Ma’ruza materiallari 1-mavzu: investitsiyalarning iqtisodiy mazmuni va mohiyati reja


-mavzu: Investitsiya jarayonlarining mazmuni va



Yüklə 2,08 Mb.
səhifə7/125
tarix14.12.2023
ölçüsü2,08 Mb.
#176835
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   125
Ma’ruza materiallari 1-mavzu investitsiyalarning iqtisodiy mazm

2-mavzu: Investitsiya jarayonlarining mazmuni va
asosiy bosqichlari

Reja:

2.1. Investitsiya jarayonining mazmun-mohiyati. Investitsiyalash maqsadlari va yo’nalishlari.


2.2. Real investitsiyalarni amalga oshirish xususiyatlari.
2.3. Moliyaviy investitsiyalarni amalga oshirish xususiyatlari.


Tayanch iboralar: investitsiya jarayoni, multiplikatsion samara, investitsiya loyihasi, biznes reja, ustav kapital, investitsiya loyihasining hayotiylik davri


2.1. Investitsiya jarayonining mazmun-mohiyati. Investitsiyalash maqsadlari va yo’nalishlari

Ma’lumki, investitsiya jarayoni investitsiyalashda hodisa, holatlarning birin-ketin almashinuvini, foyda olish yoki boshqa ijobiy natijaga erishish uchun bo’ladigan ketma-ket harakatlarning majmuini anglatadi. Shu bilan birga, investitsiya jarayonining bosh nuqtasi qaerdan yoki nimadan boshlanadi? Yoki qaerdan «start» oladi? Biz, ko’pchilik iqtisodchilarning investitsiyalashning asosini jamg’armalar tashkil qiladi, degan fikriga qo’shilamiz. Shu nuqtai nazardan olib qaraganda, investitsiya jarayonining bosh nuqtasini jamg’arma tashkil qiladi. Bundan ko’rinadiki, investitsiya jarayonini amalga oshirish uchun jamg’armalar bo’lishi talab etiladi. Jamg’armaning mavjud emasligi investitsiyalashni yo’qqa chiqaradi va investitsiyalash to’g’risida so’z yuritishning hojati ham bo’lmaydi. Demak, investitsiya jarayonini tushunishda resurslarni jamg’arish jarayonini ham birga olib qarash uning mohiyatini yanada oydinlashtiradi. Chunki, investitsiya qilishdan oldin resurslarni jamg’arish zarur bo’ladi. Bir vaqtning o’zida, bozor munosabatlarining rivojlanishi bilan xo’jalik subyektlari o’rtasidagi kapitalning oqimi tezlashadi va bu jarayonda bir xo’jalik subyektning resurslarni jamg’arishi boshqalari uchun investitsiya qo’yishdan iborat bo’ladi, ya’ni Xasanning daromadi, Xusanning xarajati bo’ladi. Masalan, xo’jaliklar, ko’p hollarda, investitsiya qo’yish uchun o’z mablag’lari etmaganda qimmatli qog’ozlar chiqaradilar. Bu jarayon ular uchun resurslarni jamg’arishdir, ammo qimmatli qog’ozlarni sotib oluvchilar uchun investitsiya qilishdir. Bu holat investitsiya jarayoniga investorlarning resurslarni jamg’arish va ularni qo’yish bilan bog’liq harakatlari majmuasi, deb qarashga asos bo’ladi.


Investitsiyalarning g’oyat bir muhim tomoni shundaki, ular multiplikatsion21 samaraga (hodisaga) sababchi bo’ladi. Keynschilik multiplikator kontseptsiyasiga ko’ra, investitsiya, iste’mol va milliy daromad o’rtasida barqaror bog’liqlik mavjud – investitsiyaga qilingan har bir xarajat boshlang’ich daromadlarga aylanadi, bu daromadlar yana xarajat qilinadi va yana boshqalarning daromadlariga aylanadi va jarayon shu tarzda davom etadi (Xasanning sarf-xarajati, Xusanning daromadi bo’ladi), bu, o’z navbatida, bandlik va ishlab chiqarish hajmining o’sishini ta’minlab beradi.
Bir vaqtning o’zida multiplikatsion jarayon investitsiya resurslarini harakatga keltirib, ishlab chiqarish faolligini kengaytiradi, ilgariga qaraganda ko’proq mahsulot, daromad yaratiladi. Ular yana qaytadan iste’mol qilinadi va investitsiyaga ajratiladi. Shunday tarzda ilgariga qaraganda ko’proq daromadning investitsiyaga aylanishi ishlab chiqarishning uzluksiz kengayib borishini ta’minlaydi. Bunda investitsiya beradigan daromad bank foizidan kam bo’lmasligi zarur, aks holda, pulni investitsiya qilgandan ko’ra jamg’arish qulay bo’ladi.
Investitsiya qilib olingan daromad darajasini ifodalash uchun multiplikator koeffitsienti ko’rsatkichi qo’llaniladi. Mazkur ko’rsatkich daromad o’sishi bilan investitsiya o’sishi o’rtasidagi bog’lanishni ifodalaydi, ya’ni investitsiya evaziga olingan daromad pasaysa, investitsiya faolligi ham susayadi.
Daromad o’sishining investitsiyaga ta’sir doirasini ko’rsatish maqsadida iqtisodchilar akselerator tushunchasini kiritishgan. Akselerator22 – investitsiyalar o’sishining milliy daromadga nisbatini ifodalovchi koeffitsient bo’lib, u joriy yildagi investitsiya o’sishining o’tgan yilgi milliy daromad o’sishiga nisbati tarzida aniqlanadi. U daromadning o’sishining investitsiya o’sishiga ta’sirini ko’rsatadi.
Yuqoridagilardan kelib chiqib, investitsiya jarayonining mohiyatini yoritganda uni jamg’arish (resurlar), qo’yish (xarajatlar) va foyda (daromad) olishdan iborat dinamik jarayonda olib qarash lozim. Investitsiya jarayonining asosida investitsiyadagi ketma-ketlik, ya’ni resurslar (jamg’arish) – investitsiya qo’yish (xarajatlar) – foyda (daromad) olish yoki ijtimoiy samaraga erishi ketma-ketligi yotishi kerak (2.1-rasm). Ammo, bu erda shu narsani e’tiborga olish lozimki, daromad investitsiya jarayonida emas, balki ishlab chiqarish jarayonida yaratiladi. Yaratilgan daromadning bir qismi iste’mol qilinadi, qolgani jamg’ariladi.



Yüklə 2,08 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   125




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin