ma’ruza: Sintaksis haqida umumiy ma’lumot. Gap. Gap kommunikativ (aloqa) birlik sifatida. Gapning tuzilish jihatdan turlari soat reja


Gaplar emotsionallikka ko‘ra ikki xil bo‘ladi



Yüklə 391 Kb.
səhifə20/22
tarix05.10.2022
ölçüsü391 Kb.
#64615
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22
ma’ruza Sintaksis haqida umumiy ma’lumot. Gap. Gap kommunikativ

Gaplar emotsionallikka ko‘ra ikki xil bo‘ladi:
1) his-hayajonsiz gaplar, 2) his-hayzjon yoki undov gaplar.
Xabar-darak, so‘roq, buyurish ohangsiga ega bo‘lgan gaplar emotsional bo‘lmagan gaplardir. Yuqorida ko‘rib o‘tilgan gaplarning barchasi, ya’ni darak gap, so‘roq gap va buyruq gaplar emotsional bo‘lmagan gaplarni tashkil qiladi. His-hayzjon gaplar, yoki undov gaplar kuchli his-hayajon bilan ifoda qilingan gaplardir. Bunday gaplar maxsus his-hayajon ohangi, ohangi bilan talaffuz etiladi. Darak, so‘roq, buyruq gaplar his-hayajon bilan aytilsa, undov gapga aylanadi. Shunga ko‘ra undov gaplarning darak-undovgap, so‘roq-undov gap, buyruq-undov gap turlari yuzaga keladi. Darak-undov gap: Ishonganimdan senikiga olib keldim-da, o‘rtoq! (O‘.H.) So‘roq-undov gap: Bu gaplardan so‘ng menga ko‘ngillarini ocharmidilar?! (P.Q.). Buyruq-undov gap: Yo‘qolgan pichoqning sopi oltin bo‘lavermasin!- dedi Davlatbekov. (P.Q.). Undov gap quyidagi grammatik vositalar yordamida shakllanadi: 1) turli his-tuyg‘ularni: shodlik, quvonch, taajjub, afsuslanish, hayratlanish, g‘azab va shu kabilarni bildiruvchi ohang yordamida. Masalan: Odamlar bilan... yashash, ishlash, do‘stlashish, yordamlashish va yordam olish naqadar yaxshi! (CH.Aytmatov). Aya, ayajon, shu ham gapmi! (A.Q.). Ayam bilan xollam yo‘lga nima pishirsak ekan deb maslahat qilib o‘tirishibdi! (A.Q.). Yillar, yillar o‘tdi! (A.Q.). Kecha g‘ishtdan tekkan edi, endi paxtadan tegibdi-da! (A.Q.); 2) undov so‘zlar yordamida. Masalan: E, u gaplar o‘tdi-ketdi-da! (P.Q.). Obbo, noshudlar-ey!- dedi Ortiq qo‘ziga achinib. (P.Q.). Ha, barakalla!- dedi keksa ishchi. (A.Q.). O‘h-o‘h-o‘h! CHuchvarak-ku... Hay-hay, og‘izda erib ketadiya!.. (A.Q.); 3) yuklamalar yordamida. Masalan: Nahot, Mavloningiz jiyanining to‘yiga kelmasa! (A.Q.). ... birpas tinch qo‘ymaydi-ya!- deb bolalarini koyidi. (P.Q.). Boyaqishlar selda qoldi-yov!- deb Suyunboy aka qoyatoshning kamaridan chiqdi. (P.Q.).
6-savol bayoni: GAPLARNING TUZILISHIGA KO‘RA TURLARI
Gaplar tuzilish jihatdan ikki guruhga bo‘linadi: 1. Sodda gap bir predikativ birlikdan iborat bo‘lib, uning tarkibi ayrim gaplarga bo‘linmaydi. Masalan: G‘ir-g‘ir shabada turli-tuman giyohlarning hidlarini olib keladi. (O.). Oqil va donolar bilan suhbatdosh bo‘ling. («Oz-oz o‘rganib dono bo‘lur»). 2. Qo‘shma gap mazmun va grammatik jihatdan birikkan ikki va undan ortiq predikativ birliklardan tuzilib, uning tarkibi ikki va undan ortiq gaplarga bo‘linadi. Masalan: Hali daraxtlar barg chiqarmaganu, pushti guldastaga o‘xshab gullagan bir tup bodo’l qo‘shni hovlining devori osha yashnab turibdi. (P.Q.). Haqiqiy do‘stlik suvdek zilol, qalbaki do‘stlik – tuz qo‘shilgan asal. (Maqol).

Yüklə 391 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin