Ma’ruza mavzulari



Yüklə 2,4 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə47/65
tarix21.10.2023
ölçüsü2,4 Mb.
#158485
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   65
Axborot texnologiyalari Majmua 2023 Matnshunoslik

Elektron o’qitish 
– bu tez rivojlanuvchi soha hisoblanadi, uning 
rivojlanishi 1980
 
yillardan keyingi yillardan (masofadan o’qitish va televizion 
kurslar shaklida) boshlangan. 
Texnologiya shunchalik tez rivojlandiki, geografik farqini o’zingizni 
auditoriya ichida his qiladigan darajada namoyon qiladigan instrumentlar 
yordamida ko’rish mumkin. Elektron ta’lim video, slayd-shou, Word va PDF 
hujjatlari ko’rinishidagi turli formatdagi materiallar bilan tanishish imkonini 
beradi. Vebinarlarni o’tkazish va o’qituvchilar bilan muloqotda bo’lish 
foydalanuvchilarning o’zaro hamkorlikda faoliyat olib borish imkoniyatlaridan 
biri bo’lgan chat va forumlar orqali amalga oshiriladi. 
Elektron o’qitishning zamonaviy muhitida, qoidaga ko’ra, sinxron va 
asinxron toifalarga bo’linadi. Ikkala toifa o’zining afzalligi va kamchiliklariga 
ega va talabalar uchun mos keladigan metod ma’lum darajada axborotni o’zida 
mujassam qiladigan usulga bog’liq bo’ladi. 
Topshiriqlar: 
1. Smart-elektron o‘quv qo‘llanmalar? 
2. Smart-elektron o‘quv qo‘llanmalarni o‘qitishda qo‘llash? 
2.12. O‘qitishda onlayn Smart texnologiyalardan foydalanish 
Ishning maqsadi
. Talabalarga o‘qitishda onlayn Smart-texnologiyalardan 
foydalanish bo‘yicha amaliy bilim berish. 
Qisqacha nazariy ma’lumotlar: 
Dastlab-smart-tuzulish-konsepsiyasi, uni yaratish uchta: yangi materialga 
o‘tish, materiallarning yangi xususiyatlarini foydalanish va elektronika va axborot 
texnologiyalari 
sohasida 
muvaffaqiyatlar 
kabi 
tendensiyalar 
bilan 
mustahkamlanadigan aerokosmik texnologiya kontekstida eslatilgan. 


127 
Smart-texnologiyalar intellektual sistemalarni «vizuallashtirish-dan» iborat. 
Demak, ularning -Aqlligi uchun intelletual sistemalar asosida yotgan chegaralarni 
qo‘yish mumkin. Bunday chegaralar qatoriga, xatto sistema -o‘rgatuvchi (agar, bu 
neyrokompyuterli sistema bo‘lmasa) bo‘lgan holda ham, uni o‘qitish yo‘lini 
chegaralaydigan ishning algoritmiklik tabiati kirishi mumkin. Intellektual 
sistemalar axborotni izlash va tizimlashtirish bo‘yicha juda ko‘p amallarni 
avtomatlashtiradi, lekin albatta, inson intellekti talab qilinadigan intellektual 
vazifalarni bajarmaydi. 
«Smart-ta’lim» tushunchasi. Smart o‘rab turgan atrof muhitida o‘zgarishlarga 
obyekt yoki jarayonni bir onda moslashtirishga imkoniyat beradigan xususiyat 
sifatida, zamonaviy ijtimoiy rivojlanishda, ayniqsa, ta’limda eng talabli bo‘lmoqda. 
Smart-ta’limning yangi konsepsiyasini shakllanishi, ta’lim tizmida yangi iqtisodiy 
va ijtimoiy samaralarga erishish va yangi samaradorlik olishga imkoniyat 
beradigan axborot va kommunikatsiya texnologiyalarining yutuqlariga asoslanadi. 
Smart-ta’lim paradigmasini asta-sekinlik bilan shakllanishini doimiy ravishda 
smart-ta’lim va smart-o‘qitish mazusidagi anjumanlarni o‘tishi tasdiqlamoqda. 
«Smart-ta’lim» tushunchasini ko‘rib chiqishdan oldin, ta’limni ta’rifiga 
to‘xtalamiz. «Ta’lim – ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan va inson, oila, jamiyat va 
davlat manfaatlarida amalga oshiriladigan yagona maqsadga yo‘naltirilgan tarbiya 
va ta’lim jarayonidir, shuningdek insonning intellektual, ma’naviy, axloqiy, ijodiy, 
jismoniy va (yoki) kasbiy rivojlanishi uchun, uning ta’lim ehtiyojlari va 
qiziqishlariga javob beradigan ma’lum bir miqdor va murakkablikning 
erishiladigan bilimlari, ko‘nikmalari, qobiliyatlari, qadriyatlari, faoliyat tajribalari 
va kompetensiyalari yig‘indisidir». Shuni qayd etish lozimki, ta’lim – bu inson, 
oila, jamiyat va davlat manfaatlari yo‘lida amalga oshiriladigan jarayondir. So‘ngi 
yillarda o‘tkazilgan tadqiqotlar shuni ko‘rsatmoqdagi, AKTning turli sohalarga 
keng tarqalishi, shu munosabat bilan hamma joyga -bosimi ostida inson, oila va 
jamiyatning o‘ziga xosligi o‘zgarmoqda. Shunday qilib, -Aqlli mulk, iqtisodiyot, 
ishlab chiqarish texnologiyalari va ilm - fandagi o‘zgarishlarni hisobga olgan 
holda, individual va jamiyatning talab va ehtiyojlariga mos keladigan ta’limni 
rivojlantirish uchun zarurdir. 
Smart – ta’lim (yeducation) – mohiyat jihatdan yangi ta’lim muhitidir; butun 
jahon bilimlarni foydalanish va passiv kontentdan faol kontentga o‘tish uchun 
o‘qituvchi, mutaxassis va talabalarning kuchlarini, ya’ni ta’lim faoliyatini 
birlashtirishdir. 
Smart-ta’lim - umumiy standart, texnologiyalar va o‘quv yurtining tarmog‘i va 
professoro‘qituvchilar tarkibi orasidagi kelishuvlar negizida internetda ta’lim 
faoliyatini tashkil etishdan iboratdir. 


128 
Smart – o‘quv jarayoni - innovatsiyalar va internetdan foydalanish asosida 
tashkil etilgan ta’lim jarayonidir; u tizimli ko‘p o‘lchovli ko‘rish va ko‘p 
aspektliligi va yangilanishining uzluksizligini e’tiborga olgan holda predmetlarni 
o‘rganish asosida kasbiy kompetensiyalar egallashga imkoniyat beradi. 

Yüklə 2,4 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   65




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin