Neft va gaz sanoatida qo‘llaniladigan texnologiyalarning innovatsionligi qo‘llaniladigan jihozlarni doimiy ravishda takomillashtirib borish bilan uzviy bog‘liqdir. Sohada qo‘llanilayotgan texnologiyalar doimiy ravishda ularga raqobatbardosh bo‘lgan afzal texnologiyalar bilan takomillashib boradi. Shuning uchun bozor iqtisodiyoti davrida jihozlarni ishlab chiqaruvchi tomonidan ishlab chiqarishga tavsiya va taklif etishda ularni kompleks ravishda foydalanish muxim hisoblanadi. Bu esa jihozlarni ishlab chiqaruvchi korxonalar tomonidan texnologik jihozlarni loyixalash va keyingi bosqichda ularni tayyorlash sohasida kompleks: blok-komplekt bajarilishda tayyorlash, ularni buyurtmachi korxona ishlab chiqarish sharoitida o‘rnatish va ishga tushirishni amalga oshirish, qazib olish obyektini kompleks jihozlash, mahsulotlarni tashish, qurilishi tugatilgan obyektni ishga tushirgunga qadar neft va gazni iste’molchiga va qayta ishlashga uzatish, personallarni o‘rgatish va jihozlarga kafolat muddatidan keyin xizmat ko‘rsatish va shu kabi yechimlarni qabul qilishni taqazo qiladi.
Neft va gaz qazib chiqarish korxonasida amalga oshiriladigan texnologik jarayonlarning to‘liq sikli investitsion-qurilish loyixasining paydo bo‘lishi vaqtidan boshlab to qurib tugatilgan obyektni birgalikda ishlatishga topshirilgunga qadar bo‘lgan barcha ishlarni o‘z ichiga oladi.
Jihozlarni blok-komplekt tayyorlash orqali aniq turdagi yoki tavsifdagi neft yoki gaz mahsuloti ishlab chiqarilishi yo‘lga qo‘yiladi. Neft va gaz qazib chiqarish va tayyorlash texnologiyalarida integratsiya hisobiga quduqni qurish va ishga tushirish, hvmdv undan foydalanishlarga sarf bo‘ladigan mablag‘lar kamayadi. Qurilmalarda jihozlarni blok-komplekt tayyorlash kichik o‘lchamli jihozlarni, blok uzellar va agregatlarni qo‘llash hisobiga texnologiyalarni jadallashtirish imkonini beradi, jihozlarning ishonchliligini oshirish va ularni boshqarish jarayonini to‘liq avtomatlashtirish hisobiga xizmat ko‘rsatuvchi personallar sonini kamaytirishga olib keladi. Ayniqsa aniq kon sharoiti uchun qabul qilingan texnologik yechimlarga ko‘ra neftni kompleks tayyorlash qurilmasi, gazni kompleks tayyorlash qurilmasi, yonilg‘i gazini tayyorlash qurilmasi, yonilg‘i gazini tayyorlash bloki va shu kabi blok-komplektlar ishlab chiqarish sharoitida keng miqyosda qo‘llaniladi.
Odatda blokning o‘zi, qurilmadan foydalanish geografik o‘rnini hisobga olgan holda, barcha qurilish normalari va talablariga mos ravishda tayyorlangan yopiq turda bajarilgan metall konstruksiya hisoblanadi. Bunda asosiy e’tibor sanoat va yong‘in xavfsizligi normalariga rioya qilishga qaratiladi. Bloklar ichida texnologik jihozlar joylashadi. Umumiy texnologik liniya obyektda o‘rnatilgan birlashgan kompleksdagi bir nechta bloklarda o‘rnatilgan bo‘lishi mumkin. Barcha texnologik liniyalarning boshqaruv shchiti joylashgan operator binosi asosiy texnologik jihozlar binosidan ajratilgan va undan uzoqroqda joylashadi. Texnologik jarayonlarni boshqarish operator xonasidagi avtomatlashtirilgan ish o‘rinlari orqali aloxida turib uzoqlashtirilgan holda amalga oshiriladi.
“Shurtan neft va gaz qazib chiqarish” boshqarmasi bosh inshootida joylashgan, gazni kompleks tayyorlash sexi tarkibiga quyidagi qurilmalar va korxonaning yordamchi inshootlari kiradi: