Dinningijtimoiyvazifalarihaqidagi ta’limotni funksionizmrivojlantiradi. Funksionizm jamiyatga ijtimoiy tizim sifatida qaraydi. Unda jamiyatdagi har bir element muayyan funksiyani bajaradi. Dinning jamiyatda bajaradigan ijtimoiy, ma’naviy, ruhiy vazifalari quyidagilardan iboratdir:
Birinchidan, har bir din o‘z e’tiqod qiluvchilari uchun to‘ldiruvchilik, tasalliberuvchilik–kompensatorlikvazifasini bajaradi. Masalan, insonda doimiy ehtiyoj hosil qilish hodisasini olaylik. Inson o‘z hayoti, turmush tarzi, tabiat va jamiyat bilan bo‘lgan munosabatlari jarayonida hayotiy maqsadlariga erishishi ilojsiz bo‘lib ko‘ringanida, unda qandaydir ma’naviy-ruhiy ehtiyojga zaruriyat sezadi. Bu diniy ehtiyoj bo‘lib, u ma’naviy-ruhiy ehtiyojni qondiruvchi, tasalli beruvchilik vazifasini bajargan va bajarmoqda.
Masalan, buddaviylik dini rohiblikni targ‘ib qiladi, xristianlikda esa, har bir xristian Iso masihning qaytishiga umid qilib, sabr-bardosh bilan hayot kechiradi. Islom dinida har bir musulmon dunyoda erishmagan moddiy yoki ruhiy orzu-istaklariga oxiratda erishishga ishongan holda yashaydilar.
Ikkinchidan, din o‘z ta’limot tizimini vujudga keltirgach, o‘ziga e’tiqod qiluvchilar jamoasini, shu ta’limot doirasida saqlashga harakat qilgan va hozir ham shunday. Bu dinning birlashtiruvchilik–integratorlikvazifasi deb ataladi. Din doimo ijtimoiy, etnik, ijtimoiy va ma’naviy hayotda uzviylik, muntazamlilikni ta’minlash maqsadida u xalqlarning ijtimoiy hayotiga, axloqiy munosabatlariga, adabiyoti va san’atiga bog‘langan. Masalan, yahudiylikda mazkur din vakillari bir mafkura atrofida bir millat va yagona maslak egalari bo‘lib, yagona xudo Yahvening sevimli bandalari ekanligi uqtiriladi.
Xristianlikda diniy me’moriy, tasviriy, musiqa san’atidan foydalanib ikona chizuvchilar maktablari faoliyat olib boradi.
Uchinchidan, har bir din o‘z qavmlari turmushini tartibga solib nazoratqiluvchilik – regulyatorlikvazifasini bajaradi. Dinlar o‘z urf- odatlari, marosim va bayramlarining qavmlari tomonidan o‘z vaqtida, qat’iy tartibda amal qilishini shart qilib qo‘yadi. Masalan, islomda kuniga besh mahal namoz o‘qilishi, har hafta juma namozini jome’ masjidlarida ado etish va hokazolar.
To‘rtinchidan, din aloqabog‘lashlik – kommunikativlik vazifasini ham bajaradi, ya’ni har bir din o‘z qavmlarining birligi, turli dindagi
kishilarning o‘zaro aloqalari, o‘zaro huquq va burchlarining borligi, urf- odat va ibodatlarni jamoa bo‘lib bajarilishi lozimligi nazarda tutiladi.
Beshinchidan, din qonunlashtiruvchilik–legitimlovchilikfunksiyasini ham bajaradi. Dinning bu funksiyasi nazariy asosini amerikalik sosiolog T.Parsons ishlab chiqqan. Uning fikricha, “har qanday ijtimoiy tizim muayyan cheklovlarsiz mavjud bo‘la olmaydi. Buning uchun u qonun darajasiga ko‘tarilgan axloq normalarini ishlab chiqishi kerak. Din bunday normalarni qonunlashtiribgina qolmay, ularga bo‘lgan munosabatni belgilaydi”.
Oltinchidan, din vazifalarining falsafiy,nazariyjihatlarimavjud. U insonga yashashdan maqsad, hayot mazmunini, dorulfano va dorulbaqo dunyo masalalariga o‘z munosabatlarini bildirib turishdan iboratdir.
Din insoniyatning ruhiy dunyosi bilan chambarchas bog‘liq bo‘lib, uning ijtimoiy hayotida doimo u bilan birga bo‘ladi. Dinni o‘rganish bu insoniyatni o‘rganishdir. Din insoniyat bilan birga dunyoga kelgan.