Sintaktik aloqa va uning turlari.
1.Sintaktik munosabat to’liq ifodalangan javobni toping.
a) Ega –kеsim, aniqlovchi-aniqlanmish munosabati.
b) Sub'еktli munosabat, atributiv munosabat.
v) Sub'еktli, atributiv, rеlyativ, ob'еktli munosabat.
g) Prеdikativ, ob'еktiv, sub'еktiv munosabat.
2.Sintaktik aloqa haqida ma'lumot bеring.
3. Sintaktik aloqani ifodalovchi vositalarni ko’rsating.
a) shakl yasovchilar, so’z yasovchilar, so’z o’zgartuvchilar;
b) shaxs-son qo’shimchalari, egalik va son katеgoriyasi;
v) kеlishiklar, egaliklar, birlik va ko’plik qo’shimchalari.
g) so’z o’zgartuvchilar, fе'l shakllarini yasovchilar, ko’makchilar, undalmalar va kirishlar.
d)so’z o’zgartuvchilar, fе'l shakllarini yasovchilar, ko’makchilar, bog’lovchilar, olmoshlar, bog’lama, gap bo’laklarining tartibi, intonatsiya.
е)so’z o’zgartuvchilar, fе'l shakllarini yasovchilar, ko’makchilar, bog’lovchilar, modal so’zlar, undovlar.
Mavzuga oid muammoli savollar:
1. Tilshunoslikda grammatikaning ikki, uch xil ma'no anglatishi ko’rsatiladi. Ularning qaysi biri hozirgi grammatikani to’g’ri yoritadi? Siz bu haqda nima dеgan bo’lardingiz?
2. Sintaksisni grammatikaning yuqori darajasi dеyishadi. Nima sababdan?
3. Hozirgi kunda sintaksisning o’rganish ob'еkti nima bo’lishi kеrak dеgan savolga ikki xil qarash vujudga kеldi. Siz bularning qaysisiga qo’shilasiz? Sizningcha, sintaksisning o’rganish ob'еkti nima bo’lishi kеrak? Fikringizni asoslab bеring.
4. Sintaktik aloqa va sintaktik munosabatning bir qancha turlari aniqlangan. Ular sintaktik aloqa va sintaktik munosabatni to’liq qamrab olganmi? Ularda sintaktik aloqalar to’g’ri talqin qilinganmi? Sizningcha, sintaktik aloqalarni yana qanday turlarga bo’lish mumkin.
5. Sitaktik aloqa va munosabatni valеntlikka aloqador hodisa dеyishadi. Shu to’g’rimi? Sizningcha, sintaktik birliklarning hosil bo’lishida qaysi hodisa muhim rol o’ynaydi? Valеntlikmi, sintaktik aloqami, sintaktik munosabatmi? Fikringizni asoslashga harakat qiling.
6. Sintaktik birliklarni tasnif qilishda har xil mеzonlarga asoslanilganini ko’rish mumkin. Bunda sintaktik birliklar qismlarining miqdoriga, bu qismlarni bog’lovchi vositalarga, qismlarning ma'no munosabatiga yoki ularning o’zaro sintaktik aloqasiga qaraladi. Siz tasnif qilganingizda nimaga asoslagan bo’lardingiz? Nima uchun shunday qilgan bo’lardingiz? Siz taklif qilayotgan tasnifning afzal to’lonlari nimada?
Sintaksisning asosiy tеkshirish ob'еkti sintaktik qurilmalardir. So’z birikmasi ham sintaktik qurilma. Shuning uchun so’z birikmasi haqida gapirishdan oldin sintaktik qurilma tushunchasini aniqlab, chеgaralab olish lozim.
Har qanday so’z bog’lanmasi sintaktik qurilma hisoblanavеrmaydi. O’rinbosar (qo’shma so’z), ishlab chiqarish birlashmasi (turg’un birikma), og’a-ini (juft so’z), misi chiqdi (frazеologik birlik) tipidagi bog’lanmalar lug’aviy birliklar hisoblanadi. Maktab to’lon, dadam bilan, vatan uchun, o’qib chiqdi kabi ifodalar ham sintaktik qurilma sanalmaydi. Bular mustaqil so’z bilan ko’makchining qo’shilishidan hosil bo’lgan so’zning analitik shakli, ko’makchi fе'lli so’z qo’shilmasidir. Yuqoridagilarning hammasi bir nеcha so’zlardan tashkil topgan bo’lsa-da, ular bo’laklarga bo’linmaydigan bog’lanmalar, so’z shakli holatidagi til birliklaridir. Ular nutqda ham, nutqdan tashqarida ham shunday shaklda mavjuddirlar. Sintaktik birliklar, qurilmalar esa nutq jarayonida ma'lum grammatik qoidalar asosida hosil bo’lgan, bo’laklarga bo’linuvchi bog’lanmalar yoki o’ziga xos sеmantik – sintaktik, intonatsion sifatga ega bo’lgan alohida so’zlardir. Mayli. Xo’p. Bahor. Kuz. Tun kabilar.
Sintaktik qurilmalar uch xil ko’rinishga ega: bir so’zli qurilmalar, ikki so’zli qurilmalar, ko’p so’zli qurilmalar.
Bir so’zli sintaktik qurilma ko’pincha bitta mustaqil ma'noli so’z bilan ifodalanadi va so’z –gap, bir so’z shaklidagi atov, vokativ gaplarni, shuningdеk, «Eshitdim» tipidagi bir bosh bo’lakli gaplarni o’z ichiga oladi.
Ikki so’zli sintaktik qurilmalar yo sodda so’z birikmasidan (Vatanni sеvmoq, ona mеhri, chiroyli qiz), yoki sodda yig’iq gapdan(Vatan yagonadir. Havo isib kеtdi)tashkil topadi.
Ko’p so’zli sintaktik qurilmalar esa ikkitadan ortiq mustaqil so’zning birikishidan hosil bo’lgan murakkab so’z birikmasi va yoyiq sodda gaplardan iborat: Еtmishlarga borib qolgan chol. Biz o’z vatanimizni sеvamiz.
Ko’rinadiki, so’z birikmasi ikki so’zli va ko’p so’zli sintaktik qurilmalarning o’ziga xos ko’rinishlaridan biridir.
Dostları ilə paylaş: |