маъруза соат



Yüklə 5,09 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə25/49
tarix07.01.2024
ölçüsü5,09 Kb.
#203661
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   49
2 5337135359413194831

 
2-savolning bayoni: 
Qadimgi Xitoy mifologiyasi to’g’risidagi manbalar asosan m.a. 
XI asrga oid. Bu afsonalar mazmuniga ko’ra kosmogonik miflar
ichida ilk, tartibsiz holatdan tabiat va insonning paydo bo’lishi 
to’g’risidagi asosiy konsepsiya, bo’linish va aylanish berilgan. Ulardan
birinchisi jonsiz va tirik mavjudotlar tartibsizligi, ikki ilk unsur
(erkak)ning boshlanishi Yan va qorong’ulik (ayol) ning boshlanishi - 
In paydo bo’lgan. Ikkinchi kontsepsiya barcha mavjudotlarning paydo 
bo’lishi bu transformatsiya natijasidir deb tushuntiradi.
Tabiat kuchlari va ulardan odamlarni qutqargan qahramonlar 
to’g’risida afsonalar ko’pchilikni tashkil qiladi. Toshqin va 
qurg’oqchilik hodisalari afsonalarda ko’p tilga olinadi.
Qadimgi xitoyliklar u dunyo to’g’risidagi tushunchalarida yerda 
mavjud bo’lgan tartib-qoidalar aks ettiriladi. Yerda hokimiyat vanga 
tegishli, osmonda hamma jismlar Oliy xudo (Di)ga buysunadi. Di 
qudratli, u odamlarga marhamat qiladi yoki ularni baxtsizlik bilan 
jazolaydi. U odamlarga hosilni sovg’a qiladi, qurg’oqchilik yuboradi, 
yomg’ir va shamol Diga bog’liq. Dining yaqinlarini Vanning vafot 
qilgan ajdodlari tashkil qiladi. Vanning ajdodlari Dining 
topshiriqlarini bajaradi va ular Vanning yerdam berish to’g’risidagi 
iltimosini Diga etkazadi. Vanning oliy kohin sifatidagi vazifasi 
odamlar va xudolar dunesi o’rtasida vositachi bo’lgan o’z ajdodlari
bilan muloqotni amalga oshirishdir.
II-III asrlarda Xitoyga budda dini kirib keldi. Afsonalarga ko’ra, 
birinchi budda sutralari (matn yoki qoida) Xitoyga oq otda olib 
kelingan: bunga xotira sifatida Loyan shahri yonida budda «Oq ot 
ibodatxonasi» qurilgan va hozirgacha saqlanib qolgan. Xitoyda 
sutralarni tarjima qilish va budda dinini tarqalishi IV-VI asrlarga 
tegishlidir.
Ilk Xitoy yozuvining eng qadimgi yodgorliklari m.a. XIV-XI
asrlarga oid fol ko’rish yozuvlaridir. In yozuvlarining ko’pchilik qismi
buyumlar tasviridir. In belgilari buyumlar tasviri yoki murakkab 


86 
tushunchalarni ifodalaydigan ko’pgina tasvirlar qo’shilmasi - 
ideogramma ko’rinishidadir.
In belgilarining hozirgi Xitoy iyerogliflaridan 3 xil farqli tomoni 
bor. Birinchidan, har bir elementar belgi qandaydir buyumning 
konturini tasvirlagan, ikkinchidan bir belgilini yozilishida ko’p xilma-
xillik mavjud. Uchinchidan belgini qatorning nisbiy yo’nalishiga tomon
harakati hali barqaror bo’lmagan. In yozuvining m.a. I ming yillikda 
Chjoular tomonidan o’zlashtirilishi, uning taraqqiyotini uzib qo’ymadi. 
M.a. II-I ming yilliklarda iyerogliflarning mahalliy variantlari 
unifikatsiya qilindi, belgilarni yozishning yangi husnixati paydo 
bo’ldi.
Qadimgi Xitoyda odatda yupqa yog’och yoki bambuk
taxtachalariga yozilgan. M.a. I ming yillikning o’rtalarida ipak
matoga ham yozilgan. Yangi era boshida qog’oz kashf qilinib ishlatila 
boshlandi va qog’oz boshqa materiallarni siqib chiqardi.
Chjango davri an’anaviy ravishda Xitoy ma’naviy madaniyati 
tarixida klassik davr hisoblanadi. Manbalarda ta’kidlanganidek “Yuz 
maktab raqobati” davri bo’lgan bu davrda qadimgi Xitoyning asosiy 
ta’limotlari: konfutsiylik, legizm, daosizm vujudga keldi. Konfutsiy 
(Kun-size m.a. 551-479-yillar) ta’limoti bo’yicha inson tabiatan ezgulik 
xislatiga ega va o’z burchini sidqidildan o’tashga tayyor. Konfutsiy 
barcha ijtimoiy munosabatlar uchun oilani namuna hisoblaydi. Oilada 
kattalar kichiklarga g’amxo’rlik qiladilar va ularni tarbiyalaydilar, 
kichiklar ularni hurmat qiladilar va ularga bo’ysunadilar. Davlatga xalq 
farzandlar o’rnida, hukmdor ota o’rnida bo’ladi, hukmdor o’z shaxsiy 
manfaati emas xalq farovonligi to’g’risida g’amxo’rlik qilishi lozim.
Eng qadimgi Xitoy she’riyati namunalari m.a. XI-VI asrlarda jez
ko’zalardagi yozuvlarda yetib kelgan. “Qo’shiqlar kitobi” qadimgi 
Xitoy adabiyotining haqiqiy xazinasidir. Bu yodgorlik 4 bo’limga 
bo’lingan («Podsholik ahloqi», «Kichik odalar», «Buyuk odalar», 
«Madhiyalar») 305 poetik asarlar majmuasidan iborat.
Musiqa, poeziya va raqs kabi san’at janrlari Xitoyda yuqori 
darajada shakllangan. Xitoy me’morchilik san’atida yog’och asosiy 
xom-ashyo edi. Xan davrining noyob me’morchilik yodgorligi 
imperiya poytaxti Chanyan shahri 12 darvozali devor bilan o’rab
olingan. Ma’muriy binolar sariq rangda, imperator saroylari qizil 
rangda bo’yalgan. Xan davrida portret san’ati yuksak darajada bo’lgan, 
saroylar portret freskalari bilan bezatilgan.


87 
Qadimgi Xitoyda ilmiy bilimlar, ayniqsa, matematika rivojlangan. 
M.a. II asrda to’qqiz kitobdan iborat «Matematika» traktati tuzildi. 
Matematika bilan yonma-yon astronomiya fani ham rivojlandi. M.a.
104-yilda bir yil 365,25 kunga tengligi hisoblab chiqildi va kalendar 
ishlab chiqildi. Qadimgi Xitoyda tibbiyot sohasida katta yutuqlarga 
erishildi. M.a. III asrda Xitoy vrachlari igna bilan davolashni kashf
qilganlar. Tabiblar 52 kasallikni davolashni bilganlar, 280 davolash 
usulini qo’llaganlar.

Yüklə 5,09 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   49




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin