Zamonaviy menejer faoliyati



Yüklə 133,98 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/3
tarix02.10.2023
ölçüsü133,98 Kb.
#151499
  1   2   3
920-Текст статьи-3259-1-10-20210421



ZAMONAVIY MENEJER FAOLIYATI 
Alimova Qunduz Oybek qizi 
Maktab menejmenti kafedrasi o’qituvchisi 
imonaalijon@gmail.com
Ungarov Behzodbek Turg`un o`g`li 
Maktab menejmenti yo’nalishi talabasi 
Annotatsiya: 
Ushbu maqolada
 
hozirgi kunda ko`plab korxona va 
tashkilotlarda hatto ta`lim muassasalarida faoliyat yuritayotgan menejerlar 
faoliyati hamda u yerda olib boradigan ish uslublari haqida batafsil ma’umotlar 
keltirilgan.Bundan tashqari zamonaviy menejerning ko’rinishi tashqi va ichki 
muhitdagi faoliyati va sifatlari keltirib o’tilgan. 
Kalit so’zlar: menejer, zamonaviy menejer, 
modellashtirish, tashiq muhit,tashqi 
aloqa, ma’muriy qog`ozbozlik, avtoritar,liberal, demokratik uslub, innavatsion 
faoliyat 
Hozirda ko`plab korxona va tashkilotlarda hatto ta`lim muassasalarida ham 
menejerlar faoliyat yuritmoqda. Menejer o`zi kim? Va korxona va tashkilotlarda 
uning ahamiyati va ro`li qanday? Korxona va tashkilotlar nega menejerga ehtiyoj 
sezadilar? Menejer – bu boshqaruv faoliyati bilan shug`ullanuvchi, maxsus 
bilimlarga ega, bozor sharoitida faoliyat yurituvchi , faoliyatning ba`zi turlari 
bo`yicha qaror qabul qilish vakolatiga ega xodimlardir.
Menejerning obrazi doimiy ravishda boyib boradi, insoniyroq bo'ladi. 
Hozirgi vaqtga qadar menejmentning vatani bo'lgan AQShda ratsional turdagi 
menejerlar ustuvorlik qilgan, ular ko'proq muxandislik - iqtisodiy ko'nikmalarga va 
boshqaruvga yondashuvlarga ega bo'lganlar. Ammo hozirgi vaqtda endi yangi 
turdagi menejerlar paydo bo'ldilar, ular asta-sekin ishlab chiqarishdagi insoniy 
omillarni hisobga olish tomoniga yuz o'girmoqdalar. Buning ustiga, bu turli 
tumanliklar ishga doir xulqqa xos alomatlarni kasb etmoqdalar. 
Buning ustiga, avvallari tashkilotni boshqarish uchun ushbu sohada 
mutaxassis bo'lish shart emas, boshqaruv texnologiyasi va texnikasini bilan, 
odamlar bilan ishlay olishlikning o'zi yetarli deb hisoblangan.


Hozirgi vaqtda ijtimoiy ishlab chiqarishni rivojlanishi natijasida bunday 
yondashuv tanqidga uchramoqda, chunki yollanma menejerlar o'zlarini ishlab 
chiqarish bilan tenglashtirmaydilar, firmaning maqsadlari ularning shaxsiy 
maqsadlariga aylanmaydi. Buning ustiga ularning biznes maktablardagi 
tayyorgarligi ko'pincha ishlab chiqarishning ehtiyojlariga mos kelmaydi, 
maktablarning bitiruvchilari uning sharoitlariga yomon moslashadilar. Shuning 
uchun Yevropa va Yaponiya kompaniyalarida, qoidaga ko'ra, boshqaruvchilarni 
chetdan taklif qilmaslik, ularni firmaning ichida "o'stirish" ishlatiladi. Shunga 
qaramasdan, bir qator davlatlar, ayniqsa AQSh kompaniyalarida hali ham kasbiy 
boshqaruvchini yollash amaliyoti keng tarqalgan. 
Tadqiqotchilarning ma'lumotlariga ko'ra, zamonaviy rahbar faqat 15-20 % o'z 
sohasidagi mutaxassis bo'lishi kerak, u hammadan avval tashkilotchi, ruhshunos, 
sotsiolog bo'lishi kerakligi ta’kidlab o’tildi. Har qanday darajadagi zamonaviy 
menejerni oldiga butun bir qator talablar qo'yiladi. U quyidagi asosiy sifatlarga ega 
bo'lishi kerak: 
zamonaviy tashkilotni boshqarish sohasidagi bilimlar va tajribaning 
mavjudligi; 
faoliyatning turi va xarakteri bo'yicha tashkilot tegishli bo'lgan sohaning holati 
va rivojlanishi masalalarida (tadqiqotlarning holati, texnika, texnologiya, raqobot, 
mahsulotga talabning dinamikasida) omilkorlik; 
nafaqat ma' muriy boshqarish, balki tadbirkorlik ko'nikmalariga ega bo'lish, 
bozordagi vaziyatni boshqarishni bilish, tashabbus ko'rsatish va firma resurslarini 
qo'llashning foydaliroq sohalarida faol qayta taqsimlash; 
yuqori dinamiklik va noaniqlik sharoitida quyida turuvchi rahbarlar va xodimlar 
bilan kelishish asosida omilkor qarorlarni asoslash va qabul qilish, ularning qabul 
qilingan qarorlarni amalga oshirishdagi ishtirokini taqsimlashni bilish; 
asosiy bozorlar yoki ularning hozir ishlanayotgan yoki ishlamoqchi bo'lgan 
segmentlaridagi iqtisodiy vaziyatni tahlil qilish sohasidagi amaliy bilimlar va 
tajribaning mavjudligi; 
yuqori madaniyat, soflik, hamma narsada namuna bo'lish qobiliyati; 


raqib firmalar faoliyati va harakatlarini tahlil qilishni bilish; 
tashkilot resurslarini boshqarish qobiliyati va bilishi; 
tashkilot ishini bashorat qilish va rejalashtirishni bilish; tashkilotni boshqarish 
va faoliyat yuritishning samaradorligini oshirish usullariga egalik qilish; 
zamonaviy axborot texnologiyalari, kommunikatsiya va aloqa vositalariga egalik 
qilish; 
odamlar bilan ishlash, ularga ta'sir ko'rsatish qobiliyati va bilimi, buning uchun 
zarur bo'lgan dilkashlik, adolatlikka ega bo'lish, "insoniy munosabatlar"ni bilish; 
o'zini o'zi va o'z vaqtini boshqarishni bilish; 
masalalarni hal qilishda qat'iylik, g'ayratlilik, dinamiklik; 
rasmiy va norasmiy tuzilmalarning o'zaro aloqasini hisobga olish bilan odamlar 
bilan munosabatlarni o'rnatishni bilish; 
bilimlar va farosatlilik (tashkilotdagi aniq sharoitlarni bilish, ularda o'z yo'lini 
topa bilish, farosatli va topqir bo'lish); 
o'ziga o'zi yordam ko'rsatishni bilish, tashkilotdagi ma'lum sharoitlarda 
boshqaruv ko'nikmalarini rivojlantirish hisobiga o'zini qo'llab quvvatlash; 
o'z mamlakati va boshqa mamlakatlardagi, firma o'zining o'rinini kuchaytirish 
yoki ishlab qolishga intilayotgan bozorlardagi xo'jalik holatini rivojlanishi
talabning xususiyatlari, iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish choralari 
tendensiyalarini oldinda ko'ra olishni bilish kabi sifatlarga ega bo’lishi muhim 
ahamiyat kasb etadi. 
Hozirki kunda o’zimizda menejerlar yuqoridagi sifatlar bilan birgalikda 
tashkilotlarda turli o`rinlarni egallay boshlashdi. Misol uchun, direktor, ish 
boshqaruvchi, mudir kabi o`rinlarni egallaydilar. Zamonaviy menejer quyidagi 
bilimlarga va xususiyatlarga ega bo`lishi kerak, avvalambor, har bir menejer 
tashabbuskor, innovatsion fikrlarga ega, tavakkalchilik qonunlarini bilishi lozim. 
Menejer turli bilimlar egasi bo`lishi lozim. Menejer matematika, sotsiologiya, 
matematik modellashtirish, iqtisodiyot, ingliz tili, rus tili, psixologiya kabi 
blimlarni egallashi kerak. Menejer uchun masalaga aniq, konkret, to`g`ri yechim 
topishida matematik modellashtirish katta yordam beradi. 


Matematik modellashtirish XX asr o`rtalarida paydo bo`lgan. 

Yüklə 133,98 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin