4
KIRISH
Gumanitar ta’limda, XXI asr avlodlarining dunyoqarashini
shakllantirishda insoniyat jamiyatining o’tmishi, buguni va kelajagini,
jahon va lokal tsivilizatsiyalar taqdirini qayta anglash markaziy o’rinni
egallaydi. Bu sharoitda tarixiy jarayonni formatsion yondashuv asosida
talqin qilishning bir yoqlamaliligi ayniqsa bo’rtib namoyon bo’lmoqda.
Shu sababli ushbu talqinni tarixni tuushunishga nisbatan o’zgacha,
nochiziqli yondashuv bilan to’ldirish talab etiladi. Sivilizatsion
yondashuv tarixiy jarayonnii tushunishga nisabatan aynan shunday
yondashuvdir. Sivilizatsion yondashuv tarixiy jarayonning turli-tuman
ko’rinishlari, qirralarini isobga oladi, bundan tashqari uning asosiy
vazifasi inson va uning dunyoqarashi, ahloqiy va estetik qarashlarini
o’rganishdir. Ijtimoiy taraqqiyotga sivilizatsion yondashuv har bir
xalq, mamlakat, mintaqa taraqqiyotining noyob va takrorlanmas
jarayon sifatida qarashga asoslanadi.
Taqdim
etilayotgan
o’quv-uslubiy
qo’llanma
jahon
sivilizatsiyalari tarixini o’rganayotgan talabalarga mo’ljallangan.
“Jahon sivilizatsiyalari tarixi” kursi jahon tarixi fani bilan bevosita
bog’liq va uning mantiqiy davomidir. Shundan kelib chiqib ushbu kurs
talabalarda tarixiy taraqqiyot bosqichlarining qonuniyatlari, Sharq va
G’arb sivilizatsiyasi rivojining o’ziga xos xususiyatlarini belgilab
bergan omillar, rivojlanishning turli tiplariga ega sivilizatsiyalar,
modernizatsiya
jarayonidagi
muammolar
va
ziddiyatlar,
O’zbekistonning sivilizatsion jarayondagi o’rni kabi tushunchalarni
shakllantirishga qaratilgan. Kursni o’rganish natijasida talabalar asosiy
tushunchalarni anglab olishi, hodisalar izchilligini aniqlashi, turli
sivilizatsiyalar taraqqiyotining umumiy va o’ziga xos xususiyatlarini
ajrata olishi kerak.
Dostları ilə paylaş: