maruza. Kirish. Neft va gaz geologiyasi soat


Burg‘ilash eritmalarini parchalangan tog‘ jinslarini qanchalik ushlab turish qobiliyatiga barqarorlik deb ataladi



Yüklə 169,43 Kb.
səhifə83/187
tarix11.05.2022
ölçüsü169,43 Kb.
#57553
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   187
maruza. Kirish. Neft va gaz geologiyasi soat

Burg‘ilash eritmalarini parchalangan tog‘ jinslarini qanchalik ushlab turish qobiliyatiga barqarorlik deb ataladi.

Burg‘ilash eritmalarini tayyorlash jarayonida uni xossalarini yaxshilash maqsadida kimyoviy ishlov beriladi.

Burg‘ilash eritmalariga kimyoviy ishlov berish uni tarkibiga mos bo‘lgan kimyoviy moddalarni qo‘shish demakdir.

Burg‘ilash eritmalariga kimyoviy ishlov berilganda qovushqoqlikka erishish, uni issiqlikka chidamlilik xossasini oshirish, unga issiqlikka chidamliligini oshirish, barqarorligini kuchaytirish, uni filteratsiya bo‘lish xossasini pasaytirish va hakozolarni ko‘rsatgichini oshishi nazarda tutiladi.

Burg‘ilash eritmalar markaziy loyli zavodlarda yoki to‘g‘ridan-to‘g‘ri burg‘ilash maydonida tayyorlanadi. Burg‘ilash eritmalari quduqlarni burg‘ilash jarayonida tozalash ta’siriga olinadi. Burg‘ilash eritmalari qisman tog‘ jinslarini tarnovlarda tushishi va sig‘imlardan chiqishda tozalanishi mumkin, hamda tebratish bloklaridan, gidrotsiklonlardan maxsus tizimlarda majburiy mexanik tozalashdan o‘tkaziladi. Tog‘ jinslaridan tozalangan eritma yana qaytadan quduqqa haydaladi. Quduqni burg‘ilash jarayonida har xil murakkabliklar, jumladan tog‘ jins nomustahkamligi tufayli og‘nab ketishi: burg‘ilashda qatlamni katta g‘ovakligi va o‘tkazuvchanligi tufayli burg‘ilash eritmasini kichikdan to to‘liq yutilib ketishi: katta kovaklarni paydo bo‘lishi; quduqdagi bosimdan qatlam bosimi yuqori bo‘lganda neft yoki gaz (ochiq neft yoki gaz) otilmalarini paydo bo‘lishi, tog‘ jinslari nurab ketganda, katta egrilanishda, quduqni stvolida burg‘ilangan tog‘ jinslari cho‘kkanda, quduq stvolida sirkulyatsiya to‘xtaganda burg‘ilash jihozlarini qisilib qolishi sodir bo‘ladi.

Quduqlar tik, qiya-yo‘naltirilgan va gorizantal burg‘ilanadi. Uzoq vaqt quduqlar faqat tik holda burg‘ilanib kelindi. So‘nggi yillarda ko‘proq quduqlarni burg‘ilashda kech-yo‘naltirilgan burg‘ilash usuli qo‘llanilib, quduq loyihaga muvofiq tiklikdan troyektoriya bo‘ylab og‘diriladi.

Odatda qiya quduqlarni dengiz tagini, daryo, ko‘l, hamda tog‘larni tagini, jarlarni: botqoq joylarni hayvonot o‘rmonlarini, yirik sanoat obyektlarini, shahar va qishloqlarni tagini burg‘ilashda qo‘llash maqsadga muvofiqdir. Ochiq neft va gaz favvoralarini bartaraf etishda, mahsuldor yerlarni saqlab qolishda, burg‘ilashga quduqlarni tayyorlashda, kammunikatsiya (aloqa elektroenergiya, suv uzatmalari va hakozo) harajatlarini kamaytirishda qiya quduqlarni qo‘llash mumkin. Quduq profilini tiklikdan og‘dirish uchun maxsus moslamalar qo‘llaniladi. Ularga quyidagilar kiradi: egri uzatma, egri burg‘ilash quvuri, har xil ko‘rinishdagi og‘dirgichlar va hakozo.

Keyingi yillarda ko‘proq gorizontal quduqlar, hamda ishlangan quduqlarda va norentabel quduqlarda, neft bilan ishlanmagan qatlamichalarda yon gorizontal stvollarni burg‘ilash qo‘llanimoqda.


Yüklə 169,43 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   187




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin