Ma’ruza matnlari 1-Mavzu: “Ilk qadam” davlat dasturining mazmun mohiyati Reja


-bob. Davlat standartining tarkibiy qismlari



Yüklə 222,68 Kb.
səhifə3/15
tarix19.12.2023
ölçüsü222,68 Kb.
#184464
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
1-ma\'ruza

4-bob. Davlat standartining tarkibiy qismlari
8. Davlat standartining tarkibiy qismlari quyidagilardan iborat:
Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo‘yiladigan davlat talablari (1-ilova);
Maktabgacha ta’lim tashkilotining davlat o‘quv dasturi (2-ilova);
Maktabgacha ta’lim tashkilotlarini o‘yinlar to‘plami, o‘yinchoqlar, mebel, jihozlar va boshqa texnik, reabilitatsiya vositalari bilan jihozlash me’yorlari (3-ilova);
O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim tashkilotlarida to‘laqonli va xavfsiz ovqatlantirishni tashkil etishdagi gigiyenik talablar, maktabgacha ta’lim tashkilotlarida qurilish-loyihalash ishlari hamda maktabgacha ta’lim tashkilotlarida yong‘in xavfsizligini ta’minlashga qo‘yiladigan talablar tegishli qonun hujjatlari asosida amalga oshiriladi.
9. Maktabgacha ta’limning namunaviy o‘quv rejasi (keyingi o‘rinlarda — namunaviy o‘quv reja) maktabgacha ta’lim tashkilotlarida o‘tkaziladigan mashg‘ulotlarning nomi, eng kam (minimal) hajmi va ularning yoshi bo‘yicha taqsimoti belgilangan hujjat hisoblanadi.
10. Namunaviy o‘quv reja maktabgacha ta’lim tashkilotlarida mashg‘ulotlarni o‘tkazish uchun asos hisoblanadi.
5-bob. Davlat standartini joriy etish
11. O‘zbekiston Respublikasida davlat standartini joriy etish, muvofiqlashtirish, unga metodik rahbarlik qilish O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi tomonidan amalga oshiriladi.
12. Davlat standartiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasi tomonidan amalga oshiriladi.
6-bob. Davlat standarti talablariga rioya etilishini nazorat qilish
13. Davlat standarti talablariga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirishning maqsadi — davlat standartida belgilangan talablarni bajarish darajasini aniqlash, zarur chora-tadbirlarni amalga oshirish asosida ta’lim-tarbiya sifatini ta’minlashdan iborat.
14. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida davlat standarti talablariga rioya etilishi ustidan nazorat O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi va uning hududiy bo‘linmalari tomonidan quyidagicha amalga oshiriladi:
ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo‘yiladigan davlat talablari ijrosi;
maktabgacha ta’lim va tarbiyaning davlat o‘quv dasturining bajarilishi;
davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida to‘laqonli va xavfsiz ovqatlantirishni tashkil etishga bo‘lgan gigiyenik talablarga rioya etilishi;
davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarini qurishda idoraviy qurilish me’yorlariga rioya etilishi;
davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarini o‘yinlar to‘plami, o‘yinchoqlar, mebel, jihozlar va boshqa texnik vositalar bilan jihozlash;
davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida yong‘in xavfsizligini ta’minlashga qo‘yiladigan talablariga rioya etilishini tahlil qilish.
15. Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ta’lim sifatini nazorat qilishning turlari quyidagilardan iborat:
ichki nazorat — davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti rahbari hamda maktabgacha ta’limni boshqarish bo‘yicha yuqori turuvchi tuman (shahar) maktabgacha ta’lim bo‘limlari hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar maktabgacha ta’lim boshqarmalari tomonidan amalga oshiriladi;
tashqi nazorat — qonun hujjatlarida belgilangan davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini tekshirish vakolatiga ega bo‘lgan davlat organlari va tashkilotlari tomonidan amalga oshiriladi;
jamoatchilik nazorati — mahalla va qishloq fuqarolar yig‘inlarida tashkil etiladigan jamoatchilik komissiyasi tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi;
milliy va xalqaro darajada baholash — hukumatning tegishli qarori hamda xalqaro shartnomalar talablari asosida maktabgacha ta’lim boshqaruvi organlari, boshqa tashkilotlar, jumladan, xalqaro tashkilotlar hamkorligida amalga oshiriladi.

Yüklə 222,68 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin