Tayanch iboralar. Diqqat - ongimizning muayyan ob'ektga yo’naltirilishi va unda to’planishidan iborat psixik holat.
Diqqaming barqarorligi -diqqaming ma'lum obektga uzoq vaqt davomida mutassil qaratilish imkoniyati.
Diqqaming ko’lami - bir vaqming o’zida diqqaming bir qancha ob'ektga qaratilishi imkoniyati.
Diqqaming taqsimlanishi - diqqaming bir vaqtda bir necha ob'ektga yoki faoliyatga taqsimlanish xususiyati.
Diqqaming ko’chishi - diqqami ixtiyoriy ravishda bir ob'ektdan ikkinchi ob'ektga ko’chirish.
Dominanta (lot. dorainans-hukmron) - markaziy nerv tizimining vaqtincha hukmron qismi bo`lib, boshqa qismlar faoliyatini tormozlaydi.
Orientasiya refleksi (lot. oriens - sharq reflexus - aks etish) - shartsiz refleksning bir turi, u har qanday yangi qo’zg’ovchi ta'siriga birinchi bo’lib javob beradi.
Taxistoskop (yunon. tachy tez, skopeo - ko’raman) - qat'iy belgilangan qisqa vaqt davomida ko’rish qo’zg’atuvchilarini namoyon qilish sababi. Idrok, xotira, diqqat va boshqa jarayonlarni tadqiqot qilishda ishlatiladi.
Tush ko’rish - uxlab yotgan odam bosh miya yarim sharlari qobig`idagi ba'zi nerv markazlari faoliyati natijasida uyqu vaqtida hosil bo’ladigan ma'lum darajadagi aniq obrazlar.
.
12-Mavzu: Xotira haqida umumiy tasavvurlar. Xotiraning neyrofiziologik asoslari va bioximik nazariyalari. Reja: Xotira haqida umumiy tushuncha.
Xotira –o’tmish tajribalarni esga olib qolish, esda saqlash va unutishdan ibora jarayon sifatida.
Xotira bilan bog’liq hodisalar.
Fenomenal xotira. Xotira va o’rganish.
Diqqat va xotira. Xotira va shaxs.
Asab tizimida izlarning saqlanishi. Xotirada izlar konsolidasiyasi.
Qisqa va uzoq muddatli xotiraning fiziologik mexanizmlari.
Xotirani ta’minlovchi miya tizimlari.
Xotira biz ilgari idrok qilgan, boshdan kechirgan va bajargan ishlarimizni yodda saqlash, keyinchalik ularni eslash yoki xotirlash jarayonidir. Biz har kuni yangi narsalarni bilamiz, kun sayin bilimlarimiz boyib boradi. Xotira faoliyatida shaxsning g’oyaviy yo’nalishi katta o’rin egallaydi. Bu yo’nalish uning faoliyatini hayot sharolti ta'sirida shakllantiradi. Kishi o’zining shu faoliyati uchun muhim bo’lgan voqea, hodisalarni yaxshi eslab qoladi. Aksincha, kishi uchun kam ahamiyatga ega bo’lgan narsalar yomon esd qoldiriladi va tezda unutib yuboriladi. Shu o’rinda xotira borasidagi ta'riflarga qaytsak, ko’pgina adabiyotlarda xotira tushunchasi quyidagicha tavsiflanadi. "Indvidning o’z tajribasida esda olib qolishi, esda saqlashi va keyinchalik uni yana esga tushirishi xotira deb ataladi". Lekin mazkur ta'riflarni tahlil qilgan professor E.G.G'oziev tomonidan xotira mshunchasiga quyidagicha ta'rif beriladi. "Xotira atrof-muhitdagi voqelik (narsa)ni bevosita va bilvosita, ixtiyoriy va ixtiyorsiz ravishda, passiv va faol holda, reproduktiv va produktiv tarzda, verbal va noverbal shaklda, mantiqiy va mexanik yo'l bilan aks ettiruvchi esda olib qolish, esda saqlash, qayta esga tushirish, unutish hamda tanish hissidan iborat psixik jarayon. Alohida va umumiylik namoyon qiluvchi ijtimoiy hodisa barcha taassurotlarni ijobiy qayta ishlashga yo 'naltirilgan mnemik faoliyatdir".
Shuni ta'kidlash joizki, keltirilgan mazkur tavsif xotiraning murakkab, keng qamrovli jihatlarini to’la ta'kidlash imkoniyatiga ega.
Shaxsning yo’nalishi uning qiziqishida ifodalanadi. Kishining qiziqishi xotiraga aniq va kuchli ta'sir ko’rsatadi, ya'ni yaxshi esda olib qolishni ta'minlaydi. Biz ko’pincha u yoki bu narsa va hodisalarni yomon esda qoldiramiz. Bu xotirani yomonligini emas, balki ularga qiziqish yo’qligini ko’rsatadi. Masalan, o’quvchilar hamma fanlarni bir xil o’zlashtira olmaydilar. Bu ularning har xil xotiraga ega ekanliklar bilan emas, balki o’qitilayotgan fanga qiziqishning har xilligi bilan tushuntiriladi. Esda olib qolishga kishining emosional munosabati ham katta ta'sir ko’rsatadi. Kishi uchun yaqqol hayajonli reaksiya vujudga keltiruvchi narsalar ongda chuqur iz qoldirib, puxta va uzoq yodda saqlanadi, Biz bir narsadan ta'sirlansak, o’sha uzoq vaqt esda saqlanadi. Samarali xotira kishining iroda sifatlariga ham bog’liqdir. Kuchsiz, irodasiz, ishyoqmas kishilar har doim yuzaki, yomon xotirlaydilar. Aksincha, irodali, materialni o’zlashtirishga astoydil kirishadigan kishilar puxta va chuqur eslab qoladilar. Samarali xotira kishining umumiy madaniyatiga, uning aqliy saviyasiga, bilimiga, uquviga fikrlash qobiliyatiga, ko’nikma va odatlariga ham bog’liqdir. Shunday qilib, xotiraning tabiati va uning samaraliligi shaxsning xususiyatlari bilan bog’liqdir. Shaxs o’z oldiga qo’yilgan maqsad va vazifalari asosida o’zining xotirlash jarayonini ongli ravishda tartibga soladi va boshqaradi.
Xotira sohasida quyidagi asosiy jarayonlar esda olib qolish, esda saqlash, esga tushirish va unutish bir-biridan farq qilinadi, Bu jarayonlar faoliyatda tarkib topadi va belgilanadi. Ma'lum materialni esda olib qolish hayot faoliyati davomida individual, ya'ni shaxsiy tajribani to’plash bilan bog’liqdir. To’plangan tajribadan keyingi faoliyatda foydalanish qayta esga tushirishni talab qiladi. Ma'lum materialning faoliyatda qamashmay qolishi yoddan chiqarishga olib keladi.
Esda olib qolish nerv tizimining egiluvchan, ya'ni o’zgaruvchanlik, qo’zqatuvchilar ta'sirida o’zida go’yo bir iz qoldirish, saqlash imkoniyati tufayli yuzaga keladi. Har qanday insonning miyasi egiluvchanlik xususiyatiga ega bo’lib, uning darajasi har xil bo’ladi. Shaxs xotirasining sifati miyaning faolligi va turli faoliyatga to’g’ridan-to’g’ri bog’liq ravishda rivojlanadi. Atrofhi o’rab olgan borliqni faol biluvchi kishi o’z rolyasi faoliyatini to’xtovaiz kuchaytiradi. Shu bilan birga uning egiluvchanlik darajasini oshiradi. Miya egiluvchanligi vaqtincha pasayishi, xotira samarasining susayishi, ba'zi paytda odamning toliqishiga sabab bo’ladi. Dam olgandan keyin yana tiklanadi. Odatda miya egiluvchanligi yosh o’tishi bilan susayadi. Masalan, keksa kishilar gaplaridan adashib ketadi, ilgari gapirganlari esdan chiqib, o’sha gapni takroriayveradilar. Miya egiluvchanligining ko’rsatkichi bosh miya po’stiog’ida rnuvaqqat nerv aloqaiarini tezlikda vujudga kelishi, davomu saqlanishi va ulaming tez, osou jonlantirilishi hisoblanadi. Muvaqqat nerv aioqaiari assosiasiyalarni hosil qlluvchi fizioiogik mexanizmdir. Assosiasiya bizning xotiramizda mustahkamlangan va ongimizda qayd qilingan ayrim voqea hodisalarning o’zaro bog’lanishidir. Biror buyumni esda olib qolish, boshqa buyumiar feuan bog’lash orqali arflalga oshiriladi. Bu o’rinda akademik LP.PavIovning quyidagi so’zlari juda xarakterlidir. "Mnvaqqat nerv bog’lanishlari -deb yozadi I.P. Pavlov hayvonot olamida va bizning o’zimizda ham bo’ladigan eng umumiy fiziologik hodisadir. Shu bilan birga u psixik hodisa hamdir, mrli-mman harakai taassurot bo Imasa harflar, so 'zlar va fikrlar o 'rtasida paydo bp 'ladigan bog’lanishlar-M, bu bog’lanishlami psixologlar assosiasiyalar deb ataydilar".
