Ma’ruza materiallari 1-mavzu: investitsiyalarning iqtisodiy mazmuni va mohiyati reja


Nomoddiy aktivlarni baholash va “gudvill”. Gudvill tarkibi. Gudvill – investitsiya obyekti sifatida



Yüklə 2,08 Mb.
səhifə117/125
tarix14.12.2023
ölçüsü2,08 Mb.
#176835
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   125
Ma’ruza materiallari 1-mavzu investitsiyalarning iqtisodiy mazm

20.3. Nomoddiy aktivlarni baholash va “gudvill”. Gudvill tarkibi. Gudvill – investitsiya obyekti sifatida.

Nomoddiy aktivlar tarkibining asosiy qismini intellektual mulk obyektlari tashkil etganligi uchun mazkur paragrafda ularni baholashga alohida e’tibor qaratamiz. Ma’lumki, intellektual mulk obyektlarini baholash «Intellektual mulk obyektlarini baholash tartibi to’g’risida»gi95 Nizomga asosan amalga oshiriladi. Unga ko’ra, intellektual mulk obyektini baholash Mol-mulkni baholash milliy standartlariga muvofiq baholovchi tashkilotlar tomonidan amalga oshiriladi va baholash hisoboti bilan rasmiylashtiriladi. Intellektual mulk obyektining qiymati uch yondashuv bilan, ya’ni daromadli, xarajatli va qiyosiy yondashuvlar bilan aniqlanadi.


Daromadli yondashuv – bu baholash obyektidan kutilayotgan daromadlarni aniqlashga asoslangan baholash obyektining qiymatini baholash uslublari majmui. Bunday usul intellektual mulk obyektidan foydalanishdan daromad olish ehtimollari mavjud bo’lgan hollarda qo’llaniladi. Intellektual mulk obyektidan foydalanishdan tushgan daromadlar intellektual mulk obyektidan foydalanish huquqi topshirilgan huquq egasi tomonidan ma’lum davr uchun olinadigan pul tushumlari va pul to’lovlari orasidagi farqdir. Intellektual mulk obyektidan foydalanishdan olinadigan asosiy daromadlar quyidagilar hisoblanadi:
– mahsulot (ish, xizmat)ni ishlab chiqarish va sotishda va (yoki) asosiy va aylanma mablag’larga sarmoya kiritishdagi xarajatlardan tejash, shuningdek, xarajatlarni amalda kamaytirish, intellektual mulk obyektidan foydalanish huquqini qo’lga kiritishda xarajatlarning bo’lmasligi (masalan, litsenzion to’lovlarning yo’qligi, litsenziarga daromaddan eng ko’p ehtimoldagi ulushni ajratish zaruratining bo’lmasligi);
– ishlab chiqarilayotgan dona mahsulotning (ish, xizmat) narxini oshirish, uning sotuv hajmini oshirish;
– soliqlar va boshqa majburiy to’lovlarni kamaytirish, qarz evaziga xizmat ko’rsatish to’lovlarini kamaytirish;
– baholash obyektini ishlatishdagi pul oqimini olishdagi tavakkalchilikni kamaytirish, baholash obyektidan foydalanishdagi pul oqimining vaqtinchalik tuzilishini yaxshilash.
Intellektual mulk obyektlarini baholashning xarajatli yondashuvi – bu mulkning eskirganligini inobatga olgan holda baholash obyektini tiklash yoki almashtirish uchun zarur bo’lgan sarf-xarajatlar miqdorini belgilashga asoslangan baholash uslublari majmui. Bunday usulni qo’llash baholash obyektini tiklash yoki almashtirish imkoni bo’lganda amalga oshiriladi. Xarajatli yondashuvni qo’llash orqali baholash quyidagi asosiy jarayonlarni o’z ichiga oladi:
– baholash obyektiga shunga o’xshash yangi baholash obyektini yaratish uchun sarflanadigan xarajatlar miqdorini aniqlash;
– baholash obyektining shunga o’xshash yangi obyektga nisbatan eskirganligi hajmini aniqlash;
– baholash obyekti qiymatini unga nisbatan shunga o’xshash yangi baholash obyektini yaratish uchun sarflanadigan xarajatlar miqdorini chegirib tashlash yo’li bilan hisoblash.
Qiyosiy yondashuv – bu baholash obyektini unga nisbatan bitimlari qiymatlari to’g’risidagi ma’lumotlarga ega bo’lgan boshqa shunga o’xshash obyektlar bilan solishtirish orqali baholash obyektining qiymatini baholash uslublari majmui. Bunday usulni qo’llash baholash obyektlarining o’xshash narxlari haqidagi ishonchli va to’liq ma’lumot hamda ular bilan amalga oshiriladigan bitimlarning haqiqiy shartlari mavjud bo’lgan taqdirda amalga oshiriladi. Qiyosiy yondashuvni qo’llagan holda qiymatni aniqlash quyidagi asosiy jarayonlarni o’z ichiga oladi:
– baholash obyektini shunga o’xshash obyektlar bilan solishtirishdagi elementlarni aniqlash;
– baholanayotgan intellektual mulk obyektining har bir solishtirish elementlari bo’yicha shunga o’xshash har bir obyektdagi xususiyat va farqlari darajasini aniqlash va h.k.
Butun dunyoda korxonalarni bir biriga qo’shilish jarayonlari keng tarqalgan bo’lib, ayrimlari boshqalarini sotib oladi. Har qanday korxona yoki firmaning jami mulkiy xo’jalik uning aktiv va majburiyatlari o’rtasida tafovut mavjud. Ingliz iqtisodiy adabiyotida ushbu farq goodwill deb nomlanadi. Milliy hisob iqtisod adabiyotlarida “gudvill” korxona narxi, korxonaning taniqli nomi (obro’-e’tibor), o’rnatilgan ishchan aloqalar, korxona sheriklar tushunchalari bilan bir qatorda ishlatiladi.
Gudvill - bu xaridor tomondan faoliyat yuritayotgan kompaniya (firma, korxona, biznes)ni sotib olishda, uning yangidan tashkil etishga nisbatan qo’lga kiritilgan afzalliklaridir. Gudvillni baholashning ikki usuli bor:

  1. proportsional baholash usuli96; 2) to’liq baholash usul.97




GUDVILL = investitsiya – sof aktivlar qiymati * egalik ulushi (1)
summasi (sho’ba korxonaning)



GUDVILL = (aksiyanerlar nazoratidagi + aksiyanerlar nazoratida) – sho’ba korxonaning (2)


investitsiyalar bo’lmagan ulush sof aktivlari


Bu usul orqali baholashda birgina aktsionerlar ulushigina o’rganilmasdan, balki sho’ba korxonaning xaqiqiy narxining barcha aktivlariga nisbatini olish bilan o’rganiladi.
Gudvill ijobiy yoki salbiy bo’lish mumkin. Korxonaning taniqli nomi bo’lsa, korxona qiymati uning aktiv va majburiyatlari jami qiymatidan yuqori ekanligidan dalolat beradi. Bunda ushbu korxona faoliyatida sezib bo’lmaydigan, uning aktiv va majburiyatlari qiymatida o’z aksini topmagan narsa sifatida korxonaning barqaror xaridorlari, geografik jihatidan qulay joylashuvi, sifat jihatidan qozongan obro’-e’tibori, marketing va mahsulot sotish ko’nikmalari, texnik nou-xau, o’rnatilgan aloqalar, boshqarish tajribasi, korxona personallarini malaka darajasi va h.k. bo’lishi mumkin bo’lgan daromaddan yuqorirroq daromad darajasini ta’minlaydi.


Yüklə 2,08 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   125




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin