2-savolning bayoni:
Mesopotamiya – jahon sivilizatsiyasi va qadimgi shahar
madaniyatining ilk o’choqlaridan biri. Bu madaniyatning ilk
asoschilaridan biri shumerlar bo’lib, ularning yutuqlarini bobilliklar va
Ossuriyaliklar o’zlashtirib, davom ettirdilar. Mesopotamiya
madaniyatining manbalari m.a IV ming yillikda shaharlar paydo
bo’lishi bilan boshlandi.
M.a. IV-III ming yilliklarda shumer yozuvi paydo bo’ldi.
Taxminlarga ko’ra bu yozuv shumerlar Mesopotamiyaga kelganga
qadar noma’lum xalq tomonidan kashf qilingan. Shumerlar bu yozuvni
sivilizatsiya xizmatiga qo’ydilar. Dastlab shumer yozuvi piktografik
shaklda alohida buyumlar, tasvirlar tarzida ifodalangan. Dastlab 1500
ga yaqin belgidan iborat piktografiya juda sodda bo’lib, haqiqiy yozuv
emas edi, u so’zlarni ifodalamas edi. Shunday yozuvdan m.a. III ming
yillikdan boshlab akkadlar ham foydalanishgan. Sekin-asta bu yozuv
mixxatga aylandi. Dastlabki shumer mixxatlari tarixiy hodisalar yoki
hukmdorlar hayotini emas, oddiy xo’jalik hisob-kitoblarini qayd etgan.
Shumerliklar foydalangan mixxat dastlab 800 atrofidagi
belgilardan iborat bo’lib, ular so’z yoki bo’g’inni tasvirlagan. Ularni
eslab qolish qiyin edi, biroq shumerlar mixxati ko’plab qo’shni xalqlar
tomonidan qabul qilingan. Yangi Bobil davriga kelib mixxat belgilar
300 dan salgina ortiq bo’lgan.
Akkad tili janubiy Mesopotamiyada m.a III ming yillikning
ikkinchi yarmida paydo bo’ldi. Shumer va akkad tillari bir-biridan
31
ko’pgina so’zlarni o’zlashtirib oldi. M.a. III ming yillikning oxirida
qadimgi Shumer–akkad lug’atlari tuzilgan. Akkad tili Old Osiyo
xalqaro diplomatiya tiliga aylandi. M.a. VII asrdan boshlab oromiy tili
va yozuvi kirib kelgan paytda mixxat yozuvlari muomaladan chiqa
bordi.
Mesopotamiya tsivilizatsiyasi ma’lumotli kishilarni tayyorlash
bo’yicha ilk tajribalarni amalga oshirdi. Yirik ibodatxonalar,
hukmdorlar saroylari, maktablar, shuningdek xususiy shaxslar qo’lida
sopol taxtachalardan iborat kitoblar to’plangan. M.a. II ming yillikdan
boshlab Ur, Nippur shaharlarida adabiy va ilmiy matnlardan iborat ilk
kutubxonalar paydo bo’ladi. Qadimgi Sharqning eng mashhur
kutubxonasi Oshshurbanipalning (m.a. 669-635 yillar hukmronlik
qilgan) Nineviya shahrida to’plangan 30.000 taxtachadan iborat
kutubxonasi bo’lgan.
Qadimgi Shumer va keyingi Bobil maktablarida asosan davlat va
ibodatxonalar uchun kotiblar tayyorlangan. Maktablar ta’lim va
madaniyat o’chog’i bo’lgan. Maktabda asosan shumer tili va adabiyoti
o’qitilgan. Yuqori sinf o’quvchilari kelajakda tor mutaxassislashuvga
qarab grammatika astronomiya va matematikadan bilim olganlar.
O’zini fanga bag’ishlamoqchi bo’lgan o’quvchi bo’lsa huquq,
astronomiya, tibbiyot va matematikani o’rgangan.
Qadimgi Mesopotamiya arxivlar makoni bo’lgan. Eng qadimgi
arxivlar m.a. III ming yillikning birinchi choragiga tegishli. Bu davrda
arxiv ma’lumotlari yozilgan taxtachalar namlikdan saqlash uchun
mumlangan savatlarda saqlangan. M.a. XIX asrga oid Ur shahri arxivi,
m.a. XVIII asrga oid arxiv Mari podshosi saroyidan, Uruk shahridan
m.a. VIII-VI asrlarga oid 2500 xo’jalik hujjatlari arxivi topilgan.
Shumer adabiyotiga oid epik asarlar, afsonalar, madhiya, doston,
ertak va maqollar to’plami bizgacha yetib kelgan. Shumer shahrini
qo’shni qabilalar hujumlari natijasida halokati to’g’risida ma’lumot
beradigan asarlar alohida o’rin tutadi. “Ur shahri aholisining falokati
motam yig’isi” (m.a. XX asr oxiri) asarida ayollar, qariyalar va
bolalarning ochlikdan qiynalishi, yong’indan qolgan uylarda halok
bo’lganlarni tafsilotlari batafsil tavsiflagan.
Shumer
adabiyotining
eng
mashhur-namunasi
afsonaviy
qahramon Gilgamesh to’g’risidagi epik afsonalar to’plamidir. Bu asar
akkad tilida qayta ishlangan nusxada to’laroq ko’rinishda
Oshshurbanipal kutubxonasida topilgan. Bobilda falsafiy, diniy
g’oyalar aks etgan asarlar yaratilgan.
32
Shumerliklar va so’ngra akkadlar dunyoqarashida dehqonchilik
uchun muhim ahamiyat kasb etgan tabiat kuchlarini - osmon, нer, suvni
ilohiylashtirish muhim rol o’ynagan. M.a. IV-III ming yilliklar
chegarasida Shumerda batafsil ishlab chiqilgan, keyinchalik Bobilda
o’zlashtirilib, rivojlantirilgan teologik tizim yuzaga keladi. Оsmon
xudosi Anu, yer xudosi Enlil, suv xudosi Enki yoki Ea kabi ilohlar
tabiat kuchlarini aks ettirganlar. Oliy xudo va Olamning yaratuvchisi
Marduk sanalgan. Har bir shahar o’z xudo - homiysiga ega bo’lgan.
Dehqonchilik, hosildorlik va farzand tug’ilishining homiysi bo’lgan
ona ilohaga katta ehtirom bilan munosabatda bo’lingan. Shumer
panteonidagi ayol ilohalar orasida markaziy o’rinni Uruk ilohasi Inanna
egallagan. Mesopotamiya aholisining diniy tuyg’ulari pessimistik
kayfiyat bilan sug’orilgan. Shumer va akkadlar u dunyoga ishonganlar.
Ularning tasavvurida u dunyo soyalar podsholigi, qaysiki, o’liklar
ochlik va chanqoqlikdan qiynaladilar.
Mesopotamiya rasmiy va xalq e’tiqodlarida sehrgarlik amaliyoti
keng
tarqalgan.
Folbin-munajjimlar,
bashoratchilar,
tush
ta’birchilarining roli katta bo’lgan.
Qadimgi Bobil sivilizatsiya tarixidailk bor huquqiy tizimni
yaratdi. XX asrda Suzada fransuz arxeologilari tomonidan topilgan va
bugungi kunda Luvrda saqlanayotgan Xammurapi qonunlari ikki
metrli bazalt ustunga o’yib yozilgan. Ushbu qonunlar insoniyat tarixida
ilk bor xususiy mulk himoyasiga qaratildi. Begona mulkiga ko’z
olaytirish, patriarxal oila negizlariga daxl qilingandagi kabi
qattiqqo’llik bilan jazolangan. Jazoni belgilashda ko’pincha aybdorning
ijtimoiy holati hisobga olingan. Qullar ayniqsa shafqatsizlik bilan
jazolangan. Xammurapi qonunlari qadimgi Sharq tsivilizatsiyalari
qonunchiligi taraqqiyotiga katta ta’sir ko’rsatdi.
Qadimgi Mesopotamiyada dunyoni ilmiy bilishda ma’lum
yutuqlarga erishildi. Bobilda ayniqsa, matematika fanlari amaliy
maqsadlar uchun yuzaga kelib, yuqori darajada rivojlanadi.
Qadimdayoq bobilliklar zikkuratlarning yuqori qavatlaridan turib
osmon jismlarini muntazam kuzatganlar. Ana shu ko’p asrlik
kuzatishlari natijasida matematik astronomiya vujudga keldi. Bobilda
ko’p sonli astronomik jadvallar vujudga kelgan. Shu davrda Bobilda
mashhur astronomlar Naburian va Kiden yashaganlar. Naburian oy
fazalarini aniqlash tizimini ishlab chiqdi. Kiden quyosh yilini 365
kun, 5 soat 41 minut va 41,6 sekund hisobladi. U yil hisobi
33
davomiyligida bor yo’g’i 7 minut, 17 sekundga xato qilgan.
Astronomiya astrologiya bilan bog’langan edi.
Bizgacha juda ko’p Bobil tibbiyot matnlari yetib kelgan. M.a. III
ming yillikdayoq mesopotamiyaliklar Hindistonga boradigan yo’lni,
m.a. I ming yillikda Efiopiya va Ispaniyaga boradigan yo’lni bilganlar.
Bizgacha yetib kelgan xaritalar bobilliklarning o’z geografik
bilimlarini tizimga solishga harakat qilganliklarini ko’rsatadi.
Qadimgi Mesopotamiyaning san’atini shakllanishi va keyingi
taraqqiyotiga shumerlarning badiiy an’analari hal qiluvchi rol
o’ynaydi. Tosh o’ymakorlik m.a. III ming yillik boshlarida shakllandi.
Toshga naqshlar o’yish (gliptika) m.a. I asrigacha yuksak darajada
rivojlandi. M.a. XXIV-XXIII asrlarda Mesopotamiya yagona davlat
bo’lib, birlashgan paytda podsholarning ideallashtirilgan portret-
tasvirlari paydo bo’ladi.
M.a. II ming yillik boshlaridan qurbonlik keltirish, saroy hayoti
manzaralari tasvirlangan freska san’ati rivojlanadi. Mesopotamiya
san’ati m.a. VIII-VII asrlarda Ossuriya davlatining gullab-yashnagan
davrida o’zining yuqori cho’qqisiga chiqadi. Bu asosan relyef
san’atida o’z aksini topgan. Bu davrda ulug’vor saroy va ibodatxonalar
barpo qilina boshlandi.
M.a.
I
ming
yillikda
Mesopotamiyada
yirik
savdo-
hunarmandchilik madaniyat markazlari bo’lgan katta shaharlar paydo
bo’ladi. Mesopotamiyaning ilmiy bilimlari, san’ati, me’morchiligi,
dini, yozuvi va adabiyoti, qadimda ko’pgina Sharq xalqlari madaniyati
ravnaqining o’lchov mezoni bo’lib xizmat qildi.
Dostları ilə paylaş: |