18
paydo bo’ladi va “Конструктор” buyruqlar lentasi aktiv holatga o’tadi. So’ng
ustun va satr chiziqlari chiziladi. Chizish rejimidan chiqish uchun sichqoncha chap
tugmasi ikki marta ketma-ket bosiladi. Jadval chizish davrida noto’g’ri
chizib
qoyilgan ustun va satr chiziqlarini o’chirish uchun “Конструктор” buyruqlar
lentasi “Ластик” (o’chirg’ich) intrumentidan foydalaniladi, ya’ni “Ластик”
instrumenti
aktivlashtiriladi.
Bunda
sichqoncha
ko’rsatkichi o’chirg’ich
ko’rinishiga o’tib qoladi. Bu instrument ko’rsatkichi deyiladi. “Ластик”
instrumenti ko’rsatkichi kerakmas chiziq ustiga keltirilib, sichqoncha chap tugmasi
bir marta bosiladi.
“Ластик” (o’chirg’ich) instrumentidan chiqish uchun sichqoncha chap tugmasi
ikki marta ketma-ket bosiladi.
Jadvallarni tahrirlash deganda, jadvalga satr yoki ustun,
yoki yacheyka
qo’shish yoki olib tashlash, ustun va satr chiziqlari kengligini kichiklashtirish yoki
kattalashtirish,
jadval
chiziqlari
rangini o’rnatish, jadval kataklaridagi
ma’lumotlarni format qilish, jadvalni hujjat beti boyicha joylashuvini belgilash
ishlarini amalga oshirish tushuniladi.
Jadvalga ustun yoki satr qo’shish, ustun yoki satrni o’chirish, jadvalga bir
yoki bir necha katak qo’shish yoki o’chirish kabi amallar “Макет” lentasining
“Строки и столбцы” buyruqlar guruhi panelidagi buyruqli tugmachalar
yordamida amalga oshiriladi. Quyidagi rasmga qarang.
2.21-rasm. “Строки и столбцы” buyruqlar
guruhi paneli
Jadval yacheykalarni birlashtirish uchun
avval bu yacheykalar belgilanib olinadi va
“Макет” buyruqlar lentasidan “объединит
ячейки” buyruqli tugmacha bosiladi.
Jadvallar bilan ishlaganda ba’zan
shunday holatlar roy beradiki, jadval
hujjatning bir varog’iga sig’may qoladi va buning oqibatida jadval katagiga
yozilgan ma’lumotning yarmi keyingi betga o’tib qoladi. Bu hol hujjatni
rasmiylashtirishda noqulaylikga olib keladi. Bunday holatlarda jadvalni ikki va
undan ortiq bo’laklarga ajratib olish maqsadga muvofiq bo’ladi. Jadvalni ikki va
undan ortiq alohida jadvallarga ajratib olish uchun “Макет” buyruqlar lentasining
“Разделит таблицу” buyrug’i tugmasini sichqoncha ko’rsatkichi
orqali bosish
kerak.
Jadvalga yangi qator qo’shishning bir necha usullari mavjud:
“Макет” buyruqlar lentasining “Вставит снизу” va “Вставит сверху” buyruqlari
yordamida. Bunda kursor jadvalning qator qo’shish kerak bo’lgan satridagi
ixtiyoriy katakga keltiriladi va “Макет” buyruqlar lentasi ochiladi. So’ng kursor
19
turgan qatorning quyisiga qator qo’shish uchun “Вставит снизу” tugmasini,
yuqorisiga qoyish uchun “Вставит сверху” tugmasi bosiladi.
“Enter” tugmasini bosish orqali; Bunda kursor jadvalning qator qo’shish kerak
bo’lgan satrining tashqarisiga qoyilib “Enter”
tugmasi bosiladi;
TAB tugmasini bosish orqali; Bunda kursor jadvalning oxirgi qatordagi oxirgi
katakda turgan holda TAB tugmasini bosiladi. Bu usulda qator jadval oxiriga
qoyiladi.
Jadvaldagi matnli ma’lumotlarni jadval kataklari boyicha yozish
yo’nalishini belgilash uchun “Макет” buyruqlar lentasining “Направление
текста” buyrug’dan foydalaniladi.
Bundan tashqari jadvalda hisob ishlarini amalga oshirish uchun “Макет”
buyruqlar lentasidan “
fx
Формула” buyrug’i beriladi. Bunda “Формула” nomli
muloqot oyna ochiladi. U yerga kerakli formulani yozib hisoblash ishlarini bajarish
mumkin. Jadval kataklari Excel dasturidagi kabi manzillanadi. Masalan jadvalning
1-ustuni, 1-qatorida joylashgan katakni manzili A1 bo’ladi. Formulalar
kiritish
Excel dasturidagi kabi “=” (tenglik) belgisidan boslanadi. Masalan, =A1+A2 – bu
jadvalning 1-ustunidagi 1-va 2-kataklaridagi sonlar yig’indisini hisoblash
formulasi. Formula qaysi katakga yozilsa hisoblash nitijasi shu katakga chiqadi.
Jadvallarni turli ko’rinishdagi rangli jadvallar ko’rinishida rasmiylashtirish
uchun “Конструктор” buyruqlar lentasida joylashgan “Стили таблиs” buyruqlar
panelida keltirilgan jadvallarni formatlash uslublaridan foydalaniladi. Bu yerda
juda ko’p har xil jadvallarni formatlash uslublari mavjud. Ulardan kerakli uslubni
tanlash orqali jadvallarni tezda bosmaxona talabiga mos qilib rasmiylashtirish
mumkin. Agar bu uslublar hujjat talabiga yoki bosmaxona talabiga javob bermasa,
ularni o’zgartirish imkoni ham mavjud. Buning uchun “Стили таблиs” buyruqlar
panelining quyi chetida joylashgan
ko’rinishli
tugmachani bosish orqali
ochiladigan muloqot oynadan “Изменит стили таблиs” tugmasi bosiladi. Bunda
“Изменение стиля” nomli muloqot oyna ochiladi. Bu yerdagi kerakli
parametrlarni o’zgartirish orqali ublubga o’zgartirish mumkin.
Dostları ilə paylaş: