Mavzu:
Tarix o’qitishning tashkiliy shakllari. Dars, uning turlari va tuzilishi
1. Dars o’quv va tarbiyaviy ishning asosiy tashkiliy shakli.
2. Zamonaviy tarix darsi, unga qo’yiladigan talablar.
3. Tarix darslari mavzularining uzviyligi va didaktik jihozlanishi.
4. Dars turlari.
Tayanch iboralar.
Tarix fani va uning oldiga qo’yiladigan ta’lim – tarbiyaviy talablar, zamonaviy tarix darslari,
zamonaviy talablar.
Tarix kursi oldiga qo’yilgan ta'lim – tarbiya vazifalarini amalga oshirishning eng muhim
shartlaridan biri har bir sinfda o’qitiladigan tarix kursining tutgan o’rni, uning ta'lim-tarbiyaviy
vazifalari, har bir bo’lim va bo’limdagi mavzular, hatto har bir darsda o’tiladigan mavzuning
ham juz'iy vazifalari oldindan aniq belgilab olingandan keyingina tarix o’qitishga kirishish
maqsadga muvofiq bo’ladi.
O’rta ta'lim va o’rta maxsus ta'lim tizimida tarix o’qitishning maqsad va vazifalarini
muvaffaqiyatli amalga oshirish birinchi navbatda o’qituvchining har bir darsning ta'lim-tarbiya
vazifalarini oldindan aniq va to’g’ri belgilab ola bilishiga bog’liqdir. Bu ham, o’z navbatida,
o’qituvchining darsning ta'lim-tarbiya vazifalarini to’g’ri belgilash metodi va usullari haqidagi
nazariy bilim va malakalarining darajasiga bog’liqdir.
O’rta ta'lim va o’rta maxsus ta'lim tizimida tarix kursi oldiga qo’yilgan ta'lim-tarbiya
vazifalarini amalga oshirishning eng muhim shartlaridan biri har bir darsning ta'lim-tarbiya
vazifalarini, shuningdek, uning boshqa darslar sistemasida to’tgan o’rnini aniq belgilash va shu
vazifalarni amalga oshirishdan iboratdir. Lekin har qanday tarbiyaviy vazifani ham, bir yoki bir
necha darsda yoki sinfdan tashqari mashg’ulotlarda o’tkaziladigan ayrim tadbirlar vositasida
batamom mukammal hal qilib bo’lmaydi.
Har bir tarix darsida va darsdan tashqari mashg’ulotlarda tarix o’qitish oldiga qo’yilgan
g’oyaviy va tarbiyaviy vazifalarning qandaydir bir elementi amalga oshiriladi. Shuning uchun
ham o’qituvchi har bir tarix darsiga tayyorlanishda bu dars oldin o’tilgan darslarning davomi, bu
darsda hal qilinishi kerak bo’lgan ta'lim-tarbiya vazifalari esa oldingi yoki kelgusi darslarda
bajariladigan ta'lim va tarbiya vazifalarining ajralmas bir tarkibiy qismi ekanligini unutmasligi
kerak.
Ilmiy dunyoqarashniig asosini tashkil etuvchi muhim tushunchalarni o’quvchilar asta-
sekinlik bilan, bir qancha darslar davomida o’zlashtirib boradi, yangi tushunchalar keyingi dars
materiallari asosida konkretlashib, yangi mazmun bilan boyiydi. Keyingi dars o’quvchilarning
avvalgi darslarda olgan bilimi, orttirgan malakalarini kengaytiradi, ularda yangi tushunchalar
hosil qiladi. O’quvchilar tarixiy protsesslarni keng va chuqurroq tushunadigan bo’lib boradi.
O’qituvchi har bir navbatdagi darsni rejalashtirar ekan, butun tarix kursining bir qismi
bo’lgan bu darsda ta'lim va tarbiya vazifalarining qaysi bo’lagi yoki elementi qay darajada,
qanday materiallar asosida va qaysi tomonini hal qilishi, o’quvchilarni qanday umumiy
xulosalarga olib kelishi, qanday tarixiy tushunchalarni aniqlashi yoki kengaytirishi, qanday yangi
g’oyalar tushuntirilishi, ularni qay tarzda tanishtirishi kerakligini puxta o’ylab olishi zarur.
O’qituvchi butun tarix kursining ta'lim-tarbiya vazifalarini ayrim temalarning ta'lim-tarbiya
vazifalari bilan bog’lab rejalashtirmog’i kerak. Temalar bo’yicha rejalashtirish temalarni
o’qitishning metodik sistemasini ishlab chiqishga yordam beradi. Temalar bo’yicha
rejalashtirganda har bir temaning butun tarix kursida tutgan o’rni va roli aniqlab olinadi.
Har bir darsning ta'lim-tarbiya vazifalari o’z-o’zidan emas, balki o’qituvchining ongli va
planli ishi asosidagina muvaffaqiyatli amalga oshiriluvi mumkin. Uqituvchi darsga
tayyorlanayotganda o’quv programmasining hajmi va mazmunini hisobga olib material tanlaydi,
programma va darslik asosida dars planini to’zadi, materialni joylashtiradi va uni bayon qilishda
hujjat va boshqa ko’rsatmali qurollardan foydalanish metodlarini belgilaydi.
Ammo, bu ishlar o’qituvchi darsning asosiy g’oyasini, undan ko’zlanayotgan ta'lim-tarbiya
vazifalarini, darsda nimaga erishish, o’quvchilarda qanday tasavvur va tushuncha xosil qilish
kerakligini aniq va to’g’ri hal qilgan taqdirdagina o’qituvchi ko’zlangan maqsadga erishishi
mumkin. Darsning bosh g’oyasi va uning tarbiyaviy vazifalari to’g’ri va aniq belgilanmay
o’tkazil-gan dars programmada ko’rsatilgan faktlarni tasodifan, shunchaki sanab o’tishdan iborat
bo’lib qoladi.
Material tanlash va uni izchillik bilan joylashtirish, darsda qo’llaniladigan butun didaktik
usullar va metodik vosita-larning hammasi darsning bosh g’oyasiga, uning ta'lim va tarbiya
vazifalarini hal etish maqsadiga bo’ysundirilishi kerak. Shuning uchun ham har bir darsning bosh
g’oyasi va uning ta'lim-tarbiya vazifalarini aniqlash o’qituvchining darsga tayyorlanishida eng
muxim bosqichni tashkil qiladi.
Tarix darsiga tayyorlanishning bu muhim bosqichi eng mas'u-liyatli bo’lishi bilan birga,
ishning eng qiyin tomoni hamdir.
Tarix darslarining bosh g’oyasini, uning ta'lim-tarbiya vazi-falarini aniq belgilash, ayniqsa,
yosh, tajribasiz o’qituvchilar uchun qiyin ko’chadi. Ular ko’pincha darsning ta'limiy vazifalari
bilan tarbiyaviy vazifalarini aniq ajrata olmay, ularning birini ikkinchisi bilan aralashtirib
yuboradilar yoki konkret dars materialini, uning mazmunini xisobga olmay, tarbiyaviy
vazifalarni umumiy ravishda belgilash bilan cheklanib qo’ya qoladilar. Bunday o’kituvchilardan
ko’pincha, - shu darsingizda qanday muhim tarbiyaviy vazifalarni hal qilishingiz kerak edi, -
degan savolga,- o’quvchilarni milliy ruhda tarbiyalashni ko’zda tutdim,— degan mazmundagi
umumiy javob olinadi.
VI—VIII sinflarda turli mamlakatlarda davlatlarning tashkil topishiga doir temalar o’tiladi.
Jamiyatning ob'ektiv rivojlanishi asosida davlatning tashhil topishidagi bu umumiy qonuniyatlar
hamma xalqlarga ham xosdir. Ammo davlatning tashkil topishidagi umumiy qonuniyatlar bilan
birga, har bir xalqning o’z sharoitlaridan kelib chiqadi-gan alstsida o’ziga xos xususiyatlari ham
bo’ladi. Shuning uchun ham qator mamlakatlarda davlatning tashkil topishi bilan bog’liq
mavzularni o’tayotganda, davlatning tashkil topishidagi umumiy qonuniyatlarnigina emas, balki
har bir xalq tarixidagi o’ziga xos xususiyatlarni ham ko’rsatib berish talab etiladi.
Tekshirib ko’rilganda, mavzularning g’oyaviy mazmuni va ta'lim-tarbiya vazifalarini ochib
berishga ojizlik qilgan bu talabalarning ko’pchiligi o’rta ta'lim va o’rta maxsus ta'lim tizimida
tarixdan dars beruvchi o’qituvchilar ekanligi aniqlandi. Ayni vaqtda ularga tarix o’qitish
metodikasining nazariy qismi ham o’tilgan edi.
Ko’p yillik pedagogik amaliyot tajribasi shuni ko’rsatadiki, o’qituvchilar uchun darslarning
maqsadini, ta'lim-tarbiya vazifalarini belgilash eng muhim, mas'uliyatli ish bo’lish bilan birga,
chuqur bilim, malaka va mahoratni talab qiladigan juda murakkab ishdir. Binobarin, yuqori
malakali tarix o’qituvchilarini tayyorlashda bu muhim masalaga alohida e'tibor berish talab
qilinadi.
Endi mazkur uchala mavzuni o’qitishdan kuzatilgan maqsadlar va ta'lim-tarbiyaviy
vazifalarni, ular mazmunidagi umumiyliklar bilan o’ziga xosliklarni tekshirib ko’raylik.
«Misrda davlatning tashkil topishi»,— mavzuning tarbiyaviy vazifalari quyidagilarni tahlil
qilish va umumlashtirish asosidagina to’g’ri va aniq belgilanishi mumkin:
1) qullar, dehqonlar va hunarmandlarning manfaatlari quldorlar manfaatlari bilan qarama-
qarshi bo’lib, ular bir-biri bilan chiqisha olmaydi;
2) majbur qiluvchi tashkilotlar — qurolli jangchilar, sud, zindon va shu kabilardan iborat
davlat bo’lmasa, ozchilikni tashhil qilgan quldorlar ko’pchilikni tashkil etuvchi qullar, dehqonlar
va hunarmandlarni o’z qo’l ostida tutib turolmaydi;
3) eramizdan avvalgi 4000-yillarda Qadimgi Misr jamiyati bir-biriga qarama-qarshi
sinflarga, ya'ni qullar va quldorlarga bo’linishi bilan avvalo bir qancha davlatlar tashkil
topganini, shundan ming yil o’tgach, eramizdan avvalgi 3000-yillarda esa, poytaxti Memfis
shahri bo’lgan bitta yagona quldorlik davlati barpo bo’lganini, o’z qo’shini, qo’riqchilari, sud va
zindonlariga ega bo’lgan mana shu davlat qullar va dehqonlar qarshiligini bostirib, quldorlar
manfaatiga xizmat qilganini, bu quldorlik davlati forma jihatidan despotik monarxiyadan iborat
bo’lganini ko’rsatib berish bu darsning maq-sadini tashkil qiladi.
«Sparta davlatining tashkil topishi» degan mavzuning maqsadini belgilashda quyidagi
hollar nazarda tutiladi:
1) eramizdan avvalgi birinchi asrning birinchi yarmida Peloponesning janubi-sharqidagi
Lakonikada Sparta davlati tashkil topadi;
2) zramizdan avvalgi birinchi asrning oxirlarida Lakonikani shimoliy yarim oroldan kelgan
spartaliklar bosib oldi, keyin Lakonikaning mahalliy aholisi — ilotlar qullarga aylantiriladi,
spartaliklarning o’zlari esa quldorlarga aylanadi;
3) quldorlar (spartalilar) qullar (ilotlar) ustidan hukmronligini saqlash uchun davlat barpo
qiladi, qo’shin, sud, turma va shu kabi boshka majbur etuvchi tashkilotlarni to’zadi.
Shunday qilib, bu mavzuning asosiy maqsadi Shimoliy yarim oroldan kelgan Doriy
qabilalari Lakonikani bosib olib, mahalliy axolini qullarga aylantirish asosida tashkil topgan
Sparta davlati — quldorlik davlati ekanini, shu davlat vositasida quldorlar (spartaliklar) qullar
(ilotlar) ustidan hukmronligini ta'minlab turganini ko’rsatib berishdir.
Tarix darslarining g’oyaviy mazmunini, uning ta'lim-tarbiyaviy vazifalarini belgilashda
nimalarga e'tibor berish kerak?
Avvalo shuni aytish kerakki, tarix darslarining g’oyaviy mazmuni, ta'lim-tarbiya vazifalari
tarix programmasida berilgan material mazmuniga qarab belgilanadi.
O’qituvchi darsda tarixiy voqealar va ayrim faktlarni bayon qilar ekan o’quvchilar uchun
ularni bilishning qanday ahamiyati borligini jiddiy o’ylab ko’rishi, eng muxim va xarakterli
tarixiy faktlarni ayniqsa kengroq qilib gapirib va tahlil; qilib berishi, voqealarning mohiyati,
uning qonuniyatlari va tarixiy ahamiyatini ochib ko’rsatishi lozim.
Tarix darslarining asosiy mazmunini tashkil etuvchi tarixiy voqeaning mohiyatini, uni
keltirib chiqargan sabablarini, uning qonuniyatlari, ahamiyati va natijalarini chuqur o’rganish
asosidagina darsning g’oyaviy mazmunini, ta'lim-tarbiya vazifalarini to’g’ri va aniq belgilash
mumkin.
O’qituvchi tarix darsining mazmuni, ta'lim-tarbiyaviy vazifalarini belgilashda tarixiy
asarlari va davlat hujjatlariga asoslanib ish ko’rishi kerak. Davlatining hujjatlari tarix
o’qitishning nazariy va metodologik asosini tashkil etadi.
Asarlar yuqoridagi namunalarda keltirilganidek, ba'zi mavzularnigina emas, balki butun
tarix kursining mazmuni, ta'lim-tarbiya vazifalarini belgilashda o’qituvchi uchun asosiy
metodologik manba bo’lib xizmat qiladi. Shuningdek, darsda ulardan foydalanish o’qitishning
g’oyaviy, ilmiy-nazariy saviyasini oshirishga yordam beradi. Mavzuni zamonaga bog’lab
o’rganish uning mazmunini chuqurroq anglab olishga yordam beradi, mavzuni o’rganishga
ko’proq qiziqtiradi, uni aktuallashtiradi, darsning ta'lim-tarbiyaviy ahamiyatini oshiradi.
Tarixni hozirgi zamon bilan bog’lash uchun avvalo, butun kishilik jamiyati tarixini
ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti va almashinib turishi muqarrar ekanligi haqidagi bayon qilib. Tarix
darslarining g’oyaviy mazmuni ta'lim-tarbiya vazifalarini belgilashda tarix o’quv dasturining
uqtirish xati ham katta ahamiyatga egadir. Bu xatda tarix kursining ta'lim-tarbiyadagi roli,
vazifalari va mazmuni aniq ko’rsatib berilgan. Shuning uchun ham har bir darsga tayyorlanishda
DTS va o’quv dasturining uqtirish xatidagi ko’rsatmalar nazarda tutiladi.
Tarixdan metodik qo’llanmalar hamda maxsus metodik adabiyotlar ham katta rol o’ynaydi.
O’qituvchi tarix darslarining ta'lim-tarbiya vazifalarini belgilashda albatta ulardan foydalanishi
kerak.
To’g’ri, tarixning hamma bo’limlari bo’yicha ham darslarning ta'lim-tarbiya vazifalarini
aniq belgilab olishga yordam beruvchi ko’rsatmani topish qiyin. Shuning uchun bu sohada har
bir o’qituvchi shaxsan o’z tajribasi, ijodiga tayanishi kerak bo’ladi.
Darsga puxta tayyorgarlik ko’rish, uning ta'lim-tarbiya vazifalarini to’g’ri va aniq belgilab
uyg’unlashtirib olib borishning o’zi kifoya qilmaydi. Muhitning metodik vosita darsda ta'lim-
tarbiyani uyg’unlashtirib borishga yordam beradigan metod va vositalardan to’g’ri, o’rinli
foydalana bilishdir.
Tarix o’qitishda ta'lim bilan tarbiyani uyg’unlashtirib borishga yordam beradigan metod va
vositalar nimalardan iborat?
Tarix bilimlarining tarbiyaviy ta'siri shu bilimlarning qay daraja tarixiy faktlarga
asoslanganligi va ularni darsda ishonchli hamda emotsional tarzda ochib berilishiga bog’liqdir.
O’quvchilar tarixiy faktlarning to’g’riligini tushunib borishlari va faktlar asosida chiqarilgan
xulosalar ular uchun ishonchli bo’lmog’i lozim. Shuningdek, o’quvchilar bayon etilgan
faktlarning shu jihatdan to’g’riligiga komil ishonch hosil qilishlari ham zarur.
Tarix o’qitishning muhim vazifasi — tarixiy hodisalarga berilgan ilmiy baholarni va
o’rganilayotgan material yuzasidan chiqarilgan boshqa xulosalarni o’kuvchilarga ishonarli qilib
tushuntirib berishdan iboratdir. Ma'nosini yaxshi tushunmasdan yodlab olingan xulosalar
o’quvchilar uchun ishonarli bo’lmaydi, tafaqur bilan, emotsional kechinmalari natijasida,
tushunib, bi-lib olingan xulosalar ishonarli bo’ladi.
Tarix ilmi o’quvchilarning tarixiy faktlarga, xalqlarning faoliyatiga, ijtimoiy sinflarning
namoyandalariga, ijtimoiy ideologiya va shu kabilarga emotsional munosabatini uyg’otadi.
Tarixiy bilimlarni o’zlashtirishning emotsionalligi bilimlarning puxta egallanishida, tarixga
qiziqishni oshirishda, tarixiy faktlarni tahlil qilish va umumlashtirishda, bu bilimni o’rganishda,
umuman o’quvchilarning faolligini kuchaytirishda muhim o’rin tutadi.
O’qituvchi tarix fanining bugungi kun talablari va o’rta ta'lim va o’rta maxsus ta'lim
tizimida tarixi kursining maqsad, vazifalariga javob beradigan eng muhim tarixiy faktlarni tanlay
bilishi, ularni o’quvchilar ongiga jonli va obrazli qilib yetkaza bilishi lozim. O’quvchilar ko’z
o’ngida o’tmish va hozirgi zamon voqealari to’g’risida jonli va yorqin tasavvur hosil qila bilish,
ularda emotsiya uyg’o-tish, ijtimoiy hayotning yaxlit manzarasini gavdalantirish, bi-limlarni
ongli va puxta o’zlashtirishning muhim shartlaridan-dir. Shunga erishish keraqi, har bir ayrim va
hatto qisqacha bayon qilingan tarixiy fakt, har bir geografik nom va shaxslar-ning faoliyati ham
konkret obrazlar yordamida o’rganiladigan bo’lsin. Obrazli tasvir, obrazli bayon o’quvchilar
bilimining il-miy va puxta bo’lish shartlaridan biridir.
O’rta ta'lim va o’rta maxsus ta'lim tizimida tarix kursining maqsadi, ta'lim-tarbiyaviy
vazifalari va mazmunini bilish tashkiliy formasi uchun tarix o’qitishning ilmiy asoslarini egallab
olishning o’zi kifoya qilmaydi.Tarix kursini o’qitish, uni o’quvchilarning o’rganishi ham darsda
va
darsdan tashqaridagi mashg’ulotlarda ham davom etadi. O’rta ta'lim va o’rta maxsus ta'lim
tizimida va ta'lim-tarbiya ishlarining asosiy tashkiliy formasi darsdir. Zotan, tarix darslari
tizimida
har
bir
darsning
tutgan
o’rni
va
ahamiyatini
to’g’ri
belgilash,
darsning
ilmiyligi
va
g’oyaviyligini
ta'minlash,
bilish
qonuniyatlari
va
maqsadga
muvofik,
o’quv
formalari
hamda
o’quvchilarning
o’quv
ishini
turi
tashkil
etishga
yordam
beradigan,
unga
mos
pedagogik
jarayonni
ilmiy asosda tashkil etish aloxida akamiyatga egadir. Tarix darslarini turlarga bo’lish problemasi
tarix o’qitish metodikasi taraqqiyotining bosqichlarida metodistlar tomonidan turlicha hal etib
kelindi.
Darslarni turlarga bo’lish masalasida ikki asosiy yo’nalish mavjud edi: birinchi yo’nalish
tarafdorlari o’qitish jarayonining qonuniyatlariga asoslanib, darslarni turlarga ajratadilar.
Ularning fikricha, darslarni turlarga bo’lishda, ularga xarakteristika berishda ko’proq o’rta ta'lim
va o’rta maxsus ta'lim tizimida tarix kursi mazmunini o’zlashtirish jarayonining u yoki bu
zvenosiga asoslaniladi. Darslarni turlarga bo’lishning bu printsipini S.V.Ivanov birmuncha to’la
ishlab chiqqan edi.
Ikkinchi yo’nalishning vakillaridan biri I.N.Kazantsevdir. Ular dars turlari
klassifikatsiyasiga asosan darsni o’tkazish usullarini asos qilib oladilar. Tarix o’qitish metodikasi
sohasida prof. V.N.Bernadskiy ham tarix darslari klassifikatsiyasiga metodik usullarni asos qilib
oladi va tarix darslarini quyidagi turlarga bo’ladi: o’rta ta'lim va o’rta maxsus ta'lim tizimida
lektsiyasi, hikoya qilib berish darsi, tarixiy hujjatlarni tahlil qilish, badiiy adabiyotlardan
foydalanish darsi, o’quvchilarning dokladlariga asoslangan dars, prezident asarlarini o’qish va
tahlil qilish darsi, kino darsi, ekskursiya materiallari asosida o’tkaziladigan darslar va hokazo.
Shuningdek, V.N.Bernadskiy turli usullar yordamida o’tkaziladigan umumlashtiruvchi takrorlash
darslarini ham alohida gruppalarga bo’ladi. Biroq, A.A.Vagin o’sha asarida asosli ravishda
ta'kidlaganidek, dars turlari klassifikatsiyasiga, dars o’tkazishning metodik usullarini asos qilib
olib bo’lmaydi. Chunki dars o’tkazish metodi ham, dars turlari ham uning mazmuni va ta'lim
qonuniyatlari bilan belgilanadi, tanlangan o’qitish metodi va dars tipi o’z navbatida uning
g’oyaviy mazmuni, ta'lim-tarbiya vazifalarini ado qilishga xizmat etadi. Shunga qaramay
V.N.Bernadskiy tomonidan tavsiya qilingan dars turlari, o’sha davr uchun juda katta ahamiyatga
ega bo’ldi, negaki, tarix darslarini xilma-xil strukturada o’tkazish mumkinligini ko’rsatib berdi.
Ammo 40—50- yillarning boshlarida yaratilgan o’rta ta'lim va o’rta maxsus ta'lim tizimida
tarix darsliklarining faktik materiallar bilan haddan tashqari to’ldirib yuborilganligi hamda
ularda metodik ko’rsatmalar yo’qligi darsda o’quvchilarning bilish faolligini va mustaqilligini
oshirishga, ularda zarur ko’nikma va malakalar hosil qilishga katta to’sqinlik qilar edi.
Darsliklarda to’lib-toshib turgan faktik materiallardan o’qituvchi dars davomida arang
foydalanib ulgurar edi. Dars vaqti o’tgan mavzuni so’rash, yangi temani bayon etish,
mustahkamlash va uyga vazifa berishga yetardi, xolos. Xullas, ta'limning hamma protsesslari
shoshma - shosharlik bilan o’tardn. O’quvchilarning materialni puxta o’zlash-tirishni va malaka
hosil qilishning muhim manbai va vositasi bo’lgan hujjatlar va ko’rsatmali qurollar ustida olib
boriladigan mustaqil ishlarni qilishga vaqt yetishmas edi. Ayni vaqtda o’quvchilarning mustaqil
ishlarini tashkil etish uchun zarur qo’llanmalar va tarixiy hujjatlardan iborat to’plamlarning
yetarli emasligi, darsliklarning metodik ko’rsatmalarida savol va topshiriqlar berilmasligi ham
darsda o’quvchilarning aqliy faoliyatini aktivlashtirish, mustaqilligini o’stirish ishini qiyin-
lashtirar edi. Buning ustiga 40- yildan to 50- yillarning boshlarigacha, tarix darslari turlari
problemasi ustida maxsus tadqiqot ishlari olib borilmadi. Hattoki, tarix o’qitish metodikasidan
nashr etilgan qo’llanmalarda ham dars turlari masalasi maxsus muammo qilib qo’yilmadi.
Ammo shunday sharoitda ham, fanlarni o’qitish, jumladan tarix o’qitish sohasida qo’lga
kiritilgan progressiv metod va usullardan, xilma-xil dars turlaridan ilg’or o’qituvchilar
muvaffaqiyatli ravishda foydalanib keldi. Ular shablonga aylanib qolgan «aralash» dars turidan
shunchaki foydalanmay unga ijodiy yondashdilar. Ilg’or o’qituvchilar va metodist olimlar o’rta
ta'lim va o’rta maxsus ta'lim tizimida da tarix o’qitishdagi nuqsonlarni bartaraf qilish yo’llarini
izlay boshladilar.
O’zligini anglashga intilgan har bir xalq o’tmishini bilishi zarur. Tarixni o’rganish
umuminsoniy qadriyatlarning mohiyatini anglab yetish uchun, barcha xalqlarning umumjahon
tarixiy jarayonida qatnashib, jahon madaniyati hazinasiga qay darajada hissa qo’shganligini
bilish uchun ham muhimdir.
Yoshlarni tarixdan oladigan bilimlarini takomillashtirishning usullari turlichadir. Jumladan
tarix o’qitish samaradorligini oshiradigan vositalardan biri darsda arxiv materiallaridan
foydalanishdir. Dars o’quv jarayonining asosiy bo’g’ini sifatida yoshlarga fan asoslarini
o’rgatishda muhim o’rin tutadi.
Metodist P.S.Leybengrub ta'limning asosiy tashkiliy formasi bo’lgan dars tuzilishi
jihatidan tor sxemaga, qat'iy bir qolipga tushib qolganligi tarix o’qitish oldiga qo’yilgan
vazifalarni muvaffaqiyatli amalga oshirishni qiyinlashtirayotganini, ayni vaqtda bu hol o’qitishda
har xil metod va usullardan foydalanishga to’sqinlik qilayotganini, o’quvchilarning darsga
qiziqishini ham pasaytirayotganini to’g’ri ta'kidladi. Tarix darsining quyidagi 4 ta tipini tavsnya
etdi:
Ta'lim
jarayonining
barcha
elementlarini
o’z
ichiga
olgan,
1) aralash dars; 2) to’liq yoki qisman yangi mavzuni o’rganishga bag’ishlangan dars; 3)
umumlashtiruvchi — takrorlash darsi; 4) bilimlarni tekshirish va hisobga olish darsi.
Shuni aytish kerakki, P.S.Leybengrub shu masalaga bag’ishlangan asarlarida ham o’rta
ta'lim va o’rta maxsus ta'lim tizimida i tajribasida ilg’or o’qituvchilar qo’llanib kelayotgan dars
turlarining hammasini ko’rsatmagan bo’lsada bu masalani o’rtaga qo’yib, matbuot sahifasida
munozara boshlab berishi g’oyat foydali ish bo’ldi. Shundan so’ng, 1957 yilda A.Vaginning tarix
darslari turlariga bag’ishlangap risolasi e'lon qilinadi. Avtor bu risolasida V.G.Kartsev va
P.S.Leybengrublar ko’rsatganidek, tarix darslarining turlari to’rtta emas, balki ko’pligini, ularni
turli formalarda olib borish zarurligini pedagogik jihatdan isbotlab berishga harakat qiladi.
Darslar mohiyatiga qarab turlarga ajratiladi. Tarix darslarining mohiyatini ta'lim jarayoni
tashkil qiladi. Demak, ta'lim jarayonining ob'ektiv qonuniyatlariga asoslanib, tarix darslarini
turlarga bo’linishi masalasini to’g’ri hal qilish mumkin. Darsning har xil turlariga xarakteristika
berishda o’quvchilarni tarixiy voqealarni idrok qilishga tayyorlash, materialni tahlil qilishga,
asosiy tarixiy faktlar, tushunchalar va qonuniyatlarni anglab olishga, umumlashtirishga, olgan
bilimlaridan zarur paytda foydalanishga o’rgatish kabi ta'lim jarayonlari e'tiborga olinadi. Tarix
darslarini turlarga bo’lishda uning bir turini boshqa turlaridan ajratib qarash yaramaydi.
Chunonchi, o’quvchilarning yangi temani puxta o’zlashtirishi uchun dastlab temaning kirish
darsi o’tkaziladi; o’rganilgan tema yoki bo’limni yakunlash uchun — yakunlovchi dars turidan
foydalaniladi. Masalan, Qadimgi dunyo tarixining «Ibtidoiy odamlar turmushi» degan birinchi
bo’limi oxirida bo’ladigan bir soatlik yakunlovchi darsda to’rt soat davomida o’rganilgan
materialni tahlil qilib, o’quvchilar ibtidoiy jamoa tuzumining asosiy bel-gilarini tushunib, bilib
oladi. Shuningdek, «Qadimgi Sharq» degan ikkinchi bo’lim oxirida bo’ladigan darsda
o’quvchilar Sharqdagi eng qadimgi davlatlarda sinfiy jamiyatning vujudga kelishini, uning
mohiyati, eng qadimgi Sharq xalqlarining jahon madaniyati taraqqiyotiga qo’shgan hissasini,
«Qadimgi Gretsiya» nomli uchinchi bo’lim oxiridagi darsda quldorlik tuzumining eng yuqori
bosqichini, quldorlik tuzumining ibtidoiy jamoa tuzumiga nisbatan taraqqiy etganini, qadimgi
greklarning jahon madaniyatiga qo’shgan hissasini «Qadimgi Rim» degan to’rtinchi bo’lim
oxiridagi darsda ham, quldorlik tuzumi taraqqiyotining yuqori bosqichini, uning yemirilishi va
halokatining qonuniyatlarini bilib oladi.
O’qituvchi o’quv materialini bayon qilish jarayonida uni tahlil qilib boradi va
umumlashtiradi. Biroq, ba'zi murakkab mavzular va bo’limlar yuzasidan maxsus tahlil qilish
darslari, tarix kursining g’oyaviy mazmuni, ta'lim qonuniyatlari bilan bog’lab maxsus
umumlashtiruvchi - takrorlash darslari o’tkaziladi. Har bir darsda, o’quvchilarda xarita, har xil
kartinalar, illyustratsiyalar ustida ishlash, jadvallar, reja va konspekt tuzish ko’nikma va
malakalari hosil qilish yuzasidan ish olib boriladi. Demak, o’qitishning ilmiy asosda tashkil
qilinishi o’qituvchining darsda har xil vazifalarni muvaffaqiyatli bajara bilishiga bog’liq. Tarix
o’qitish tarixiy voqealarni bayon qilib berish va uni navbatdagi darsda so’rashdan iborat emas.
O’qituvchi o’quvchilarni tarixiy voqealar ustida mustaqil fikrlashga, o’rganilgan tarixiy
materiallardan tegishli xulosalar chiqarib olishga, uni umumlashtirishga, mavzular va umuman
kursning asosiy masalalarini puxta o’zlashtirib olishga, turli matnlar, xaritalar bilan mustaqil
ishlay bilishga, reja, konspekt, xronologik va sinxronistik jadvallar tuzishga, ma'ruza va
referatlar tayyorlashga, diagrammalar mazmunini tushunishga o’rgatishi lozim.
Xo’sh, tarix darslarini turlarga bo’lishda nimalarni ko’zda tutish kerak?
O’quv materialining g’oyaviy mazmuni, uning ―darsining tur‖ o’ziga xos xususiyati, sinf
o’quvchilarining umumiy tayyorgarligi hamda darsdan kuzatilgan didaktik maqsadlar dars
turini, uning strukturasi va metodlarini tanlashda asos bo’lib xizmat qiladi, tanlab olingan dars
turi va metodi esa uning g’oyaviy mazmunini muvaffaqiyatli amalga oshirishga yordam beradi.
Dars turlari masalasini hal etishda formalizmga va standartga yo’l qo’ymaslik kerak, o’qituvchi
navbatdagi temani planlashtirganda, uning mazmuni, ta'lim-tarbiyaviy vazifalarini izchillik bilan,
mantiqan bog’lab o’rganishga yordam beradigan dars turlarini oldindan aniq belgilab olishi
kerak.
Shunday qilib, tarix V—IX sinflarda va o’rta maxsus ta'lim tizimida o’qitiladi. O’quvchilar
sinfdan sinfga o’tgan sari tarixiy materialning ko’-lami ortib, mazmuni murakkablashib,
o’quvchilarning tarixiy bilimlari ham chuqurlashib, ko’nikma va malakalari o’sib boradi. Shu
bilap birga, darslar struktura jihatidan va mazmunan murakkablashib, darslariing xilma-xil
turlaridan foydalanish zaruriyati tug’iladi. Zamonaviy tadqiqotlarga ko’ra, V— IX sinflar uchun
7 xil, o’rta maxsus ta'lim tizimi uchun esa 10 xil dars turi tavsiya etilmoqda.
O’rta ta'lim va o’rta maxsus ta'lim tizimida tarix ta'limining yangi mazmuni va
o’quvchilarning bilish faoliyatini yanada faollashtirish vazifalari tarix o’qitishning shakli va
metodlarini takomillashtirish uchun imkoniyatlar ochib beradi. O’rta ta'lim va o’rta maxsus
ta'lim tizimida tarix o’qitish mazmunan boyidi, o’qitishning mavjud shakli va metodlari
takomillashdi, yangi shakl va metodlar yuzaga keldi. Keyingi yillarda seminar va boshqa amaliy
mashg’ulotlar yuqori sinflarda tarix o’qitishning o’ziga xos shakliga aylanib qoldi.
Dars turlariga xarakteristika berishda ta'lim jarayonining qonuniyatlari, uning asosiy
bosqichlari (o’quvchilarni tarixiy voqealarni idrok etishga tayyorlash, material bilan tanishtirish,
uni tahlil qilish, umumlashtirish, mustahkamlash, ko’nikma va malakalar hosil qilish, olgan
bilimni ishga solishga o’rgatish va tekshirish) asos qilib olinadi. Tarixni o’rganishning har bir
bosqichi materialning mazmuniga qarab, o’ziga muvofiq shakl oladi. Tarix darsining turi
o’rganilayotgan temaning g’oyaviy mazmuniga va o’quv-ta'limiy va tarbiyaviy vazifalariga
qarab belgilanadi. Binobarin, ta'lim qonuniyatlarini amalga oshirish va temani o’rganishda
foydalaniladigan dars turlarini unga muvofiqlashtirib borishning aniq usullari tarix dasturi
materialining mazmuniga qarab belgilanadi.
Demak, tarix darslarini klassifikatsiya qilish, uning xilma-xil turlaridan foydalanish
o’qituvchining shaxsiy xohishiga emas, balki o’rta ta'lim va o’rta maxsus ta'lim tizimida tarix
kursining maqsadi, ta'lim-tarbiyaviy vazifalarini muvaffaqiyatli amalga oshirish zaruriyatidan
kelib chiqadigan tarix ta'limining asosiy qonuniyatlari bilan bog’liqdir. Shuning uchun
o’qituvchi dars turlarini tanlashda o’rganiladigan mavzuning mazmuni, xarakterini hamda uni
o’quvchilarning ongli va puxta o’zlashtirishini, ya'ni ta'lim jarayonining asosiy qonuniyatlarini
asos qilib olishi lozim. Dars turini bu yo’sinda tanlash esa o’rta ta'lim va o’rta maxsus ta'lim
tizimida tarix o’qitishning ta'lim-tarbiyaviy vazifalarini muvaffaqiyatli amalga oshirish hamda
o’qitish metodlari va usullari haqidagi masalani ijodiy hal qilishga yordam beradi.
Maktabda tarix o’qitishning maqsadi, ta'lim – tarbiyaviy vazifalari va mazmunini bilish
uchun tarix o’qitishning ilmiy asoslarini egallab olishning o’zi kifoya qilmaydi. Tarix fannni
o’qitish uchun, uni o’quvchilarning o’rganishi ham darsda, ham darsdan tashqari
mashg’ulotlarda davom etadi. Maktabda ta'lim - tarbiya ishlarining asosiy tashkiliy shakli
darsdir. Binobarin, tarix darsining o’quvchilarga bilim berish, ularni vatanparvar ruhda
tarbiyalash va komil inson bo’lib yetishishidagi orni beqiyosdir.
Shuni alohida qayd etib o’tish lozimki, O’zbekiston Respublikasi tarix darsiga bo’lgan
umumiy psdagogik va didaktik talablar asosida zamonaviy dars variantlarini eksperimental
tajribalar asosida ishlab chiqish shu kunga qadar biron tadqiqotchi olim yoki amaliyotchi
o’qituvchining ilmiy izlanish ob'yekti bo’lmagan.
O’tmish tarixga nazar tashlaydigan bo’lsak, Turkiston Xalq Maorifi Komissarliginiig 1918
yil 12 seityabrda chiqargan farmonida, boshlang’ich maktabda tarix o’rganish quyidagi tartibda
amalga oshirilishi qayd etilgan:
Ijtimoiy va madaniy taraqqiyot jarayoni bo’lgan umumiy tarixni o’rganish, Rossiya va
Turkistoi xalqlari tarixini birmuncha aniqliklar kiritilgan holda o’rganish, o’rta maktabda
G’arbiy Yevropa xalqlari tarixi – qadimgi, o’rta asrlar va ayniqsa yangi tarixni, shuningdek rus
tarixini o’rganish tavsiya etilgan edi.
O’zbekiston maktablarida tarix fanini o’qitish tarixini sinchiklab o’rganar ekanmiz, 20 –
yillarga kelganda Turkistonda tarix o’qitish metodikasini pedagogik fan sifatida shakllanishida
dastlabki dadil qadamlar qo’yila boshlanganligini guvohi bo’lamiz. Masalai, 1927 yilga kelganda
Turkistoi o’lkasida pedagogika fanini taraqqiy etdirishda katta hissa qo’shgan pedagog olim N.
P. Arxangelskiy
1
tomoiidan O’zbekiston umumga'lim maktablarida tarix o’qitish samaradorligini
oshirishga bag’ishlangai qator ilmiy – metodik maqola va o’sha sharoit uchun nodir metodik
qo’llanmalar yaratildi.
Ona tariximizga nazar tashlar ekanmiz, o’zbek xalqining fashizmni tor – mor keltirishda
o’zining ulkan hissasini qo’shganligini ko’rsatadigan dalillarni guvohi bo’lamiz. Dalillarga
murojaat qilaylik:
Masalan, O’zbekiston urush yillarida davlatga 3 mln. 806 tonna paxta, 54067 tonna pilla, 1
mln. 282 ming tonna don, 48000 tonna meva qoqi, 159 ming tonna go’sht, 22300 tonna jun va
boshqa mahsulotlar yetkazib berdi.
O’zbekistondan 1 mln. ga yaqin kishi jangga safarbar etildi, urush yillarida O’zbekistonga
sobiq Sovet Ittifoqining frontga yaqin va front zonalaridan 1 mln.ga yaqin kishi, jumladan
200.000 ming bola evakuatsiya qilindi, 1941 yiliiig iyul oyidan noyabr oyiga qadar
O’zbekistonga Moskva shahri va viloyati, Ukraina, Belorussiya, Volga bo’yi hududlaridan
yuzdan ko’proq korxonalar ko’chirib keltirildi, evakuatsiya qilingan korxonalar o’zbek ishchisi
va xizmatchilarnniig kahramonona g’ayrati tufayli qisqa muddat ichida joylashtirildi va ishga
tushirildi. Mazkur korxonalarning ko’pchiligi oldingi vaqtiga qaraganda ko’proq mahsulot
chiqaradigan bo’ldi. Urush davomida O’zbekistoilik jangchilardan 120 ming kishi orden va
medallar bilan mukofotlandilar.
Agar «Urush yillarida O’zbekiston maktablarida tarix o’qitish» masalasining o’zini alohida
olib qaraydigan bo’lsak, bu davrda O’zbekistonda umumta'lim maktablarida tarix o’qitish
xususida va umuman O’zbekiston xalqlari tarixini o’rganish borasida tahsinga molik ko’pgina
ilmiy – uslubiy asarlar yaratilgailigini bilamiz.
Tarix o’qitish metodikasiga doir uslubiy va didaktik adabiyotlarda tarix o’qitishga bo’lgan
zamonaviy talablar ham alohida qayd etiladi. Jumladan, Akademik Mirza Mahmudovning
«Sovremenniy urok» (M. «Prosveheniye», 1989), P.S. Leybeshrubning «Didakticheskiye
trebovaniya k uroku istorii» (M. Izd ~ vo APN RSFSR, 1960). N.G.Dayrnining «Sovremenno'e
trebovaniya k uroku istorii» ( M. 1979) va boshqalar. Bu asarlar garchi bevosita tarix o’qitish
masalasiga bag’ishlanmagan bo’lsada, aslida 60 – 70 – 80 – yillar sharoitida yozilgan. Lekin
metodist olimlarning sho’ro jamiyatining 70 yildan ziyod davr ichida yaratgan ilmiy – uslubiy va
didaktik asarlari o’sha davr xususiyatidan kelib chiqqan ba'zi kamchiliklarga qaramasdan
bugungi o’z istiqloliga erishgan O’zbekiston Respublikasi maktablarida ham foydalanilib
kelinmoqda. Endilikda Respublikamiz tarixchi metodist – olimlari vazifalari ana shu ulkan
merosdan O’zbekiston xalqlari tarixining bugungi davri talabi asosidan ilmiy – uslubiy va
didaktik yo’llarini yuqori saviyada ishlab chiqishdan iboratdir.
1
Arxangelskiy N.P. svedeniya s sostoyanii izdaniy uchebnoy literaturo' v Turkestanskoy ASSR dlya shkol
uzbekskix, kazaxskiy, turkmenskix, uygurskix, tadjikskix. T. 1992g.
Arxangelskiy N.P. ―Uchebnaya literatura‖ o’zbekskom yazike. Nauka i prosveheniye. 1922.
Arxangelskiy N.P. O prepodavaniye istorii v Sredne - ubekskom shkole, T. 1922 god
Arxangelskiy N.P. Sredne-Aziatskiye voproso' geograficheskoy terminologii i trnskripsii. T, 1935g.
Prezidentimiz aloxida kayd etib o’tganidek, «Yangi demokratik ta'lim konsepsiyasini ishlab
chiqish va amalga oshirish lozim bo’ladi. Bunda o’zbek xalqining va respublika hududida
boshqa xalqlarning milliy, tarixiy va madaniy an'analari, ma'naviy tajribasi ta'lim va tarbiya
tizimimizga uzviy ravishda kiritilishi zarur» . Ilmiy - uslubiy va didaktik jihatdan to’g’ri tashkil
etilgan tarix ta'limi dars jarayonida Samara beradigan turli - tuman shakl va usullardan
foydalanishni taqozo etadi.
Tarix o’qitish deganda faqatgina o’qituvchini voqealar to’g’risidagi hikoyasini tinglash - u,
kelgusi darsda uni o’quvchilardan so`rashgina emas, balki, tarix o’qitish jarayonida biz
o’quvchilarimizni fikrlash va tarixiy voqealarini tahlil etish, o’rganilayotgan tarixiy material
asosida xulosalar chiqarish va ularni umumlashtirish, tafakkur etish, o’rganilayotgan hamma
mavzular va kursning yetakchi g`oyalari ongli ravishda mustahkam o`zlashtirib olish, ularni
tarixiy hujjatlar va ayniqsa O`zbskiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov asarlari, nutqlari
matni ustida mustahkam ishlab, rejalar va konspekt, xronologik va sinxronologik jadvallar
tuzishga, ularni tahlil etishga, qisqacha ma'ruzalar tayyorlashga, tarixiy xaritalar bilan ishlash va
to`g`ri tarixiy mo`ljal olishga qunt bilan o`rgatish jarayoniganiga aytiladi.
Tarix darsining o`quv materialini navbvtdagi bir bo`lagi deb hisoblab, uni o’quvchilarga
zudlik bilan bayon etib, keyingi bo`lagiga o’tishdangina iborat deb o`ylagan o’qituvchi, albatta
xato qilgan bo`lar edi.
Dars - tarix dasturining bir oddiy bo`lagigina emas. Dars - birinchi galda o’quv
mashg`ulotidir.
Dostları ilə paylaş: |