Maqsad: Uyushqoqlik, faollik, mustaqillik, do’stona munosabatlari va o’zaro yordam kabilarni tarbiyalash, kuzatish.
Kerakli jixoxlar: Koptoklar, keglilar, gimnatsik o’rindiq, mat, ayiqcha, sandiqcha, har-xir rasmlar, rasmlarga doir o’yinchoqlar.
Kutilayotgan natijalar: Bolalarni jismoniy ravishda jismoniy chinqtirish, sog’lom va jismonan baqquvat qilib tarbiyalash, do’stona munosabatni shakillantirish, nutq madaniyatini oshirish.
Faoliyatning borishi: Tarbiyachi: Salom bergan bolaning o’zi odobli,
Kulib turgan yuzlari, go’yo oftobli.
Salom berish bu a’lo a’lomat,
Salom berganlar bo’lsin salomat!
Assalomu alaykum jajji shirindan-shakar bolajonlar, mana bog’chamizga hurmatli mehmonlar tashrif buyurishgan. Qani bolajonlar mehmonlar bilan salomlashib olamiz.
Bolalar:Mehmonlar bilan salomlashishadilar.
Tarbiyachi: barakalla bolajonlar bir-birimizni qo’llarimizni ushlab bir-birimizga kulib boqamiz va kutarinki kayfiyat tilaymiz.
Bolajonlar biz sizlar bilan sayrga chiqdik, bugun sizlar bilan gullar orolchasiga tashrif buyuramiz, lekin u yerni faqat ayiqpolvon biladi. Shuning uchun sizlar bilan ayiqpolvonning uyiga boramiz. Ayiqpolvonning uyiga borish uchun manabu ko’prikchadan o’tamiz. (Bolalar uzun lenta bo’ylab yurishadi) Tarbiyachi: Mana bolalar ayiqpolvonning uyiga ham yetib keldik.
Bolalar: Ayiqpolvon bilan salomlashishadi.
Tarbiyachi: Bolajonlar ayiqpolvon bizga sehirli sandiqcha keltiribdi, uni ochish uchun topishmoqni javobini topishimiz kerak, ushanda sehirli sandiqcha ochilar ekan.
Topishmoq: “Qat, qat qatlama, aqling bo’lsa tashlama”. Bu nima
Bolalarning javobi: (kitob)
Sandiqcha ochiladi va ichida har-xil savollar bor. Bolalar birin-ketin bu savollarga javob berishadi. Ayqpolvon gullar orolini ko’rsatib yuboradi va bolalar ayiqpolvon bilan xayirlashadilar.
Musiqiy tannafus: poyezd musiqasi sadosi ostida bolalar poyez bo’lib gullar orolchasida yetib borishadi.
Bolalar gullar orolchasida har-xil gullarni kuzatishadi, gullar haqida suxbat o’tkazishadi va savol-javoblar o’tkaziladi. Moychechak gulidan tayyorlangan shifobaxsh damlamadan tatib ko’rishadi va baxo berishadi.
Tarbiyachi: Bolajonlar mana siz bilan gullarni kuzatdik endi poyezdchaga minamiz va o’yin maydonchamizga o’tamiz. Bolalar poyezda minb maydonchaga musiqa sadosi ostida harakatlanib mashq bajarib o’tishadi.
Men sizlarni quvnoq estafetaga taklif etaman, marxamat endi ikki guruhga bo’linamiz o’ng tomonga sabzavotlar, chap tomonga mevalar jamoasiga bo’linib olamiz. Mana bu sehirli xaltachada meva va sabzavotlar bor. (Bolalar biri-ketin xaltachadan meva va sabzavotlarni olishadi va jamoaga bo’linib olishadi)
1-shart: Ilon izi bo’lib yugurish, keglilar orasidan.
2-shart: oyoqda koptok bilan keglilar orasidan yugurish.
3-shart: Gimnastik matdan yumalab meva, sabzavotlarni savatga solish.
(Bolalar shartlarni maroq bilan bajarishadi va olqishlashadilar)
Tarbiyachi: keling bolalar sizlar bilan birgalikda yana bir o’yin o’ynaymiz, bu o’yinning nomi “O’xshashini olib kel” deb nomlanadi.
(Bolalar gilam atrofida aylana bo’lib o’tirib olishadi, gilamda suratlarga mos o’yinchoqlar qo’yilgan, bolalarga o’yin qoidalari tushintiriladi)
Bolaga kartochka ko’rsatiladi va orqasiga o’girib qo’yiladi. Bola ko’rib esida qolgan bo’yicha stol ustidan kartochka o’xshashini topib glamdagi o’yinchoqni olib keladi va u haqida so’zlab beradi.
Musiqa ostidan dam olish daqiqasi o’tkaziladi.
Tarbiyachi: bolajonlar bugun sizlar bilan rosa maza qildik. Endi biz sekin turamiz, ko’zlarimizni yumamiz, atrof jim-jit. Yengi nafas olamiz. Oyoqlarimiz, qo’llarimiz dam oladi, sekin-asta o’yg’onamiz. Tur deganda ko’zlarimizni ochamiz, turdik.
Tarbiyachi: Bolalar sizlar bilan bugungi sayrimizni rosa maroqli o’tkazdik barakalla bolajonlarim.
Yakuniy qism: Sekin yurish