Xotira, ya'ni esda olib qolish, idrok qilinayotgan narsalardan hosil bo’lgan obrazlar o’rtasida, assosiasiyalarning yuzaga kelishidan iboratdir. Shu bois inson xotirasidagi assosiasiyalar 3 turga ajratiladi. Bular yondosinJjk assosiasiyasi, o’xshashlik assosiasiyasi va qarama-«|arshilik assosiasiyalaridan iboratdir. Yondoshlik assosiasiyasining asosida vaqt va fazoviy muncsabatiar yotadi. Boshqacha qilib aytganda, yondoshuk assosiasiyasi bir necha narsa yoki hodisatami ayni bir vaqtda yoki ketma-ket idrok qilishdan hosil bo’ladi. Masalan, bog’chada bolasi har kuni o’zining tarbiyachi opasi va tarbiyalanayotgan guruhini idrok qiladi. Keyinchalik, ya'ni katta bo’lgandan so’ng bog’chasini eslasa tarbiyachi opasi va akslncha, tarbfyachi opasini eslasa, bog’cha guruhi ko’z o’ngida gavdalanadi.
Hozirgi paytda idrok qilinayotgan narsa bilan ilgari idrok qilingan narsa o’rtasida ma'Ium o’xshashlik bo`lsa, bu narsalar o’rtasida o’xshashlik assosiasiyasi hosil bo’ladi. Masaian, bola dastavval bog’chaga kelgan paytida bog’cha mudirasining tashqi ko’rinishi, ovozi va munosabatlauni o’z onasiga o’xshatishi mumkin. Keyinchalik bola onasini ko’rganda, mudira opasini va aksincha mudira opasini ko’rganda onasini eslaydigan bo`lib qotadi. Bu ikkaia odamning bola ttasavvuridagi obrazlari o’rtasida assosiasiya hosil bo`ladi.
Hozirgi Idrok qilinayotgan narsalar bilaa ilgari idrok qilinayotgan narsalar o’rtasida qarama-qarshi belgilar va xususiyatlar bo’lsa, bunday narsalar o’rtasida qarama-qarshilik assosiasiyasi yaz beradi. Masalan yoz-qish, issiq-sovuq ksbi naraalar o’rtasida qarama-qarshilik assosiasiyalari hosil bo’ladi.
Shunday qilib, xotiraning nerv-fiziologik asosida bosh miya po’stida hosil bo`ladigan shartli reflekslar, turli assosiativ bog’lanishlar yotadi. Lekin, odam esda olib qolish paytida assosiasiyalar hosil bo’lganligini mutlaqo sezmaydi. Har xil assosiasiyalarning hosil bo’lganini odam' keyinchalik biror narsani esga tushirish paytida bo’ladi.
Xotiraning nerv-fiziologik mexanizmlari xususida to’xtalar ekanmiz, so'nggi yillarda texnikaning g’oyat tez rivojlanishi natijasida turli esda olib qoluvchi apparatlarga bo’lgan ehtiyoj benihoya ko’payib ketganligini ta'kidlash joiz. Bu o’z navbatida xotiraning nerv-fiziologik mexanizmlarini psixolog va fiziologlardan tashqari injenerlar, bioximikiar, genetiklar hamda kibernetiklar tomonidan o’rganilishiga olib keldi. Natijada xotiraning nerv fiziologik mexanizmlarini tushuntiruvchi bir qancha yangi nazariyalar maydonga keldi. Ana shunday nazariyalardan eng muhimi molekulalarning o’zgarishi bilan bog’liq bo’lgan bioximik nazariyadir. Bu nazariyaga ko’ra biror narsani esda olib qolish va esda saqlab turish maxsus tuzilishni o’zgarishi bilan bog’liqdir. o’tkazilgan tekshirishlarga ko’ra, biror narsa esda olib qolinganda, asosan nerv hujayralarining (neyronlarning) dendrit shoxlari tarkibida o’zgarish yuzaga keladi. Ular qandaydir boshqacharoq tuzilishga kirib oladilar. Dendritlar tuzilishidagi hosil bolgan o’zgarish darrov o’tib ketadigan bo’lmay, ancha mustahkam boladi. Shu sababli esda olib qolgan narsa uzoq vaqt xotirada saqlanib turadi.