Ma‘ruza mashg‘uloti mazmuni 1-mavzu: pedagogika nazariyasi fanining mazmuni va mohiyati, predmeti. Didaktika ta’lim nazariyasi sifatida. Mavzu rejasi


O‘quv axborotiga munosabatiga ko‘ra



Yüklə 128,8 Kb.
səhifə37/50
tarix20.11.2023
ölçüsü128,8 Kb.
#162296
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   50
Maruza 1

O‘quv axborotiga munosabatiga ko‘ra ta’lim vositalari yangi materialni o‘rganish vositalari, takrorlash, mustahkamlash, umumlashtirish vositalari, bilimlarni nazoart qilish vositalari, o‘quv jarayonini tashkil eti shva boshqarish vositalari va axborot vositalariga bo‘linadi.
O‘quv jarayonidagi vazifasiga ko‘ra ta’lim vositalari kommunikatsiya (muloqot) va o‘quv ishlari vositalariga tasnif etiladi. O‘quv ishi vazifa, muammo, masalalarni hal etish, turli mashqlarni bajarish jarayonidir. Ta’lim – kommunikatsiya (muloqot) o‘qituvchi va o‘quvchilarning o‘quv faoliyati sanaladigan kommunikativ-faoliyatli jarayon. Kommunikatsiya – bu kodlash (o‘qituvchi nutqidagi atamalarda), uzatish (yozilish) va o‘quvchilarning axborotni qabul qilishi (tushunish va dastlabki eslab qolish).
Ta’limning texnik vositalari. TTV – bu o‘zida o‘quv-axborotlarini ekranli-ovozli aks ettiruvchi asbob va moslamalardir. Ularga quyidagilar kiradi: o‘quv kinofilmlari; diafilmlar; kompyuterlar; magnitofon tasmalari; radioeshittirish; teleko‘rsatuvlar.
Ta’limning texnik vositalarini quyidagi turlarga ajratish mumkin: axborot; aralash(kombinatsion); trenajor; bilimlarni nazorat qilish vositalari; audiovizual vositalar.
Ta’limning texnik vositalari quyidagi funksiyalarni bajaradi:

  • ta’limning sifati va samaradorligini oshiradi;

  • o‘quv jarayonining jadallashuvini ta’minlaydi;

  • o‘quvchilarni idrok qilishga yo‘naltiradi;

  • o‘quvchilarda bilimlarni egallashga nisbatan katta qiziqish hosil qiladi;

  • dunyoqarashni, ishonchni, o‘quvchilarning axloqiy qiyofasini shakllantirishga yordam beradi;

  • o‘quv ishiga nisbatan o‘quvchilarda emotsional munosabatni oshirishni ta’minlaydi;

  • bilimlarni nazorat, o‘zini-o‘zi nazorat qilishni ta’minlaydi.

Ta’limni tashkil etishning shakllari. Ta’limni tashkil etish shakli – bu o‘qituvchi va o‘quvchining belgilangan tartibda, muayyan maqsadga muvofiq ma’lum rejimda tashkil etiladigan o‘quv-bilish faoliyatining tashqi ifodasidir.
Jahon pedagogika fani va amaliyotida ta’limnitashkil etishning turli shakllari mavjud. Jamiyat rivojining har bir yangi bosqichi ta’limnitashkil etishga o‘z ta’sirini o‘tkazadi.
Ayni vaqtda ta’limning quyidagi shakllari ajratib ko‘rsatiladi: in-dividual, individual-guruhli, sinf-dars, leksiya-seminar va sinfdan tashqari, auditoriyadan tashqari, maktabdan tashqari. Ular o‘quvchilarni qamrab olishi, o‘quvchilar faoliyatini tashkil etishi, jamoaviy va individual shakllarining nisbatlari, mustaqilligi darajasi va o‘qish jarayoniga rahbarlik qilish xususiyatlari kabi belgilariga ko‘ra quyidagi uch asosiy turga ajratiladi: individual; sinf-dars; ma‘ruza-seminar.
Qadim zamonlarda mavjud bo‘lgan o‘qitishning eng qadimgi shakli ta’limning individual shakli hisoblanadi. O‘qishni tashkil etishning individual shakli antik davr va o‘rta asrlarda yagona usul bo‘lgan, undan ba’zi mamlakatlarda XVIII asrgacha keng foydalanilib kelingan.


Yüklə 128,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   50




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin