Ma’ruza mavzulari



Yüklə 2,4 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə50/65
tarix21.10.2023
ölçüsü2,4 Mb.
#158485
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   65
Axborot texnologiyalari Majmua 2023 Matnshunoslik

Savol va topshiriqlar: 
1. Elektron darslik nima?
2. Elektron darslik yaratish dasturiy vositalari?
3. Elektron darsliklardan ta’limda foydalanish? 
Adabiyotlar: 
1.
S.S.G‘ulomov va boshqalar. Axborot tizimlari va texnologiyalari. Darslik. 
Toshkent, “Sharq”, 2000-y. 
2.
S.Tursunov, I.Nazarov. Ta`limda axborot texnologiyalari. Darslik. Toshkent: 
“Adabiyot uchqunlari”, 2019, 1-tom, 262 b. 
3.
T.Rixsiboyev, X.Rixsiboyeva, S.Tursunov. Kompyuter grafikasi. Darslik. T.: 
“Tafakkur qanoti”, 2018 y. 304 b. 
4.
Ro‘zimov S.K., Kompyuter savodxonligi. O‘quv qo‘llanma. Toshkent, 
“Noshir”, 2011-yil, 367 b. 
 
2.15. CourseLab dasturi yordamida elektron darslik yaratish.
Ishning maqsadi
. Talabalarga CourseLab dasturi yordamida elektron 
darslik yaratish asoslarini o‘rganish. iSpring Suite dasturi yordamida multimediali 
elektron o‘quv kurslarini yaratish bo‘yicha amaliy bilim berish. 
Qisqacha nazariy ma’lumotlar: 
Mualliflik dasturlariga misol qilib, Articulate Storyline, Adobe Captivate, 
CourseLab, iSpringPro, Lectora kabi dasturlarni keltirishimiz mumkin. 
Articulate Storyline kurslar yaratish uchun 
mo’ljallangan eng mashhur dasturlardan biri bo’lib, 
u moslashuvchan, foydalanishda qulay va turli 
maqsadli kurslar yaratish uchun ishlab chiqilgan. 
Articulate 
Storyline 
uch 
utilitli 
(Presenter, 
Quizmaker, Engage) paket, o’rgatuvchi kurslarni, 
taqdimotlar, testlar va kontentning boshqa shakllarini iPadda ko’rish va masofali 
ta’lim tizimlariga integrallanishi mumkin bo’lgan Flash va HTML5 formatlarda 


141 
yaratish imkoniyatini beradi. Dastur murakkab interfaol senariylarni amalga 
oshirish uchun deyarli cheksiz imkoniyatlarni taklif etadi. Endi o’quv kursining 
murakkab interfaol senariysini yaratish uchun dastur tuzishni yoki flashni 
qo’llashni bilish shart emas Storyline buning uchun barcha vositalarni taklif etadi. 
Ushbu dasturning xususiyati oson o’zlashtirilishida, shuningdek, yaratilayotgan 
loyihalarning yorqin vizual uslubida: Articulate mahsulotlarida ishlangan roliklar 
boshqa e-learning muharrirlaridan ko’ra yanada zamonaviyroq va dinamikroq 
ko’rinadi. Dastur Microsoft Office 2007ga o’xshash interfeysga ega, ishlab 
chiquvchilar, foydalanuvchilar, o’rganichlari oson bo’lishi maqsadida tashqi 
ko’rinishini PowerPointga maksimal o’xshashligini ta’minlangan. Yuqorida 
buyruqlar to’plamidan iborat klassik Ribbon-panel joylashgan. 
Barcha turdagi multimediyali kontentlar: video, flash, ovoz, veb-obyektlarni 
qo’yishni qo’llab-quvvatlaydi. Barcha ko’p tarqalgan video (flv, avi, wmv, mov, 
mpeg, dv, 3g) va ovoz (mp3, wma, wav, m4a, aac, aiff, ogg) formatlari 
importlanadi, bundan tashqari, Internetdagi rolikning HTML-kodini yoki veb-
kameradan video-yozish, ovozni esa mikrofondan yozib qo’yish mumkin. 
SWF-roliklari ham muammosiz qabul qilinadi, bu esa boshqa multimediya 
muharrirlarining loyihalari bilan integrasiyalash bo’yicha cheksiz imkoniyatlarni 
ochadi. Veb-sahifalar slaydlarda freymlar ko’rinishida aks etadi. Ulardan 
foydalanish mumkin va bu ham roliklarni loyihalash imkoniyatlarini kengaytiradi. 
Adobe 
Captivate-Microsoft 
Windows 
va 
dasturiy 
ta’minotni 
namoyish etish, video-darslarni yozish
dastur simulyasiyasini yaratish, o’quv 
taqdimotlarni yaratish va .swf formatda 
turli testlarni yaratish uchun qo’llanilishi 
mumkin bo’lgan Mac OS Xning 5 
versiyalari 
uchun 
elektron ta’limda 
qo’llaniladigan elektron kurslarni yaratish 
va tahrirlash dasturi. Adobe Captivatedagi generasiyalangan .swf ni .aviga 
videoxosting 
saytlarga 
konvertasiya 
qilish 
imkoniyati 
mavjud. 
Dastur 
simulyasiyalarini yaratish uchun Captivateda chap va o’ng sichqoncha tugmasini 
bosish va klavishalarni bosish mumkin. Shuningdek, Adobe Captivateni 
skrinkastlarni, podkastlarni yaratish va Microsoft PowerPoint taqdimotlarini 
Adobe Flash formatiga konvertasiya qilish uchun qo’llash mumkin. 
Captivate yordamida dasturlarning interfaol namoyishlari, simulyasiyalar, 
yordamchi ma’lumotlar, skrinkastlar, o’yinlar va darslar yaratish va tahrirlash 
mumkin. Captivateda yaratilgan skrinkastlar ekrandan qilingan yozuvlarga 
nisbatan ancha kam joy egallaydi. Foydalanuvchilar Captivateda taqdimotlarga 


142 
effektlar, faol nuqtalar, matnli sohalar, video va hokazolarni qo’shib tahrirlashlari 
mumkin. Mualliflar mazmunini va u yoki bu elementni paydo bo’lish vaqtlarini 
tahrirlashlari mumkin. Faol nuqtalarni bosish boshqa slaydga o’tish, shuningdek, 
tashqi murojaatlarga o’tishni ta’minlashi mumkin. Captivate tasvirlarni
PowerPoint taqdimotlarni, video, .flv va audiolarni loyihaga import qilishni 
qo’llab-quvvatlaydi. Adobe Captivate dasturi materiallarni yaratish va namoyish 
etishning qulay vositasidir. Captivate keng doiradagi imkoniyatlarni taklif etadi: 
Microsoft PowerPointda yaratilgan taqdimotlar asosida o’quv materiallarni 
yaratish, monitordagi suratni olib, savolga berilgan javobga bog’liq ravishda o’tish 
imkoniyatli testlar yaratish. 

Yüklə 2,4 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   65




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin