Ma’ruza materiallari 1-mavzu: investitsiyalarning iqtisodiy mazmuni va mohiyati reja


Investitsiya faoliyatini moliyalashtirish usullari



Yüklə 2,08 Mb.
səhifə77/125
tarix14.12.2023
ölçüsü2,08 Mb.
#176835
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   125
Ma’ruza materiallari 1-mavzu investitsiyalarning iqtisodiy mazm

12.3. Investitsiya faoliyatini moliyalashtirish usullari

Moliyaviy resurslarni jalb etish imkoniyati nuqtai nazaridan investitsiya loyihalarini moliyalashtirishning ikki usuli: tashqi va ichki manbalarga asoslangan moliyalashtirish farqlanadi. Moliyalashtirishning tashqi manbalariga davlatning maxsus imtiyozli kreditlari (Davlat mulk qo’mitasi, Bandlik jamg’armasi, Dehqon va fermer xo’jaliklari jamg’armalari, Mikrokreditbankning maxsus resursi va h.k.); tijorat banklari kreditlari (Imtiyozli kreditlash maxsus jamg’armasi); qimmatli qog’ozlar chiqarish va sotishdan tushgan mablag’lar; xorijiy kredit liniyalari mablag’lari va boshqalar kiradi.


Moliyalashtirishning ichki usulidan foydalanishda moliyaviy resurslar tashkil topish manbalari sifatida quyidagilar maydonga chiqadi: foyda, oborotdan tashqari aktivlarni sotish, mol etkazib beruvchilardan olingan kreditlar, debitorlik qarzlarining kamayishi, amortizatsiya ajratmalari, tadbirkorlarning jamg’armalari va boshqalar. Ayrim holatlarda muhim moliyalashtirish manbai sifatida mol etkazib beruvchilardan olingan kreditlardan foydalanish mumkin, biroq, bunda mol etkazib beruvchilar bilan yaxshi munosabatlar saqlanishi va ta’minotning barqarorligi buzilmasligi lozim.
Tashqi moliyalashtirishning har qanday usulida korxona qarz olish hisobiga yoki aksiyalar chiqarish yo’li bilan moliyalashtirishni tashkil etadi. Tashqi manbalardan jalb etilgan mablag’lar quyidagi uch xil baholash mezoniga asoslanadi: mablag’lardan imkon boricha foydalanish vaqti, xarajatlar miqdori (qarz kapitali qiymati), korxona ustidan nazoratning darajasi.
Investitsiya loyihalarini qarz mablag’lari hisobiga moliyalashtirish moliyalashtirishning ssuda vositalaridan foiz to’lash hisobiga foydalanishni xususiyatlovchi usulga asoslanadiki, uning miqdori mahsulot hajmi va korxona foydasi bilan bevosita bog’langan. Ssuda yordamida moliyalashtirish olinadigan qarz qaytarilishi ta’minlanishi uchun mulkiy aktiv bo’lishini talab etadi. Aksiyalar chiqarish yordamida moliyalashtirish uning oldindan ta’minlanishini talab etmaydi, biroq, sarmoyachi uchun korxona mulkiga ma’lum miqdorda egalik qilish huquqini beradi. Investor o’z ulushiga mos tarzda korxona foydasida va aktivlarni boshqarishda qatnashadi.
Ko’pincha, korxonani moliyalashtirishga bo’lgan ehtiyoj ham, qarz olish ham aksiyalar chiqarishning birligida qondiriladi.
Korxonani moliyalashtirishda aksiyalar chiqarishga raqobatdosh bo’lgan manba bank kreditidir. Bank krediti faqatgina mulk yoki oborot aktivlarining garovi asosida beriladi. Investitsiya loyihalarini moliyalashtirishni bu usulda amalga oshirishda kredit uchun foiz to’lovlari, kreditlarning qaytarilish muddati va tartibini hisobga olish lozimki, bu omillar o’ta qattiq shartlarda qo’yiladi.
Qarz mablag’larini banklardan tashqari yana turli moliya-kredit institutlari (lizing kompaniyalari, ipoteka banklari, ishlab chiqarish zaxiralari yoki debitorlik qarzlari evaziga moliyalashtirish bilan shug’ullanuvchi ulgurji mol etkazuvchi tashkilotlar yoki faktoring kompaniyalari) ham berishlari mumkin.
Investitsiya faoliyatini moliyalashtirish turli usullar bilan amalga oshiriladi. Uni 12.1-rasm orqali ifodalaymiz.



Yüklə 2,08 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   125




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin