маъруза соат



Yüklə 5,09 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/49
tarix07.01.2024
ölçüsü5,09 Kb.
#203661
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   49
2 5337135359413194831

 
Nazorat uchun savollar: 
1. Sivilizatsiya so’zining kelib chiqishi qaysi tushunchalar bilan 
bog’liq? 
2. Sivilizatsiya insoniyat tarixida sifat chegarasini anglatuvchi so’z 
sifatida qachon paydo bo’ldi? 
3. Turli sivilizatsion nazariyalarning kuchli va zaif jihatlariga baho 
bering.
4. Tarixiy jarayonga formatsion yondashuvning mohiyati nimadan 
iborat? 
5. Tarixni o’rganishga sivilizatsion yondashuvning ijobiy jihatlariga 
baho bering. 
 
2-mavzu. Dastlabki sivilizatsiyalarning shakllanishi
Asosiy savollar: 
1. Dastlabki sivilizatsiyalarning ijtimoiy-iqtisodiy belgilari.
2. Neolit sivilizatsiyasi 
3. Dehqonchilik madaniyatining ilk markazlari.
 
1-savolning bayoni: 
Dastlabki sivilizatsiyalar xususida so’z yuritishdan oldin, ularni 
arxaik davrdan ajratib turuvchi belgilarga to’xtalib o’tish joiz. 
A.Fergyusson sivilizatsiya sifatida insoniyat jamiyatining ijtimoiy 


15 
sinflar, shaharlar, yozuv va boshqa hodisalar xos bo’lgan bosqichi 
sifatida ta’riflagan. L.Morgan va F.Engels sivilizatsiyaning muhim 
belgilaridan biri sifatida yozuvni ko’rsatishgan. Ko’pchilik olimlar 
sivilizatsiyani sinfiy jamiyat, siyosiy va ijtimoiy tabaqalashuv tizimi, 
ma’muriyat va hududiy bo’linish, davlatchilik, shuningdek, mehnat 
taqsimoti bilan bog’lashadi.
Ingliz olimi G.Chayld tomonidan sivilizatsiyaning quyidagi 10 ta 
belgisi ilgai surilgan: shaharlar, mahobatli jamoatchilik binolari, 
soliqlar yoki boj, intensiv iqtisodiyot, shu jumladan, savdo, 
hunarmandlarning ajralib chiqishi, yozuv, ilm kurtaklari, san’atning 
rivojlanishi, imtiyozli sinflar va davlat. Ushbu belgilarning ichida 
mahobatli me’morchilik, shaharlar va yozuv jamiyatda kechgan 
ijtimoiy va siyosiy jarayonlar bilan sabab-oqibat aloqalarning butun bir 
tizimi orqali bog’liq bo’lib, dastlabki sivilizatsiyalarning madaniy 
majmuasini 
xarakterlaydi. 
Sivilizatsiyaning 
ijtimoiy-iqtisodiy 
mohiyatini esa sinfiy jamiyat va davlat tashkil etadi. 
Ibtidoiy davr
 
eng qadimgi ilk sivilizatsiyalarning paydo bo’lishiga 
asos bo’ldi. Bu insoniyat rivojining odamning paydo bo’lishidan to 
sinfiy jamiyatlar va davlatlar paydo bo’lgunga qadar davom etgan 
bosqichidir.
Siz zamonaviy qiyofadagi insonlar shakllanishining murakkab 
jarayoni - anropogonez haqida ma’lumotlarga egasiz. Yer yuzasida 
insonlarning paydo bo’lish jarayoni uzoq davom etgan tarixiy jarayon 
bo’lib, aql-idrokli odamning shakllanishi bilan nihoyasiga yetdi.
Avstrolopiteklar paleodemografiyasi bo’yicha tadqiqot olib 
borgan amerikalik paleoantropolog A.Manning fikricha, insonlarning 
dastlabki soni 10-20 ming atrofida bo’lgan. Yana bir amerikalik 
demograf E.Divi Afrika hududida istiqomat qilgan quyi paleolit 
insonlarining sonini taxminan 125 ming atrofida bo’lgan degan 
xulosaga kelgan. Aql-idrokli inson paydo bo’lganda esa u taxminan 1 
mln. kishidan iborat edi. Insonlar nafaqat son balki sifat jihatidan ham 
o’zgarib bordi.
Xo’sh, dastlabki sivilizatsiyalar poydevoriga asos olgan aql-
idrokli odam qayerda shakllandi, uning vatani qayerda? Ibtidoiy
odamlarning dastlabki areallari Afrika va Osiyoning ekvatorial va 
tropik mintaqalarida joylashgan edi. Bir million yil avval Afrika 
arxantroplari shimolga tomon harakat qila boshladilar va Yevropa 
hududlariga kirib bordilar. So’nggi paleolit ovchilari dastlab 
o’zlashtirilgan yerlardan Shimoliy Yevropa va Osiyoning muzlikdan 


16 
bo’shagan keng yerlariga joylasha boshladilar. So’nggi paleolitda 140-
150 ming yil avval Sibir, Shimoliy Germaniya hududlari insonlar 
tomonidan o’zlashtirildi. O’sha davrlarda tor bo’lgan Bering bo’g’ozi 
orqali ular Alyaska va Amerikaga kirib bordilar. Eramizdan 10 yil oldin 
Antarktidadan boshqa hamma materiklar u yoki bu darajada odamlar 
tomonidan o’zlashtirilgan edi.
Polisentrizm nazariyasiga ko’ra zamonaviy odamning shakllanishi 
bir necha markazlarda kechgan. Monotsentrik nazariya tarafdorlarining 
fikriga ko’ra bu jarayonda bir areal (Janubiy-G’arbiy Osiyo, Shimoliy-
Sharqiy Afrika va Janubiy Yevropa) muhim rol o’ynagan. Dastlabki 
oykumenaning kengayishi va idroklashuv jarayoni insonlar irqlarining 
shakllanishiga zamin yaratdi. Yevropoid, negroid va mongoloid 
irqlarining yuzaga kelishiga turli materiklarda turlicha bo’lgan atrof-
muhitga moslashuv va butun materiklar ulkan hududlarining 
izolyatsiyasi kabi ikki omil muhim rol o’ynadi. 
Primatlardan to zamonaviy odamgacha bo’lgan taraqqiyot yo’lini 
bosib o’tgan qadimgi insonning ma’naviy dunyosini tasavvur etish 
nihoyatda qiyin. Ibtidoiy insonning tafakkuri daxldorlik prinsipiga 
asoslangan edi. Aynan mana shu daxldorlik mantiqi totemizmni keltirib 
chiqardi. Arxantroplar davrida sehrgarlik e’tiqodining kurtaklari ham 
paydo bo’la boshlaganligi ehtimoldan xoli emas.
Aql-idrokli 
odam 
nafaqat 
mehnat 
qilish, 
balki 
ichki 
kechinmalarini va hissiyotlarini turli usullar bilan aks ettirishni ham 
bilgan. Paleolit davrida raqsning, keyinroq musiqa va qo’shiqning 
paydo bo’lishi fikrimizga isbotdir. So’nggi paleolitda ibtidoiy tasviriy 
san’at ham yuzaga keldi. Ijodiy fantaziyaning ilk kurtaklari 
neandertallarga tegishli bo’lsa ham, o’z kechinma va hislarini aks 
ettirish aynan aql-idrokli odamga xosdir. Ibtidoiy tasviriy san’at 
namunalari Ispaniya (Altamir), Ural (Kapova), Fransiya (Lasko) va 
boshqa ko’plab joylardan topilgan. Bu suratlar qadimgi odamlarning 
ma’naviy intilishlari va ijodiy ilhomini aks ettiradi. Shu qatorda bu 
davrda dumaloq haykaltaroshlik ham rivoj topdi. Ilk davrlarda bu 
asosan ayollar haykallari edi. Paleolit “Venera” lari Rossiya, Slovakiya, 
Fransiya, Belgiya, Italiya, Germaniya, Avstriyadan topilgan. Tabiat va 
hayvonot olamining ulkan roli qadimgi insonlarning diniy e’tiqodlarida 
aks etdi. Masalan, hayvonlarga topinish va totemizmda. 
12 ming yil avval Yerdagi harorat ko’tarila boshlagan, bu esa 
ayrim hududlarda muzlikning erishga, boshqa hududlarda kuchli 
qurg’oqchilikka olib kelgan. Tabiatdagi bu o’zgsharishlar insoniyat 


17 
taraqqiyotiga o’zining ta’sirini o’tkazdi. Mezolit davri odami 
sivilizatsiya darajasiga yetib bormadi, ammo u insoniyatni sivilizatsiya 
ostonasiga olib kelgan ulkan to’ntarish yasadi. O’q-yoyning kashf 
etilishi insoniyat tarixida yangi iqtisodiy tuzumni va tarixiy 
o’zgarishlarni boshlab berdi. Inson nafaqat o’zining tabiatga muteligini 
sezilarli kamaytirish, balki asosiy iste’mol mahsulotlarini takror ishlab 
chiqarish imkonini qo’lga kiritdi. Yangi sharoitlarda yashab qolish 
talabi mikrolitlar texnikasining takomillashuvini tezlashtirdi, murakkab 
tarkibli qurollar paydo bo’ldi. Mezolit davrida baliqchilik yanada 
rivojlangan, kemachilik asoslari yuzaga kelgan davrdir.
Mezolit davri odamlari ko’chmanchi ovchilar bo’lib, yegulik 
manbai izlab bir joyda ko’p qolishmagan. Bu esa yangi yerlarning 
o’zlashtirilishiga olib keldi. Mezolit odamlari makon tutgan daryo va 
ko’l bo’ylari neolit davri o’troq manzilgohlari uchu asos bhldi.
Mezolit davrida yuzaga kelgan ibtidoiy ziroatchilik va 
chorvachilik insoniyatning keyingi taqdirini belgilab berdi.Mezolit 
davri o’zlashtiruvchi xo’jalikdan ishlab chiqarish xo’jaligiga -
dehqonchilik va chorvachilikning yuzaga kelishiga zamin tayyorladi.
Dehqonchilik va chorvachilikning yuzaga kelishi buning uchun 
qulay tabiiy sharoit bo’lgan hududda paydo bo’ldi. Dehqonchilik 
mezolit davrida asta-sekin shakllanib bordi. Dastlab o’stirila 
boshlangan donli ekin bu arpadir. U Kichik Osiyo, Falastin, Eron, 
Janubiy Turkmaniston va Shimoliy Afrikaning tog’oldi hududlarida 
o’sgan. Keyinroq boshqa boshoqli o’simliklar ham o’zlashtirilgan. 
Yerdagi ilk dehqonlar m.a. X-IX ming yilliklarda Old Osiyoda 
yashagan natufiyaliklar bo’lishgan. Quddusdan 30 km. shimoli-
g’arbidagi joylashgan Karmal tog’idagi Vadi-en-Natuf tog’ daryosining 
bo’yida yashagan odamlar olimlar tomonidan shunday atalgan. 
Tog’oldi hududlarida yashagan natufiyaliklar ovchilik va termachilik 
bilan shug’ullanishgan va g’orlarda, ungirlarda yashashgan. Ular o’ziga 
xos tosh qadamali suyak o’roqlar yordamida boshoqli o’simliklarni 
yig’ishgan, tosh hovonchalarda bazalt kelidasta bilan tuyib, iste’mol 
qilishgan.
O’q-yoyning kashf etilishi ov samaradorligini oshirgan va 
qo’shimcha mahsulot olish imkoniyatini yaratib, chorvachilikka asos 
yaratgan. Domestikatsiya jarayoni, ya’ni yovvoyi hayvonlarni qo’lgan 
o’rgatish juda uzoq davom etdi. So’nggi paleolitdayoq itni qo’lga 
o’rgata boshlagan odam so’nggi mezolitda echki, qo’y, yirik shohli 
qoramolni qo’lga o’rgatishni boshladi. 


18 
Mezolit davrida insonlar tafakkuri yanada o’sdi, u o’zini o’rab 
turgan dunyodan ajratib ko’rsatishga harakat qilgan. Mezolit davrida 
qoyatosh suratlarining mazmuni o’zgardi, ularda asosan ov yoki raqs 
bilan mashg’ul odamlar guruhi aks ettirilgan.
Tajriba va kuzatish oldingi davrlardagi kabi bilimlar manbai 
bo’lib xizmat qilgan. Egulik topish uchun mezolit odamlari ov 
qilinadigan hudud topografiyasini bilishi, o’simliklarning foydali va 
zararli xususiyatlarini ajrata bilishi, hayvonlarning harakat yo’li va 
hatti-harakatini 
shrganishi, 
turli 
minerallarning 
o’ziga 
xos 
xususiyatlarini farqlay olishi, xullas, o’z atrofidagi tabiatni o’rganishi 
zarur bo’lgan.Mezolit davridan boshlab odamlar nafaqat amaliy 
meditsinaning eng sodda ko’nikmalarini egalladi, balki bosh 
chanog’ining trepanatsiyasi va amputatsiya kabi murakkab jarrohlikni 
amalga oshira boshladi. Insonlar tafakkuridagi bu kabi o’zgarishlar 
neolit inqilobiga zamin hozirlagan. 

Yüklə 5,09 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   49




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin