Ma‘ruza mashg‘uloti mazmuni 1-mavzu: pedagogika nazariyasi fanining mazmuni va mohiyati, predmeti. Didaktika ta’lim nazariyasi sifatida. Mavzu rejasi


Ta’limning tashkiliy-metodik tamoyillari



Yüklə 128,8 Kb.
səhifə23/50
tarix20.11.2023
ölçüsü128,8 Kb.
#162296
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   50
Maruza 1

Ta’limning tashkiliy-metodik tamoyillariga quyidagilar kiradi: ta’limning tizimliligi va izchilligi; ta’limda onglilik, faollik va mustaqillik; ko‘rsatmalilik; ta’limning o‘quvchilarga mos bo‘lishi; ta’limda bilim ko‘nikma va malakalarni puxta va mustahkam o‘zlashtirish tamoyili; tushunarlilik.
Ta’limning tizimliligi va izchillik tamoyili bayon qilinayotgan o‘quv materialini mustahkamlash va ilgari o‘tilgan materiallarni to‘ldirishga xizmat qilishini, o‘quvchilarning uzluksiz va tizimli suratda mustaqil ish olib borishlarini, o‘quvchilarning o‘zlashtirgan bilim va hosil bo‘lgan ko‘nikma, malakalarini hisobga olib borishni ham o‘z ichiga oladi.
Izchillik ta’lim mazmuni, uning shakli va usullari, o‘quv jarayoni ishtirokchilari bo‘lgan subyektlarning o‘zaro munosabatlariga taalluqli. U alohida parsial (yunoncha partialis – qisman) va xususiy o‘quv vaziyatlari, predmet va hodisalar o‘rtasidagi bog‘liqlik, aloqadorlik qonuniyatlarini asta-sekin o‘zlashtirish asosida ularni yagona yaxlit o‘quv jarayoniga birlashtirishga imkon beradi.
Izchillik ta’lim jarayonining ma’lum tizim va ketma-ketlik asosida bo‘lishini nazarda tutadi, zero, murakkab masalalarni oddiy masalalarni o‘rganmay turib hal etib bo‘lmaydi.
Ta’lim da onglilik, faollik va mustaqillik tamoyili o‘qitishni shunday tashkil etishni nazarda tutadiki, bunda o‘quvchilar ilmiy bilimlarni hamda ularni amalda qo‘llash usullarini ongli va faol egallab olishlari lozim. Bilimlarni ongli ravishda o‘zlashtirish quyidagi omil va shartlarga bog‘liq: o‘quv motivlari, o‘quvchilarning faollik darajasi, o‘quv-tarbiyaviy jarayonning samarali tashkil etilishi, o‘qituvchi tomonidan qo‘llanuvchi ta’lim metodlari va vositalarining samaradorligi va boshqalar. O‘quvchilarning faolliklari reproduktiv va ijodiy xarakterga ega bo‘lishi mumkin. Mazkur tamoyil o‘quvchilarning tashabbuskorliklari va mustaqil faoliyatlarini nazarda tutadi.
Ta’lim da ko‘rsatmalilik tamoyili o‘qitish jarayonini sifatini oshiradi, o‘quvchilarning bilim olishlarini osonlashtiradi. Ya.A.Komenskiy uni didaktikaning “oltin qoidasi” deb atagan. Unga binoan ta’limda inson sezgi orgalaridan foydalanish kerak. «Agarda biz o‘quvchilarda haqiqiy va aniq bilimlar paydo qilishni istasak, unda biz umuman hamma narsaga shaxsiy kuzatish va sezib ko‘rish bilan ta’limga intilishimiz kerak – deb ta’kidlaydi u – agarda qandaydir predmetni baravariga bir necha sezgi organlari bilan qabul qilish mumkin bo‘lsa, mayli ular baravariga bir necha sezgilari bilan o‘rganilsin».
Tajribalar asosida o‘rganilayotgan narsani namoyish etish va jarayon mohiyatini hikoya qilib berish o‘zlashtirish darajasini birmuncha oshiradi. Xususan, axborotlarni eshitib qabul qilish samarasi 15%, ko‘rib qabul qilish esa – 25%ni tashkil etadi. Ta’lim jarayonida, ularni bir vaqtda ishtirok etishi natijasida ma’lumotlarni qabul qilish samaradorligi 65 % gacha ortadi.
Ko‘rgazmalilikdan o‘quv jarayoni barcha bosqichlarida foydalanish mumkin: yangi materialni o‘zlashtirish, uni mustahkamlash, mashqlarni tashkil qilish hamda o‘quvchilarning dastur materiallarini o‘zlashtirishlarini tekshirish va baholashda.

Yüklə 128,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   50




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin