-Ma`ruza
Mavzu: Mineral bog’lovchilar. Mineral bog’lovchi moddalar tasnifi.
Suvda qorilganida bog‘lovchi modda bilan suvning o‘zaro ta’siri davomida ro‘y beradigan fizik-kimyaviy reaksiyalar natijasida sekin-asta qotuvchi plastik xamir hosil qiladigan kukun materiallar qurilish mineral bog‘lovchi moddalari deyiladi. Anorganik (mineral) bog‘lovchi moddalar qurilishda suvda qorilgan holda yoki suv hamda to‘ldirgichlar-qum, shag‘al, chaqiq tosh aralashtirilgan qorishma holida ishlatiladi. Qurilish qorishmalari tarkibiga qarab quyidagi turlarga ajratiladi:
Sement xamiri-bog‘lovchi modda bilan euv aralashmasi (gips,ohak, xamiri)
Qorishmabop aralashmalar-bog‘lovchi modda, suv va mayda to‘ldirgich (qum aralashmasi). Qolgan qorishmabop aralashmaga qurilish qorishmasi toshi deyiladi.
Hozirgi vaqtda quruvchilar ixtiyorida juda ko‘p xil mineral bog‘lovchilar bor. SHu bilan birga, ayrim turdagi boglovchi moddalarning ba’zi belgilari bir-biriga o‘xshamaydi, bu esa ularning ayrim guruxlarga va turlarga bo‘lishga imkon beradi. Bog‘lovchi moddalarni kuyidagicha uch asosiy belgisiga qarab guruxlarga bo‘lish mumkin:
1. Bog‘lovchi moddaning ishlatish sohasi yoki xossasi.
2. Bog‘lovchi modda olinadigan va uning kimyoviy tarkibini belgilab beradigan xom-ashyo materiallar.
3. Bog‘lovchi moddani ishlab chiqarish usuli va texnologik parametrlari (masalan harorat, kuydirish muddati)
Quruvchilar uchun bog‘lovchi moddaning xossalari muhim ahamiyatga ega. Bog‘lovchi moddalarning ba’zilari havoda qotadi, ba’zilari esa nam sharoitda, xatto suvda ham qotadi. Ular shu belgisiga qarab havoda qotadigan va gidravlik bog‘lovchi moddalarga bo‘linadi. Havoda qotadigan bog‘lovchi moddalar faqat xavoda qotadi va havoda mustahkamligini uzoq vaqt saqlaydi yoki oshiradi. Asosan kalsiy sulfat, kazsiy oksid yoki magniy oksiddan iborat moddalar havoda qotish xususiyatiga ega. Havoda qotadigan bog‘lovchilar xamiri qurigani (suvi qochgani) dan keyingina batamom qotadi. Bunday bog‘lovchilarga. havoda qotadigan ohak, gips va magnezial bog‘lovchi moddalar, shuningdek, suyuq shisha kiradi. Muhit nihoyatda nam bo‘lsa, xamirdagi suv bug‘lanmaydi, suvda juda tez eruvchanligi sababli hatto qotgan xamiri (tosh) ham suv ta’sirida emirilib ketadi.
Gidravlik bog‘lovchilar havodagina emas, balki suvda ham qotadi, uzoq vaqtgacha mustahkamligini saqlaydi yoki oshiradi. Bu guruhdagi boglovchilar gidravlik ohak, romansement, portlandsnment va uning har xil turlari kiradi.
Gipsli bog‘lovchilar.
Tarkibida ikki molekula suvli kalsiy sulfat ko‘p bo‘lgan tog‘ jinslarini kuydirish yo‘li bilan tayyorlanadi. Kuydirish haroratiga qarab, ikki molekula suvli gipsning degidratatsiya (parchalanish) darajasi yarim molekula suvli SaSO4x0,5N2O dan suvsiz angidrit SaSO4 gacha o‘zgaradi; kuydirish maxsulotlarining xossalari ham har xil bo‘ladi. YArim molekula suvli gips asosida ishlangan bog‘lovchilar tez tishlashadi va qotadi, biroq unchalik mustahkam bo‘lmaydi; angidrit asosida ishlangan bog‘lovchilar esa sekin-qotadi, lekin provardida nihoyatda mustahkam bo‘ladi. Gipsli bog‘lorvchilar kimyoviy tarkibi hamda xossalariga qarab ikki xil bo‘ladi: yarim molekula suvli gips va angidritli gips (angilrit sement va ekstrix-gips). YArim molekula suvli gips va angidritli, gips (angidrit sement va ekstrix-gips).YArim molekula suvli gips (ishlatilishiga qarab) o‘z navbatida ikki molekula suvli gipsni normal bosim va 150-170° haroratda kuydirish yo‘li bilan hosil qilinadigan qurilish gipsi va qoliplanadigan gips, mustahkamligi yuqori gipsga bo‘linadi; ,qoliplanadigan gips, mustahkamligi yuqori gipsga bo‘linadi; qolipdanadigan gipr qurilish gipsidan birmuncha mayin to‘yilgani, nisbatan mustahkamroq va tozaroq bo‘lishi bilan farq qiladi. Qoliplanadshgan gips qurilish gipsning bir turi hisoblanadi. U ancha mayinligi va xususan rangi oq bo‘lishi bilan ajralib turadi. Bu gipsga uni rangini qoraytiradigan narsalar (yoqilgi kuli, rang beruvchi turli oksidlar) aralashmagan bo‘lishi kerak. Undan turli bezak buyumlari va xonalarning ichki arxitekturaviy pardozi uchun naqshlar tayyorlanadi.
Mustahkamligi yukori gips.
Qurilish gipsining kimyoviy tarkibi qayday bo‘lsa, mustahkamligi yuqori gipsning kimyoviy tarkibi ham shunday: u yarim molekula suvli kalsiy sulfatdan (SaSO40,5N2O) iborat. Lekin bu gips kristallik tuzilish jihatidan qurilish gipsidan farq qiladi. Qurilish gipsi (SaSO4*O,5 N2O) mayda kristallardan tuzblgan bo‘lsa, mustahkamligi yuqori gips shunday tarkibi yirik kristallardan tuzilgan. Yirik kristallarning solishtirma yuzasi (bog‘lovchi moddaning solishtirma yuzasi deganda, 1g modda donalarining jami yuzasi tushuniladi sm2/g) katta emas, shu sababli uning qo‘llanilishi uchun suv kam talab qilinadi 40-45% gips massasiga nisbatan) mustahkamligi yuqori bo‘lishining sababi ham shunda. Mustahkamligi yuqori gips olish uchun gipstosh avtoklavda 1,3 atmosferaga teng bug‘ bosimida pishiriladi. Qurilish gipsi bilan mustahkamligi yuqori gipsning qotishi muddati bir xil. Mustahkamligi yuqori gipsning binoning ichki 150-170° haroratda kuydirilgan gips toshni mayda qilib to‘yib hosil qilingan mahsulot qurilish gipsi deb ataladi. Qurilish gipsi parchalanish davomida tarkibidagi kristallashgan suvni to‘rtdan uch qismini yo‘qotadi.
Qurilish gipsi
150…1700 S haroratida kuydirilgan gips toshni mayda qilib to‘yib hosil qilingan maxsulot qurilish gipsi deb ataladi. Qurilish gipsi parchalanish davomida tarkibidagi kristallashgan suvni to‘rtdan 3 qismini yo‘qotadi.
150…1700 S
CaSO4*2H2O=CaSO4*0.5 H2O+1.5 H2O
SHu tariqa hosil bo‘ladigan qurilish gipsining nazariy tarkibi quyidagicha: SaO-38,63%, SO3-55,16%, N2O-6,2%
Qurilish gipsini ishlab chiqarish jarayoni uchta asosiy operatsiyadan tashkil topadi
1. Gips tosh maydalanadi.
2. Termik ishlanadi.
3. Material kukun xoliga qadar to‘yiladi termik ishlashdan oldin, ishlayotganda yoki ishlangandan keyin.
Gips kukuni suvda qorilsa, plastik yopipshoq xam bo‘ladi, u tezda quyuqlashib, toshdek qotib qoladi.
SaSO4*O,5N2O+1,5N2O=SaSO4*2N2O
Yarim malekula gips ikki molekula suvli gipsga nisbatan suvda besh baravar tezroq eriydi. Gips massa qurigan sari kristallarning yiriklashuvi va qotgan gipsning mustahkamligi oshuvi davom etadi. Odatda gipsni 65°S haroratda qotiradilar. Gips qotayotganda uning hajmi 1% ortib, qolipni yaxshi to‘ldiradi, shu tufayli gips buyumlarning shakli aniq chiqadi. Gipsning mustahkamligi deganda, o‘lchami 7,07x7,07x7,07 sm bo‘lgan ko‘p shaklidagi namunaning 1,5 soatdan keyin siqqandagi natijasiga aytiladi.
Birinchi nav binokorlik gipsidan tayyolangan kgamunalarning mustahkamlik chegarasi 45 kg/sm2 dan, 2-navniki esa 35 kg/sm2 dan oshmasligi kerak. Gipsga qancha ko‘p suv qo‘shilsa uning mustahkamligi shuncha kamayadi.
Nam sharoitda gipsning mustahkamligi kamayishiga ikki malekula suvli gipsning jo‘da ko‘p erishi sabab bo‘ladi. Qurilish gipsidan ko‘proq pardadevor plitalari, quruq gips suvoq, arxitektura detallari va ganch naqshlar yasaladi
Dostları ilə paylaş: |