, burg‘ilash quvurlarini tizmasi deb ataladi. Burg‘ilash quvuri tizmasidagi birinchi yetakchi quvur kvadrat deyiladi.
Burg‘ilash quvurlarini eng pastdagisi OBQ (og‘irlashtirgan burg‘ilash quvuri) deyiladi va u burg‘i ustiga o‘rnatiladi.
OBQ burg‘iga yuk berish va burg‘ilash tizimini tarang tortish uchun xizmat qiladi. U qalin devorli quvurlardan tayyorlanadi. Chuqur quduqlarni burg‘ilashda burg‘ilash tizmasini og‘irligini kamaytirish uchun po‘lat quvurlari o‘rniga alyuminiy qo‘yma (alyuminiy mis va magniy qo‘ymasi), ya’ni yengil qo‘yma burg‘ilash quvurlariga almashtiriladi.
Yengil quyma burg‘ilash quvurlari uchi ichkariga kirgizmali 73, 93. 114, 129 va 147 mm li diametrda ishlab chiqariladi. Bu quvurlarni uchlariga standart rezba yo‘niladi. Ular bir-biri bilan maxsus po‘lat burg‘ilash qulflari yordamida biriktiriladi. Yengil qo‘yma burg‘ilash quvurlarini qo‘llanilishi burg‘ilash tizmasini og‘irligin ikki va undan katta marta yengillashtiradi. Burg‘ilash quvurlari zavoddan 6;8 va 11.5 metr uzunlikda ishlab chiqariladi. Svecha 25-36 metr uzunlikda yig‘iladi.