Ma‘ruza mashg‘uloti mazmuni 1-mavzu: pedagogika nazariyasi fanining mazmuni va mohiyati, predmeti. Didaktika ta’lim nazariyasi sifatida. Mavzu rejasi


Ta’limning o‘quvchilarga mos bo‘lish tamoyili



Yüklə 128,8 Kb.
səhifə24/50
tarix20.11.2023
ölçüsü128,8 Kb.
#162296
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   50
Maruza 1

Ta’limning o‘quvchilarga mos bo‘lish tamoyili deganda o‘quv materiallarining mazmuni uning hajmi, xarakteri, u yoki bu sinf o‘quvchilarining jismoniy rivojiga, umumiy tayyorgarligiga – saviyasi va imkoniyatlariga loyiq bo‘lishi tushuniladi.
Ta’limda bilim ko‘nikma va malakalarni puxta va mustahkam o‘zlashtirish tamoyili muhim didaktik talab va qoidalarni, ya’ni o‘quvchilar tomonidan tizimli va ongli o‘zlashtirilgan ilmiy bilimlarni mustahkam, esda saqlab qolish hamda o‘zlashtirilgan ilmiy bilimlarni o‘z turmush faoliyatlarida qullay olish malakalari bilan qurollantirishni nazarda tutadi.
Ta’limning chuqurligi va mustahkamligi talabi didaktikada an’anaviy hisoblanadi va u yuzakilikka qarama-qarshi qo‘yiladi. Chuqur, mustahkam bilimning asosiy belgisi eng fundamental g‘oyalar, qoidalar, tushuncha, kategoriyalarni tushunish, chuqur o‘zlashtirish, o‘rganilayotgan materiallar mazmunini puxta anglashdan iborat.
Ta’limning tushunarliligi tamoyili o‘quvchilarning mavjud imkoniyatlarini hisobga olish, jismoniy va psixik sog‘lig‘iga yomonta‘siretuvchi intellektual va emotsional qiyinchiliklardan voz kechishni talab etadi. Ta’limning tushunarli bo‘lishi o‘quvchilarning yoshi, bilish imkoniyatlarini hisobga olib o‘qishning mazmunini to‘g‘ri aniqlash demakdir, ya’ni, har bir o‘quv fani bo‘yicha o‘quvchilar egallab olishi zarur bo‘lgan bilim, amaliy ko‘nikma va malakalari hajmini to‘g‘ri aniqlashdir.
Ta’lim mazmuni tushunchasi. Ta’lim mazmuni deganda o‘quvchilarning egallashi lozim bo‘lgan bilim, ko‘nikma, malaka va kompetentsiyalarning aniq belgilangan hajmi va ko‘lami tushiniladi.
Ta’lim mazmuni tarkibida quyidagilar aks etadi: olam va inson haqidagi bilimlar; faoliyatni amalga oshirish usullari; ijodiy faoliyat tajribasi; atrof-muhitga emotsional-faoliyat tajribasi.
Ta’lim mazmuni takomillashib borish tavsifiga ega bo‘lib, uni aniqlovchi asosiy omillarga quyidagilarni kiritish mumkin:

  1. jamiyatda fan, texnika va madaniyatning rivojlanganlik darajasi;

  2. jamiyat tomonidan qo‘yiladigan ijtimoiy buyurtma;

  3. ta’lim ninq maqsad va vazifalari;

  4. innovatsion rivojlanish darajasi;

  5. axborotlarning hajmi va ko‘lami;

  6. o‘quvchilarning yosh xususiyatlari.

Zamonaviy sharoitda fan va texnika rivoji ta’lim va uning natijalariga qo‘yiladigan talablarni tubdan o‘zgartirishni talab etmoqda va ana shu asosdan kelib chiqqan holda ta’lim mazmunini modernizatsiyalashni davrning o‘zi pedagoglarning oldiga muhim vazifa qilib qo‘ymoqda. Hozirgi vaqtgacha ta’lim mazmunini loyihalash tizimli-faoliyatli yondashuvga asoslangan bo‘lsa, umumiy o‘rta ta’lim maktablarining maqsadini o‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va malakalarni o‘zlashtirish tarzidan o‘z-o‘zini rivojlantirishga qaratilgan kompetensiyalarni kompetentli-faoliyatli yondashuvga asoslanishdan kelib chiqqan holda belgilash talab etilmoqda. Chunki umumiy o‘rta ta’lim maktablarida tashkil etilayotgan o‘quv-tarbiya jarayonining mohiyati o‘quvchilarning ehtiyojlari va qobiliyatlarini rivojlantirish emas, balki o‘quv fanlari bo‘yicha asosan bilimlarni axborot-verbal tarzda yetkazish, ko‘nikma va malakalarni shakllantirishdan iborat bo‘lib qolmoqda. Bunday reproduktiv tarzda o‘zlashtirilgan ma’lumotlar o‘quvchining amaliy. Kompetent yondashuv o‘quvchidan alohida-alohida bilim va ko‘nikmalarni o‘zlashtirishni emas, balki ularni yaxlitlikda egallashni talab etadi. Mazkur talab bilan bog‘liqlikda o‘z navbatida o‘qitish metodlarini tanlash tizimi ham o‘zgarishga uchraydi. O‘qitish metodlarini tanlash va amaliyotda qo‘llash o‘z navbatida ta’lim jarayonida qo‘yiladigan talablarga muvofiq keladigan kompetensiya va funksiyalarni takomillashtirishni talab etadi.
Yuqorida ta’kidlab o‘tilganidek, kompetent yondashuv umumiy o‘rta ta’limnimodernizatsiyalash nuqtai nazaridan yangi pedagogik voqelik hisoblanadi. Mazkur yondashuv doirasida amaliy faoliyat tajribasi, kompetensiya va kompetentlikni didaktik birliklar sifatida ko‘rib chiqish hamda ta’limning an’anaviy uch elementi (triada) – «Bilim – Ko‘nikma – Malaka»ni oltita birlik (sikstet) – «Bilim – Ko‘nikma – Malaka – Amaliy faoliyat tajribasi – Kompetensiya – Kompetentlik» tarzida tahlil etilishi talab etiladi.

Yüklə 128,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   50




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin