Ma’ruza materiallari 1-mavzu: investitsiyalarning iqtisodiy mazmuni va mohiyati reja



Yüklə 0,71 Mb.
səhifə39/125
tarix14.12.2023
ölçüsü0,71 Mb.
#178725
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   125
Инвестиция ва инновациялар Маърузалар

Ilmiy-texnologik zonalar. Ilmiy-texnologik zonalarni (ITZ) erkin iqtisodiy zonalarning alohida guruhiga kiritish mumkin. Iqtisodiy adabiyotda ular texnologik parklar, texno-polislar, ilmiy parklar, texnologik markazlar, ishbilarmonlik markazlari deb ataladi. Bu hududlarning ajralib turadigan tomoni shundaki, mazkur hududda ilmiy va texnologik ishlab chiqarish faoliyati yirik ilmiy-tadqiqot markazlari va universitetlar atrofida joylashgan fan sig’imkorligi yuqori bo’lgan, ilm ko’p talab qiladigan firmalar shaklida birlashadi. Bunday hududlarni tashkil etishdan maqsad sanoatga materiallar, yuqori malakali mehnat resurslari, yangi zamonaviy texnologiyalarni etkazib berishni muvofiqlashtirish hisoblanadi. Ilmiy texnologik zonalar uch toifaga bo’linadi:

  1. Innovatsion markaz — bu iqtisodiy tarkibi uncha katta bo’lmagan hudud doirasida kichik, yangi tashkil etilgan kompaniyalar uchun mo’ljallangan.

  2. Ilmiy parklar - bu etarlicha katta hudud bo’lib, unda turli o’lcham va rivojlanish bosqichidagi fan sig’imkorligi yuqori, ilm ko’p talab qiladigan firmalar joylashgan bo’ladi. Ular unchalik katta bo’lmagan ishlab chiqarishni mahalliy ilmiy-tadqiqot markazlarining ilmiy-texnologik izlanishlari asosida yo’lga qo’yish imkonini beradi.

  3. Tadqiqot parki — bu tarkib doirasida ilmiy-texnik yangiliklar texnik timsol bosqichigacha ishlab chiqiladi. Bunday parklarda sanoat kompaniyalari, ilmiy-tadqiqot va konstruktorlik tajriba idoralari birlashadi.

Ilmiy-texnologik zonalarning samaradorligini belgilovchi mezon — bu yangi texnologiya, yuqori malakali mutaxassislar va tadbirkorlarni bir joyga to’plash, ularni o’quv-tadqiqot va tijorat tashkilotlari tarmoqlari orqali qo’llab-quvvatlovchi mahalliy muhitning yaratilishidir.
Erkin iqtisodiy zonalar orasida offshor zonalar alohida guruhni tashkil etadi. Ularning EIZlardan farqi shundaki, unda ro’yxatdan o’tgan korxona hech qanday ishlab chiqarish faoliyati bilan shug’ullana olmaydi. Offshor yurisdiktsiyaning asosiy belgisi soliqqa tortishdagi imtiyozlar hisoblanadi.

Yüklə 0,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   125




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin