20.2. Erkin bozor va kuchli raqobat muhitida nomoddiy aktivlarni kengaytirish zaruriyati
Erkin bozor va kuchli raqobat intellektual tovarlarga bo’lgan talabni tobora kuchaytirib boradi. Ayniqsa, aqliy mehnat mahsuli bo’lmish tovarlar va xizmatlarga bo’lgan talab ko’tarilib boradi. Maxsus tovar hisoblangan ilmiy g’oyalar, texnikaviy yangiliklar, texnologik ishlanmalar, xilma-xil axborotlardan xabardor bo’lish va ulardan raqobatbardoshlikni ta’minlash maqsadida doimiy tarzda foydalanish zaruriyati paydo bo’ladi. Erkin bozor va kuchli raqobat muhitida, ayniqsa, ilmiy texnikaviy ishlanmalarga bo’lgan talab kuchayadi. U amalda patent, litsenziya, franchayz, nou-xau, dasturiy ta’minot, turli axborot, savdo markalari, tovar belgilari va boshqalarga bo’lgan talablardir. Ilmiy-texnikaviy ishlanmalar bozorni, ko’pincha, tashqi bozorni, mamlakat tashqarisidagi bozorlarni nazarda tutadi. Ilmiy-texnikaviy ishlanmalar bozori XXI asrda tez kengayib bormoqda, yangi-yangi qismlarga ajratilmoqda va ishlab chiqarish hamda xizmat ko’rsatish sohalarida ulardan juda ham unumli foydalanish zaruriyati yuzaga kelmoqda. Buning sababi iqtisodiyotda intellektual mehnat mavqeining kuchayib borishidir. XXI asrda bozor iqtisodiyoti ilm talab ishlab chiqarishning o’sishi, turli xizmatlar, eng avvalo, axborot xizmati ahamiyatining kuchayishi bilan xarakterlanadi. Buni internet xizmati bozorining shiddat bilan er yuzida o’sib borishi tasdiqlaydi. Shunday ekan, kuchli raqobat muhitida o’z mavqei, obro’-e’tiborini yo’qotish, raqobat muhitida sinish hech gap emas.
Ilmiy-texnikaviy yangiliklar xaridor mulkiga aylanish sharti bilan yoki o’z egasi mulki bo’laturib, vaqtincha foydalanish huquqi yoki shartlari orqali ishlab chiqarishga tatbiq etadi. Ishlab chiqarish subyektlarini novatsiyalarga, ya’ni unga yangilik kiritib borishga undaydi.
20.1-jadval
Rivojlangan mamlakatlarining franchiza va franchayzerlar miqdorlari94
Dostları ilə paylaş: |