Ma’ruza mantlari


-MA’RUZA Metallarga sovuqlayin ishlov berganda texnika havfsizligi qoidalariga rioya qilish



Yüklə 3,55 Mb.
səhifə10/16
tarix12.10.2023
ölçüsü3,55 Mb.
#154148
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   16
3 Ma\'ruza materiallari

6-MA’RUZA
Metallarga sovuqlayin ishlov berganda texnika havfsizligi qoidalariga rioya qilish.


Reja:



  1. Metallarga qirindi ajratish yo’li bilan ishlov beruvchi dastgohlarda texnika xavfsizligi.

  2. Metallarni sovuqlayin shtamplovchi mexanik presslarda ishlash texnika xavfsizligi.

  3. Ish joyini tashkil qilish va dastgohlarni o’rnatish qoidalari.

Aylanish sirti (patron, planshayba, xomutnik va boshq.) ularning tashqi ya’ni detal mahkamlanadigan qismi juda silliq bo’lishi lozim. Agar ularda chiqiq yoki chuqurchalar bo’lsa ular himoya vositasi bilan qoplanishi shart.


Tokarlik ko’p shpindelli, bir shpindelli avtomat, tokarlik revolver va boshqa tokarlik dastgohlari chiviqlarga ishlov berish uchun mo’ljallangan bo’lib ularga ishlov berish vaqtida dastgohlarda himoya qiluvchi shitlar bo’lishi shart. Ishlov berilayotgan chiviq uzun bo’lmasligi va qiyshaymagan bo’lishi shart.
Qovushqoqligi yuqori bo’lgan materiallar (po’latlar) bilan ishlaganda maxsus charxlangan keskichlardan yoki maxsus strujka tozalovchi moslamalardan ham foydalanish kerak. Yurish vinti mavjud bo’lgan dastgohlarda vint va valiklar himoya g’ilofiga ega bo’lishi kerak.
Mashinasozlik sexlarida metallarga metal qirquvchi dastgohlar yordamida turli operatsiyalar bajarilib, detallar olinadi. Bu jarayon inson ishtirokisiz bo’lmaydi. Dastgohlarda ishlashda ishchi xavfsizlik qoidalariga to’liq rioya qilmaydigan bo’lsa nafaqat o’zi balki atrofidagi boshqa insonlar hayotiga ham rahna solishi mumkin. Buni oldini olish maqsadida korxona va zavodlar tomonidan barcha ishga yangi kirgan ishchilar texnika xavfsizligi va mehnat muhofazasi bo’yicha o’qitilib, ruxsatnomalar berilib keyin ish o’rinlari bilan ta’minlanadi.
Ishchini normal ishlay olishi uchun:
Dastgohlarni asosi polga siljimaydigan qilib mahkamlangan bo’lishi lozim.
Dastgohlarni alohida qisnlari bir-biri bilan boltlarda mahkamlanishi shart, o’rnatish va ta’mirlash ishlarini oson bo’lishini ta’minlash maqsadida.
Ish joyida stellaj (zagatovka va tayyor detallarni qo’yish uchun), shkaf (asboblar va moslamalarni qo’yish uchun) va yuk ko’tarish moslamalari bilan ta’nimlangan o’lishi lozim



Quyidagilar taqiqlanadi:


Qirindi uchish yo'lida turish;
Chirmashgan qirindi yo'nalishini o'ziga to'g'irlash;
Yo'nilgan teshikdan qirindini qo'lda olish;
Har xil qo'lqoplarda hamda bintlangan barmoqlar bilan rezina barmoq-g'ilofsiz (napalchniksiz) ishlash;
Nosoz va zurur ximoya tusiqlari bo'lmagan stanokda ishlash;
Kulachaklarining ishchi yuzasi yeylangan siquvchi patronlardan foydalanish;
Teskari aylanishda (revers) o'z-o'zidan yechilib ketishini oldini oluvchi suxarilar bilan patron maxkamlanmagan xolata ishlash;
Gayka kalitlarini quvur yoki boshka ulanmalar bilan uzaytirish;
Quyrug'i shikastlangan asbobni o'rnatish;
Asboblarni, detallarni va boshqa predmetlarni stanina va oldingi babka qopqog'i ustiga qo'yish;
Dastagi halqasimon bo'lgan ilgakdan foydalanish;
Stanok ishlayotgan xolatda ishlov berilayotgan chiviqni qo'lda mahkamlash va shpindelga uzatish;
Detalni mahkamlagandan so'ng toresli kalitni patron uyasida qoldirish;
Muddatini o'tagan va urilgan markazlar bilan, xamda tezkor kesishda aylanmaydigan markazlar bilan ishlash;
Shpindel aylanishini stanokning aylanayotgan qismiga yoki detalga qo'lni bosish bilan tuxtatish;
Texnologik jarayonda ko'rsatilgan kesish rejimlarini usta bilan kelishmasdan o'zgartirish;
Shpindel aylanayotgan xolatda stanok ustidan biror narsani (predmetni) uzatish yoki olish;
Kesib tushirish vaqtida ishlov berilayotgan detalni qo'lda ushlab turish;
Ish va o'tish joylarini ivirsitish va tirband qilib yuborish.
Detal va xom ashyolarni oyoq ostga polga joylashtirish (joylashtirish uchun tagliklar, konteynerlar, tayanchlar va boshqalar).
Avariya vaziyatlaridagi xavfsizlik talablari
Ish vaqtida avariya vaziyatlari yuzaga kelganda ishchi quyidagilarga majbur:
Stanokni to'xtatish, o'chirish choralarini ko'rish va darxol ish rahbariga xabar qilish;
Yong'in vujudga kelgan holatlarda, mavjud o't o'chirish vositalari yordamida yong'inni o'chirishga kirishish, bir vaqtning o'zida o't o'chiruvchilarni chaqirish;
Jabrlanganlar mavjud bo'lgan hollarda, jabr ko'rgan kishi hayoti va sog'ligiga ta'sir ko'rsatuvchi xavfli omillarning organizmga ta'sirini yo'qotish (elektr toki ta'siridan ozod qilish, yonayotgan kiyimni o'chirish va hokazo), uning ahvoliga baho berish;
Jabrlanuvchini qutqarish uchun kerakli choralarning muhimligi tartibiga qarab bajarish, ya'ni nafas yo'llarining o'tkazish qobiliyatini tiklash, sun'iy nafas oldirish, yurakni tashqi uqalash (massaj), qon oqishini to'xtatish, yarani bog'lash va boshqalar;
Tez tibbiy yordamni chaqirish yoki jabrlanuvchini yaqin davolash muassasasiga tashish choralarini ko'rish;
Voqea joyidagi holatni mumkin qadar saqlab qolish.



Yüklə 3,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin