Ma’ruza materiallari 1 Mavzu: Kirish. Marketing kursi predmeti va vazifasi Reja


Marketing tushunchasining asosiy ta’rif va talqinlari



Yüklə 28,79 Kb.
səhifə3/3
tarix10.12.2022
ölçüsü28,79 Kb.
#73673
1   2   3
1-мавзу (1)

Marketing tushunchasining asosiy ta’rif va talqinlari

Marketing taraqqiyoti evolyusiyasi, mazmunining doimo boyib borishi konsepsiyaning bir qancha ta’riflarini vujudga keltirdi. Marketing tushunchasi bozor sohasini har qanday faoliyati bilan bog‘liqdir, shu bois marketing sо‘zini tarjimasi va kelib chiqishi keltiriladi (ing. Market – bozor, ing – faol, faoliyat, harakat ma’nosini anglatadi).


Marketing bu nafaqat falsafa, fikrlash tarzi va iqtisodiy tafakkur yо‘nalishi, ammo ayrim firma, kompaniya, tarmoq va butun iqtisodiyot bо‘yicha amaliyot faoliyati hamdir. Marketingning dastlabki tadqiqotchilaridan biri R.Batler uni boshqaruvchining savdo-sotiq jarayonilarini amalga oshirishi va uni qо‘llab-quvvatlashi bilan bog‘liq bо‘lgan faoliyati deb baholadi. Yana bir Amerika iqtisodchisi A.IIIoy uni birmuncha kengroq tushunib, mahsulotni sotish vazifalari bilan bir qatorda uni xalqqa taqsimlash muammolarini ham marketing tizimiga kiritdi.
Sо‘nggi yillarda ham marketingning yagona tizimi yaratilmadi. Marketing (marketing) tushunchayei о‘zagini tashkil etadigan "Bozor" (market) atamasining о‘zini har xil izohlash marketing predmetini tushunishda turlicha yondashuvlarni, tartib-qoida, faoliyat, taqsimot bilan bog‘liq qarashlarni yuzaga keltirdi. Shunga muvofiq holda marketingni taqsimot tizimi, savdo-sotiq usullari va tovarni sotish bо‘yicha faoliyat majmui tarzida talqinlar olg‘a surildi. Kezi kelganda shuni aytish lozimki, ingliz tilidan boshqa tillarda "marketing" atamasiga aniq moye keladigan atamaning о‘zi yuq. Shu yeababli kо‘pgana tillarda "marketing" atamasining о‘zi tarjimasiz qabul qilingan.
Marketingga olimlar turlicha ta’rif berganlar. I.K. Belyayevskiy shunday degan: «Marketing – bu bozorni о‘rganish va tartibga solish, boshqarish tizimidir». Jan-Jak Lamben esa marketingga shunday ta’rif beradi: «Marketing tashkilotlar va kishilarni xohish va ehtiyojini tovarlar va xizmatlarni erkin raqobatli ayirboshlashni ta’minlash yо‘li orqali qondirishga yо‘naltirilgan ijtimoiy jarayondir», «Marketing – bu bir vaqtning о‘zida biznes falsafasi va faol jarayondir».
Marketing sohasidagi mashhur mutaxassis AQShdagi Shimoliy-G‘arbiy universitet professori F.Kotler marketing «ijtimoiy jarayon bо‘lib, ayrim shaxslar va guruhlar bu jarayonda mahsulot yaratish va xudi shunday tovarlar hamda qiymatlarni ayirboshlash orqali о‘zlariga kerakli va xohlagan narsalarini oladilar», - deb yozadi. Marketing bо‘yicha qator asarlar muallifi T.Levitt bunday deydi: «Marketing tovar savdosi bilan aslo tenglashtirilmasligi lozim. Agar savdoning asosiy ishi xaridorni nima ishlab chiqarilgan bо‘lsa, shuni sotib olishga ishontirishdan iborat bо‘lsa, marketingning vazifasi esa bozorga xaridor haqiqatan ham ehtiyoj sezgan tovarlarni yetkazib berishdan iborat».
1960 yilda marketingning klassik ta’rifi qabul qilindi: marketing «tovar va xizmatlarni ishlab chiqaruvchidan iste’molchiga yoki foydalanuvchi tomoniga qarab qiladigan harakatini boshqaradigan ishbilarmonlik faoliyatidir».
Hozirgi davrda jahon adabiyotida marketingga berilgan ikki mingdan ortiq ta’rif bor. Mutaxassislar о‘rtasida marketingning takror ishlab chiqarish jarayonida ishtiroki masalasida yagona fikr yо‘q. Hozir kо‘pgina chet ellik marketologlar zamonaviy marketing tushunchasi ishbilarmonlikka kiradigan faoliyatni о‘z ichiga olmog‘i kerak deb hisoblaydilar. Boshqalari esa bunday izohlarni tanqid qilib, ayriboshlashning hamma turlari ham marketing tusiga ega emasligini va marketing prinsiplarini hamma vaziyatlarga ham tadbiq qilib bо‘lmasligini ta’kidlaydilar. Marketingga ta’rif berishda bunday xilma-xillikning sababi bor. Birinchidan, marketing konsepsiyasi mazmuni kapitalistik ishlab chiqarish usuli rivojlanishi bilan о‘zgarib keldi va uning mohiyatini aks ettirdi, ikkinchidan, boshqarish tizimida marketingdan foydalanish maqsadlari, xususiyatlari, miqyosiga qarab, undagi tashkiliy qismlarning ahamiyati va boshqaruv tizimidagi ahamiyati о‘zgarib boradi. Bundan tashqari, mutaxassislar marketingni biznes xizmati va falsafasi tarzida baholaydilar. Xizmat sifatida marketing ishlab chiqarish, savdo, reklama, texnika xizmati kо‘rsatish va boshqa sohadagi tadbirlar majmuidan iborat. Falsafa sifatida esa marketing - bu jamiyat ishlab chiqarish munosabatlariga daxldor ijtimoiy-iqtisodiy konsepsiyadir.
«Marketing» tushunchasini murakkabligi uni falsafiy, iqtisodiy, boshqaruv va yuridik jihatlarini kо‘rish zarurligiga olib keldi. Marketing falsafiy ma’noda fikrlash tarzini mujassamlashtiradi.
Shu sababli Amerika marketing uyushmasi tomonidan marketingning zamonaviy klassik ta’rifi quyidagi tahrirda qabul qilindi: «marketing niyat-mо‘ljalni amalga oshirishni rejalash, narx belgilash, ayirboshlash orqali ayrim shaxslar va tashkilotlar maqsadlarini qondiradigan g‘oyalar, tovarlar va xizmatlarning harakati va sotilishi jarayonidan iborat».
Umuman olganda marketingga quyidagicha ta’rif berishimiz mumkin: Marketing - ehtiyoj va muhtojlikni ayriboshlash orqali qondirishga qaratilgan inson faoliyatining turidir. Marketing vujudga kelishining asosiy sabablaridan biri bu ishlab chiqarish hajmining ortib borishi, yangi tarmoqlarning vujudga kelishi, tovar turlarining kо‘payishi va tadbirkorlar о‘rtasida mahsulotni sotish muammosining vujudga kelishidir.


О‘z-о‘zini tekshirish va nazorat qilish uchun savollar:

  1. Fanning о‘rganish obyektini ayting?

  2. Fanning predmeti deb nimani tushunasiz?

  3. Bu fanning boshqa fanlar bilan bog‘liqligini tushuntirib bering?

  4. Fanni о‘rganish usullarini ayting?

  5. Dialektika usulining mohiyati nimadan iborat?

  6. Deduksiya usulini tushuntirib bering?

  7. Induksiya usulini tushuntirib bering?

  8. Mantiqiy usullarga qanday usullar kiradi?

  9. Fanning maqsadi nimalardan iborat?

Yüklə 28,79 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin