Ma’ruza mavzulari



Yüklə 2,4 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə49/65
tarix21.10.2023
ölçüsü2,4 Mb.
#158485
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   65
Axborot texnologiyalari Majmua 2023 Matnshunoslik

Topshiriqlar: 
1. Vebinar tushunchasi va uni tashkil qilish tizimlarida ishlash? 
2. Zoom va Zoom konferensiyalari? 
2.14. Elektron darslik yaratish asoslari 
 
Tayanch tushunchalar: Elektron darslik, Elektron darslik yaratuvchi 
dasturlar, AutoPlay, iSpringSuite dasturi, Macromedia DreamWeaver. 
 
Elektron o‘quv adabiyotlari bilan bog‘liq bo‘lgan ko‘pgina tushunchalarning 
keng ma’nodagi izohli talqini kompyuter va axborot texnologiyalari rivojlanib 
borishi bilan yanada kengayib borayotgan bilimlar bilan to‘ldirilib borilmoqda. 
SHuning uchun elektron o‘quv adabiyotlari yaratish va ulardan foydalanish bilan 
bog‘liq bo‘lgan asosiy tushunchalar va terminlarga izohlar quyidagi mulohazalarda 
keltirilgan.. 
Tajribaviy-amaliy avtomatlashtirilgan tizim – bevosita fizik ob’ektlar va yoki 
matematik modellar yordamida tajriba ishlari, va eksperimental izlanishlar 
o‘tkazishni ta’minlaydigan texnik va dasturli vositalar majmuasi. 
Elektron nashr - bu grafikli, matnli, raqamli, nutqli, musiqali, videofoto va 
boshqa axborot ob’ektlaridan iborat bo‘lgan jamlanma hisoblanadi. Elektron nashr 
magnitli (magnit tasmalarda, magnit disklarda), optik (CD-ROM, CD-I, CD+, 
CD-R, CD-RW, DVD) elektron axborot tashuvchi vositalarida hamda kompyuter 
tarmog‘ida chop etilishi mumkin. Bitta elektron nashrda axborotli manbalar,
axborotga ishlov berish, boshqarish tuzilmasi ajratilgan bo‘lishi mumkin. Elektron 


134 
nashr istalgan elektron tashuvchida bajarilishi mumkin, shuningdek elektron 
kompyuter tarmog‘ida chop etilish mumkin. 
Elektron o‘quv nashri - ta’lim oluvchilar tomonidan bilimlar, ko‘nikmalar va 
mahoratlarni ijodiy va faol egallashlarini ta’minlaydigan ilmiy amaliy bilim 
sohasiga mos ravishdagi tizimlashtirilgan o‘quv materialga ega bo‘lgan elektron 
nashr. 
Elektron o‘quv nashri muallifi – ijodiy faoliyati natijasida elektron o‘quv 
nashrini yaratadigan jismoniy shaxs. Agar elektron o‘quv nashri ikki yoki undan 
ortiq jismoniy shaxslarning birgalikdagi ijodiy faoliyatida yaratilgan bo‘lsa, unda 
ularning har biri elektron o‘quv nashrining muallifi bo‘lib hisoblanadi.
Aprobatsiya - ob’ekt, mahsulot yoki texnologiyani, ilmiy, o‘quv-uslubiy 
ishlarni amaliy ishlatish jarayonida nazoratdan o‘tkazish va tasdiqlash. 
Vizual muhit - insonga ko‘rish organlari orqali qabul qilinadigan axborot 
oqimi. Insonga umumiy psixologik ta’sir o‘tkazishi bo‘yicha vizual muhitning 
komfortli, me’yoriy, gomogenli va agressiv turlari mavjud. 
Virtual ob’ektlar yoki jarayonlar-haqiqiy mavjud bo‘lgan, shuningdek 
tasavvur qilinadigan ob’ektlar yoki jarayonlarning elektron modeli. «Virtual» so‘zi 
elektron tashuvchilarida ko‘rsatiladigan ta’lim yoki boshqa ob’ektlarning elektron 
analoglari tavsifini ko‘rsatish uchun qo‘llaniladi. Bundan tashqari ushbu ibora 
elektron model bilan ishlash paytida, haqiqiy fazoviy metaforani davom ettiruvchi 
interfays texnologiyalari multimediyasiga asoslangan miqdorini bildiradi. 
Gipermatn-elektron shaklda taqdim etilgan hamda tarmoqlangan 
bog‘lanishlar tizimi bilan ta’minlangan va uning bir fragmentidan boshqasiga 
darhol o‘tish imkoniyatlari oldindan berilgan matn. Gipermatn - elektron shaklda 
va tarmoqlangan aloqalar sistemasi bilan ta’minlangan matn bo‘lib, matnning bir 
joyidan boshqa joyiga bir zumda o‘tish vazifasini bajaradi. 
Gipermediya- tarkibiga turli tipdagi tuzilgan axborot vositalaridan (matn, 
illyustratsiya, tovush, video va boshqalar) tuzilgan gipermatn. 
Giper murojaat-bir elektron axborot ob’ektidan boshqasiga murojaat qilish 
(masalan, matndan izoh, lug‘at yoki adabiyot ro‘yxatiga, bir maqoladan 
boshqasiga). 
Global kriteriyalar- sifatni baholashning tizimiga sezilarli ta’sir ko‘rsatadigan 
kriteriyalar. Global kriteriyaga mos kelmaslik odatda, ekspertning salbiy 
baholashiga olib keladi. 
Uzoqlashtirilgan kompyutor dasturi-avtomatlashtirilgan tajribaviy- amaliy 
harakatlanish tizimi bo‘lib, unda jismoniy ob’ekt bilan ish ob’ekti joylashgan 
o‘rindan katta masofada uzoqlashtirilgan kompyuter bilan amalga oshiriladi. 
Elektron xrestomatiya-elektron axborotli o‘quv nashrining muhim turi bo‘lib, 
o‘zida gipermediya ob’ektlarning tashkillashtirilgan jarayonini namoyon qiladi. 


135 
Xrestomatiya mazmunida qo‘llanma, mualliflar, nomlanishlar, jumlalar va 
boshqalar bo‘yicha izlash mexanizmlari mavjud. 
Elektron kutubxona-o‘quvchi hamda pedagoglar uchun hujjatlashtirish va 
xavfsizlikning xususiy tizimi bilan ta’minlangan, to‘liq matnli elektron axborotni 
resurslar, telekommunikatsiya vositalari asosida jamlash va yetkazish imkoniyatini 
ta’minlovchi dasturli majmuadir. 
Elektron tajriba – real ob’ektlar, mahsulotlar va mavjudotlar ko‘rgazma 
modellarini yaratish va izlanish imkonini beruvchi elektron muhit. 
Elektron uslubiy qo‘llanma - pedagogik tajribani umumlashtirish va uzatish 
hamda ta’lim faoliyatining yangi modellarini shakllantirish va tarqatish shakli. 
Elektron 
uslubiy 
qo‘llanmada 
pedagogik 
tajriba 
mashg‘ulotlarning
raqamlashtirilgan video-lavhalari, elektron yoki unga o‘girilgan shaklda yaratilgan 
o‘quvchilar ishlarini darslar bo‘yicha rejalashtirilgan shaklida ko‘rsatiladi. 
Elektron uslubiy qo‘llanma qog‘ozli komponentni o‘z ichiga olishi mumkin. 
Elektron lug‘at-an’anaviy «qog‘ozli» lug‘atga mos keluvchi elektron axborot 
manbai. Kompyuter versiyada so‘z yoki so‘zlar guruhiga maxsus ajratilgan 
ko‘rsatma bilan istalgan dasturdan chaqarilishi mumkin. An’anaviy lug‘atlardan 
farqli ravishda eletron lug‘at matn va grafikaviy tasvirlar bilan bir qatorda video va 
animatsion lavhalar, tovush, musiqa va boshqalar bilan birga media-ob’ektlarning 
butun spektrlarini o‘z ichiga olishi mumkin. 
Elektron nazoratdan o‘tkazish (testlashtirish) - elektron o‘quv nashrining 
komponenti bo‘lib, an’anaviy kompyutersiz testlashtirishning analogidir. Elektron 
testlashtirish holatida kompyuter test va uning natijalarini ko‘rsatib beradi, bu bilan 
bog‘liq bo‘lgan algoritmlarni joriy qiladi. (Masalan, bajarilgan yoki o‘tkazib 
yuborilgan topshiriqlarga qaytish imkoniyatining borligi yoki yo‘qligi, bitta testga 
vaqtning chegaralanganligi va hokazo). 
Elektron o‘quv qo‘llanmasi-darslikni qisman yoki to‘liq almashtira oladigan 
yoki to‘ldiradigan rasmiy tasdiqlangan elektron o‘kuv nashri 
Elektron testlar-saqlangan, ishlov berilgan va testlashtiruvchiga kompyuter 
yoki telekommunikatsion texnikasi yordamida taqdim etiladigan testlar. 
Testlashtiruvchi «qog‘oz» blankalarni to‘ldirib, so‘ngra unga kompyuterda ishlov 
bersa, bular kompyuterli test bo‘lib hisoblanmaydi. 
Elektron tashuvchi-raqamlashtirilgan axborotni saqlash vositasi. Eng ko‘p 
tarqalganlari magnitli (magnit tasma, magnitli disk va boshqalar) va optik (CD-
ROM, DVD, CD-R, CD-I) elektron tashuvchilardir. 
Pedagogik sahna-pedagogik maqsadlarga erishish uchun yo‘naltirilgan, 
metodik jihatdan pedagogik uslublarning ketma-ketligining o‘rnatilishi. 
Pedagogik test-ma’lum shakl va mazmundagi topshiriqlarning murakkablik 
darajasi bo‘yicha tabaqalashtirilgan tizim bo‘lib, ta’lim oluvchining aniq soha 


136 
bo‘yicha bilim, ko‘nikma va mahorat darajasi va tuzilmasini samarali baholash 
imkonini beradi. 
Elektron amaliyot-tajribada yaratilgan, ta’lim sohasining ma’lum mavzusini 
qamrab oladigan, saqlanadigan, ishlov beriladigan va ta’lim oluvchilarga elektron 
ko‘rinishida namoyish qilinadigan modellar tizimi yoki real ob’ektdan uzoqda 
joylashgan ta’lim oluvchilar tomonidan individual tuzilgan, ta’lim berish 
sharoitlari bo‘yicha uzoqlashtirilgan kompyuter dasturining elektron vositalari 
yordamida o‘tkaziladigan real eksperimental ishlar. 
Elektron 
muharrir-yaratilgan, 
o‘zgartirilgan, 
birlashtirish, 
ajratish, 
uzoqlashtirish, saqlash, vizuallashtirish va boshqa vertual olam ob’ektlariga ishlov 
berish turlarini amalga oshirish imkonini beruvchi elektron muhit. Matn, grafik, 
video, animatsion va fototasvir, tovush, musiqa, gipermedia va hokazo muharrirlari 
keng tarqalgan. 
Tarmoqli vositalar-o‘quv jarayonining telekommunikatsion komponentlarini 
qo‘llab quvvatlash uchun, shuningdek elektron o‘quv nashrlarni yaratishda 
telekommunikatsion texnologiyalardan foydalanish imkoniyatini ta’minlash uchun 
qo‘llaniladi. Tarmoqli vositalar tarkibiga telekommunikatsiyaning standart 
vositalari kiradi va ularning yordami bilan joylashish o‘rnini ko‘rsatish yo‘li bilan 
o‘quv materiali sifatida lokal va global kompyuter tarmoqlarining axborot 
resurslari jalb qilinishi mumkin. 
Bilimlar, ko‘nikmalar va mahoratlarni pedagogik testli nazorat qilish tizimi – 
test nazoratida harakatga keltirilgan pedagogik, uslubiy, texnikaviy, tashkiliy
resurlar birligi. 
Gipermatnning ma’lumotli (axborotli) maqolasi –maqola mavzusi, matnning 
o‘zi va tegishli axborot maqolalariga giper jo‘natish ro‘yxati belgilangan 
sarlavhadan tuzilgan gipermavzuli hujjatning komponenti. 
Elektron nashr sahnasi-mazmunida alohida tuzilish komponentlari aniq 
bo‘lgan mazmuniy, mantiqiy jixatdan foydalanuvchi bilan elektron nashr o‘zaro 
harakatining dasturiy rejasi. 
Atama – berilgan fan sohasiga moslashtirilgan va yirik ilmiy aniqlovchiga ega 
bo‘lgan maxsus tushunchani aks ettiradigan so‘z yoki so‘z birikmasi. 
Testlashtirish-statik asoslangan shkala va me’yorga tayanadigan, miqdoriy 
baho bilan yakunlanadigan testlar asosida o‘lchash yoki shakllantirilgan baholash. 
Test topshirig‘i-testning minimal tashkil etuvchi birligi bo‘lib, topshiriq turiga 
bog‘liq ravishda tanlash uchun javoblar to‘plamiga ega bo‘lishi yoki bo‘lmasligi 
mumkin. 
Masofadan o‘qitish-o‘quv yurtidan uzoq masofadagi jismoniy shaxsga
o‘qituvchilarning doimiy maslahat olish bilan ta’lim olish imkoniyatini 


137 
ta’minlaydigan zamonaviy pedagogik, kompyuterli va telekommunikatsion 
texnologiyalar, uslublar va vositalar majmuasi. 
Yagona axborotli ta’lim fazasi-ta’lim oluvchilar, o‘qituvchilar va ta’lim 
muassasalari boshqaruvi va jamiyatni axborotli ta’minlashning yagona texnologik 
vositalari bilan ta’minlaydigan kompyuterli texnikadan foydalanishga asoslangan 
dasturli telekommunikatsion muhit. Ushbu muhit ta’lim jarayoni va ta’lim 
muassasasini boshqarishni axborot bilan qo‘llab-quvvatlashga, ta’lim jarayonining
borishi va natijalari, shuningdek ta’limdan tashqari tadbirlarni axborotlashtirishga 
mo‘ljallangan. 
Gipermatnning axborotli maqolasi sarlavhasi-gipermatnning axborotli 
maqolasi, maqolada yozilgan axborot ob’ektining nomlanishi berilgan sarlavha 
bilan ta’minlanadi. 
Elektron 
topshiriqlar-o‘qituvchiga 
ta’lim 
oluvchilarning 
individul 
imkoniyatlarini hisobga olgan holda mustaqil va nazorat ishlari uchun tartibga 
keltiradigan topshiriqlar majmuini o‘zida aks ettiruvchi axborot manbasining 
muhim ko‘rinishidir. Yaratilgan topshiriqlar ta’lim oluvchilarga an’anaviy 
«qog‘oz» li va elektron variantlarida tavsiya etilishi mumkin. 
Illyustratsiya-matnni tushunishga yordam beruvchi, o‘rganilayotgan ob’ekt, 
jarayonni tasvirlab beruvchi rasmlar, sxemalar, diagrammalar, fotografiklar va 
boshqa grafik tasvirlar. 
Elektron vosita-ta’lim jarayoni qatnashchilariga ishlab chiqish, o‘zgartirish, 
bog‘lash, uzatish, uzoqlashtirish, saqlash va axborot agentlari ustida boshqa faol 
harakatlarni amalga oshirish imkonini beruvchi vosita. 
Ta’limni axborotlashtirish-o‘qitish va tarbiyalashning psixologik-pedagogik 
maqsadlarini joriy qilishga mo‘ljallangan zamonaviy axborot texnologiyalarni 
ishlab chiqish va foydalanishning nazariyasi va amaliyoti bilan ta’lim sohasini 
ta’minlash jarayoni. 
Axborotli ta’lim muhiti-o‘quv faoliyatini joriy qilish uchun qo‘llaniladigan 
kompyuter vositalari va ularni harakatlanish usullari birikmasi. 
Axborot tizimi-axborotni uzatish va qabul qilish tizimi bo‘lib, axborot 
manbai, uzatish, aloqa kanali va axborotni qabul qiluvchilardan iborat. 
Axborotli va kommunikatsion texnologiyalar-axborotga ishlov beruvchi turli 
xildagi 
qurilmalar, 
mexanizmlar, 
usullar, 
algoritmlarni 
tasvirlovchi 
umumlashtirilgan tushuncha. Axborotli va telekommunikatsion texnologiyalarning 
muhim zamonaviy qurilmalari bo‘lib, mos ravishdagi ta’limot bilan ta’minlangan 
kompyuter va o‘zida joylashtirilgan axborotlar bilan birga telekommunikatsion 
vositalar hisoblanadi. 
Axborotli ob’ekt-turli xildagi ob’ektlarni, ya’ni tovush, tasvir, matn, son va 
majmuaviy tuzilgan elementlar, jadval, gipermatn, gipermediani tasvirlovchi 


138 
umumlashtiruvchi tushuncha bo‘lib, ular bevosita yoki algoritmli ko‘rinishlarda 
tasvirlanishi mumkin. 
Axborot –inson tomonidan og‘zaki (nutq shaklida), yozma (matn, jadval, 
rasm, chizma, shartli belgilar ko‘rinishida) yoki boshqa usulda (masalan, tovushli 
yoki yorug‘lik signallari, elektrik yoki asabli impulslar yordamida) uzatiladigan 
ma’lumotlar birikmasi. XX asr o‘rtasidan boshlab–insonlar, inson va avtomatika 
o‘rtasida ma’lumot almashish, hayvonot va o‘simlik olamida signal bilan 
almashishni o‘z ichiga oladigan umumilmiy tushuncha. 
Mezon-muhokama uchun mo‘ljallangan vosita bo‘lib, uning asosida biror 
ob’ekt, maxsulot yoki jarayonni baholash, aniqlash yoki sinflashni amalga 
oshirilishi mumkin. 
Mantiqiy urg‘u-foydalanuvchi diqqatini kompyuter ekranidagi ma’lumot 
ob’ektiga qaratish uchun yo‘naltirilgan psixologik apparatli usul. 
Model-kompyuter texnikasi vositalari yordamida matematik uslublar asosida 
ifodalangan, vizuallashtirish mumkin bo‘lgan loyihaviy ko‘rinish. 
Modellashtirish-ob’ektlarining kompyuterli modellarida izlanishlar olib 
borish, real mavjud bo‘lgan narsalar, mavjudot va loyihalanayotgan ob’ektlar 
kompyuterli modellarini qurish va o‘rganish. 
Multimediali vositalar-turli tipdagi axborotlarni: matn, rasm, sxema, jadval, 
diagramma va boshqalarni yaratish, saqlash, ishlov berish va raqamlashtirilgan 
ko‘rinishida amalga oshirishning kompyuterli vositasi. 
Intellektual yadro-matematik amallarni sonli (raqamli) va simvolli ko‘rinishda 
amalga oshiruvchi maxsus dasturlar majmuasi. 
Ochiq ta’lim –masofali o‘qitish texnologiyasi va uslubini qo‘llaydigan, ta’lim 
oluvchi uchun qulay ritmda ta’lim berishni ta’minlaydigan, istalgan xohlovchi 
uchun boshlang‘ich bilim darajasini tahlil qilmasdan erishish mumkin bo‘lgan 
o‘qitish tizimi. 
Ochiq test tizimlari-o‘qituvchi, uslubchi, darslik muallifi uchun yangi test 
yaratish yoki mavjud testni o‘zgartirish imkoniyatini beruvchi tizimlar. 
Elektron darsliklarning o‘ziga xos xususiyatlari va afzalliklari 
O‘quv jarayonida mustaqil ta’lim mashg‘ulotlarini samarali tashkil qilishda 
turli axborot ta’lim resurslarni yaratishga alohida ahamiyat berish talab etiladi. 
CHunki, mustaqil ta’lim asosan ta’lim oluvchining mustaqil o‘rganishiga 
asoslangan o‘quv faoliyati hisoblanadi. Hozirgi davrda mustaqil ta’lim uchun 
axborot ta’lim resurslari yaratishda zamonaviy axborot texnologiyalarning o‘rni 
beqiyosdir. 
Mustaqil ta’lim olishda zamonaviy axborot texnologiyalari ya’ni 
kompyuterning dasturiy vositalari asosida yaratilgan o‘quv-uslubiy materiallar shu 
jumladan, elektron darsliklardan foydalanishdan asosiy maqsad zamonaviy axborot 


139 
– ta’lim uslubini shakllantirish, zamonaviy axborot-pedagogik, axborot va 
kompyuter texnologiyalarini qo‘llash orqali ta’lim jarayonining samaradorligi, 
sifati va unimdorligini oshirish, uzluksiz ta’lim tizimida zamonaviy o‘quv 
manbalari elektron o‘quv darsliklarini keng qo‘llash, ularning ma’lum ma’noda 
kutubxonalarini tashkil etish, ta’limning masofadan o‘qitish usullarini amalda joriy 
etish va umumjahon elektron o‘quv tizimiga kirishdan iborat.
Uzluksiz ta’lim tizimi uchun o‘quv adabiyotlarining yangi avlodini yaratish 
kontseptsiyasida elektron darslikka quyidagicha ta’rif berilgan: “Elektron darslik - 
kompyuter va axborot-kommunikatsiya texnologiyalariga asoslangan o‘quv 
uslubini qo‘llashga, mustaqil ta’lim olishga hamda fanga oid o‘quv materiallar, 
ilmiy ma’lumotlarning har tomonlama samarador o‘zlashtirilishiga mo‘ljallangan 
elektron o‘quv adabiyoti hisoblanadi”. Demak, elektron darslik yaratishning asosiy 
maqsadi mustaqil ta’lim olishga qaratilar ekan. 
Elektron o‘quv adabiyotlarining amaliyotda qo‘llanilishi e’tiborga olinganda 
elektron darsliklar quyidagi xususiyatlarga ega bo‘lishi kuzatilmoqda: 
- o‘rganilayotgan materialni an’anaviy o‘quv adabiyotlariga nisbatan 
induktiv yondashish, eshitish va emotsional xotiralarga ta’sir qilish yo‘llari bilan 
yetkazish orqali tushunishni yengillashtiradi; 
- ta’lim oluvchilarning ehtiyojiga, tayyorgarlik darajasiga, intellektual 
imkoniyatlariga moslashtiriladi; 
- o‘quv predmetining mohiyatiga diqqatni jalb etgan holda ko‘p sondagi 
ma’lumotlarni va topshiriqlarni qarab chiqish va ko‘proq amaliy masalalar 
yechishga imkon yaratgan holda murakkab hisoblashlar va almashtirishlardan 
xalos etadi; 
- o‘rganishning barcha bosqichlarida o‘zini-o‘zi tekshirib ko‘rish uchun keng 
imkoniyatlarni yaratadi; 
- ishni chiroyli, aniq rasmiylashtirishlarga va uni o‘qituvchiga fayl yoki 
qog‘ozga chop etgan holda topshirishiga imkon beradi; 
- tajribali o‘qituvchi vazifasini cheklanmagan tushuntirishlarni, sanoqsiz 
takrorlashlarni, eslatishlarni taqdim etgan holda bajaradi. 
Hozirgi kunda elektron darsliklar yartishning 4 bosqichli kategoriyasi 
mavjud: 
1 - bosqich elektron darsliklar bu gipermatn shaklida bo‘lib, bunda o‘quv 
materiallar bir-biri bilan gipermurojaatlar orqali bog‘lanadi. Unda ikki o‘lchovli 
ko‘rsatish qurollaridan, masalan suratlar, jadvallardan foydalanish mumkin. 
2 - bosqichli elektron darsliklar o‘zida qisman gipermatn va ikki o‘lchovli 
animatsiyani jamlashtiradi. Bu turdagi elektron darsliklarni ko‘pincha virtual 
stendlar deb atash mumkin. 


140 
3 - bosqichli elektron darsliklar o‘zida bir vaqtda ham animatsiya, ham 
gipermatnni jamlashtirib, bu turdagi elektron darsliklar ovozlashtiriladi. Ulardan 
multimedia vositalari orqali foydalanganligi uchun multimediyali elektron darslik 
deb atash mumkin. 
4 - bosqich elektron darsliklar zamonaviy tarmoq texnologiyalari asosida 
yaratilib, masofaviy o‘qitish mezonlariga mos bo‘lishi shart. 

Yüklə 2,4 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   65




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin