маъруза соат



Yüklə 5,09 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/49
tarix07.01.2024
ölçüsü5,09 Kb.
#203661
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   49
2 5337135359413194831

2-savolning bayoni: 
 
Qadimgi Misr tarixi mil. av. IV ming yillikning II yarmidan 
- davlat va sinfiy jamiyatning paydo bo’lishidan mil. av. VI asrda 
Misrning Ahmoniylar davlatiga qo’shib olingan davrigacha bo’lgan 
davrni o’z ichiga oladi. Qadimgi Misr tarixi quyidagi davrlarga
bo’linadi:
1. Sulolalargacha bo’lgan davr (m.a. IV ming yillik).
2. Ilk podsholik (m.a. XXX - XXVIII asrlar, I-II sulolalar).
3. Qadimgi podsholik davri (m.a. XXVIII-XXIII asrlar, III-IV
sulolalar). 
4. O’rta podsholik davri (m.a. XXII-XVIII asrlar, XII sulola). 
5. Yangi podsholik davri (m.a. XVI-XI asrlar, XVIII-XX sulolalar) 
6. So’nggi podsholik (m.a. XI-V asrlar XXII -XXV sulolalar) 
Tarixiy taraqqiyotning barcha bosqichlarida Misr sivilizatsiyasi 
o’ziga xos xususiyatlarga ega bo’lgan. Ilk podsholik davrida 
mamlakatni birlashtirish tugallangan va taxminan m.a. 3000 yilda Nil 
vodiysida ko’proq ibtidoiy qabila ittifoqini eslatuvchi yagona davlat 
vujudga kelgan. Bu voqea birinchi sulola asoschisi bo’lgan Menes 
(Mina) nomi bilan bog’liq. U Yuqori va Quyi Misr tutashgan strategik 
muhim nuqtada yangi poytaxt- mustahkamlangan shahar Memfis 
shahriga asos soldi. Ilk podsholik davrida Misr I va II sulolalar 
tomonidan boshqarilgan.


37 
Ilk podsholik davrida sun’iy sug’orishning xo’jalik madaniyati 
asosida Misr sivilizatsiyasining iqtisodiy va siyosiy tizimlari shakllana 
boshlagan. Bu davr asosiy funktsiyasi Nil vodiysida sug’orish ishini 
tashkil etish bo’lgan umummisr davlat aparatining shakllanish davri 
edi. Yuqori mahsuldor bo’lgan qishloq xo’jaligi moddiy madaniyatning 
taraqqiy etishiga asos bo’ldi. Hunarmandchilik rivoj topdi. Ilk 
podsholik davridayoq misrliklar papirus tayyorlashni bilishgan. Bu 
insoniyat tarixidagi maxsus yozuv uchun tayyorlangan ilk qog’oz edi. 
Papirusning paydo bo’lishi sivilizatsiya rivojining asosiy omillaridan 
biri bo’lgan yozuvning keng tarqalishiga turtki bo’ldi. Bu davrdayoq 
Nil suvining sathidan tortib, ishlab chiqarilgan moddiy boyliklarning 
taqsimlanishigacha hisob–kitob va nazorat qilish yaxshi yo’lga 
qo’yilgan. Ilk podsholik davrida ish yuritish, ayniqsa hisob ishi 
rivojlangan.
Qadimgi podsholik davri 500 yildan ortiq davom etdi ( m.a.2800-
2300 yy). Bu davrda Misr qo’shnilari bilan muvaffaqiyatli urushlar olib 
borayotgan 
yirik 
markazlashgan 
davlatga 
aylandi, 
Misr 
sivilizatsiyasining ideallari va asosiy qadriyatlari shakllandi.
Mamlakatning mustahkam yaxlitligi uning iqtisodiy gullab-
yashnashiga asos bo’ldi. Qadimgi podsholik davri iqtisodida oliy 
amaldorlar xo’jaligi katta rol o’ynagan. Podsho va ibodatxona 
xo’jaliklari ham amaldorlar xo’jaligiga o’xshash bo’lgan. Ularni 
birlashtirgan xususiyat ko’psonli xizmatchilar ustidan o’rnatilgan 
kuchli nazorat, mehnat va uning natijasini qattiq hisob-kitob qilish 
bo’lgan.
Shakllangan Misr davlatining tepasida yunonlar fir’avn (misrcha 
per-o – “ulug’ uy”, “katta xonadon” so’zidan kelib chiqqan) deb atagan 
hukmdor turgan. Fir’avn odam qiyofasidagi xudo deb tasavvur 
qilingan. U cheklanmagan iqtisodiy, siyosiy va oliy kohinlik 
hokimiyatiga ega bo’lgan. Qadimgi podsholik davridagi Misr 
sivilizatsiyasi Qadimgi Sharq despotiyasining noyob namunasidir. 
Despotiyaning moddiy timsoli fir’avnlarning muhtasham dahmalari – 
piramidalar bo’lgan. 
Davlat boshqaruvi tizimi yakka hukmronlikka, cheklanmagan 
hokimiyatga ega podshoning ilohiyligini targ’ib etuvchi diniy 
mafkuraga asoslangan. Fir’avnning eng yaqin yordamchisi oliy 
amaldor-chati (bosh vazir) bo’lgan. U bir vaqtning o’zida bosh sudya, 
fir’avn nomidan mamlakat xo’jaligining umumiy nazoratini amalga 


38 
oshiruvchi, bir qator davlat amallarining egasi bo’lgan. Bu yuksak 
amalni odatda podshoning o’g’li egallagan. 
Davlat boshqaruvi uch bo’g’indan iborat bo’lgan: markaziy, 
viloyat (nom), mahalliy (qishloq-jamoa). Nomlar boshqaruvi markaziy 
boshqaruvning kichikroq ko’rinishidagi nusxasi bo’lgan. Ko’p hollarda 
nomarxlar separatizmi mavjud bo’lgan.
M.a. III ming yillik o’rtalaridan zodagonlar hokimiyati 
mustahkamlanib borgan. Markaziy hokimiyatning zaiflashuvi va 
mahalliy zodagonlarning kuchayishi m.a. 2200 yilda Misrning mustaqil 
nomlarga bo’linib ketishiga olib kelgan.
Tarqoqlik va nomlar o’rtasdagi kurash Misr sivilizatsiyasi 
farovonligi va taraqqiyotining asosi bo’lgan sug’orish tizimi holatiga 
salbiy ta’sir ko’rsatdi. Birlashish jarayoniga ikkita markaz boshchilik 
qildi: shimoldagi Gerakleopol va janubdagi Fiva. Kurashda yakuniy 
g’alabani Fiva podshosi Mentuxotep I qo’lga kiritdi va mamlakat 
yaxlitligini tikladi. Ushbu hodisadan O’rta podsholik davri boshlandi 
(m.a. 2050-1700 yy). Bu Misr sivilizatsiyasi tarixidagi murakkab, shu 
bilan birga ahamiyatli davr edi.
Taxminan m.a. 2000 yilda Amenemxet I ning fir’avn bo’lishi 
bilan O’rta podsholikning gullab-yashnash davri boshlandi. 
Mamlakatni birlashtirishga va markaziy hokimiyatni kuchaytirishga 
intilgan fir’avnlar nomarxlarni o’z ta’sir doiralariga olishga urindilar.
Amenemxet va Senusert nomlari bilan 8 ta fir’avn hukmronlik 
qilgan bu davrda misrliklar o’z qo’shnilari bilan muvaffaqiyatli 
urushlar olib bordilar, bronza quyish va shisha tayyorlashni 
o’zlashtirdilar. Bu davrda hunarmandchilik, jumladan to’qimachilik 
rivoj topdi. Yagona Misrning tashkil topishi tashqi savdoning yanada 
taraqqiy etishiga olib keldi.
Misr moddiy boyligining asosiy yaratuvchisi bo’lgan mehnatkash 
xalq “podsho odamlari” deb nomlangan. Ularning asosiy majburiyati
qaysi yer- mulkka biriktirilganidan qat’iy nazar o’z kasblari doirasidagi 
ishni bajarish edi. Kasb va hunar bo’yicha taqsimlanish misrliklarning 
ixtiyorida emas edi.
O’rta podsholik davrida mayda mulkdorlar qatlami – nejeslar 
shakllana boshladi. Boyib ketgan nejeslar kohinlar va amaldorlar safiga 
kira boshladilar. Fir’avnlar eski aslzodalarni mavqeini pasaytirishga 
urunib, davlat mansablariga o’rta qatlam vakillarini tayinlay 
boshladilar.


39 
Misr sivilizatsiyasi Fayyum vohasidagi ulkan sug’orish ishlarini 
yakunlagan va yunonlar Labirint deb nom bergan ulkan tosh imoratni 
barpo etgan Amenemxet II davrida gullab – yashnadi. 
M.a. 1700 yil atroflarida sharqdan Misrga Janubiy Suriya va 
Shimoliy Arabiston qabilalarining ittifoqidan iborat giksoslar bostirib 
keldi. Shimoliy Misrda o’rnashib olgan bosqinchi giksoslar misrliklarni 
yilqichilik, jang aravasi, janglarda otliq qo’shindan foydalanish bilan 
tanishtirdilar. 
Giksoslarga qarshi kurashni tashkil etgan Fiva nomining 
hukmdori Yaxmos nafaqat bosqinchilarni quvib chiqdi, balki 
mamlakatni birlashtirdi. Shu tariqa m.a. 1600 yil atroflarida Misr 
sivilizatsiyasi Yangi podsholik davriga qadam qo’ydi.
Yangi podsholik davrida (m.a. 1580-1085 yy) Misr iqtisodiy 
ko’tarilishni boshidan kechirdi va Sharqiy O’rtayer dengizida hukmron 
mavqeni qo’lga kiritdi. Temir paydo bo’ldi, ammo u hali noyob metall 
sifatida qabul qilinardi. Yangi podsholik davrida metallurgiya taraqqiy 
etdi, yangi texnika va texnologiyalar joriy etildi. Masalan, teri bosqon, 
takomillashgan omoch, shaduf va h.k.
Yangi podsholikning iqtisodiy yuksalishi fir’avnlarning 
bosqinchilik siyosati bilan bog’liq edi. Janglarda toblangan qo’shin 
Misr podsholarining tayanchiga aylandi. Jangchilar davlat ta’minotida 
edi.
Fir’avn Tutmos I Misrni o’sha davrdagi kuchli davlatga 
aylantirdi. Tutmos II dan so’ng taxtni uning bevasi Xatshepsut egallab 
oldi. Taxminan m.a. 1500 yilda Tutmos III taxtga o’tirib, Tutmos I 
boshlagan yurishlarni g’olibona davom ettirdi.
Qaram yerlar va Misr aholisini talanishi natijasida hukmron 
tabaqa, ayniqsa ko’p sonli yaxshi uyushgan kohinlar tabaqasi boyib 
ketgan. XVIII sulola davrida Fivadagi Amon ibdoatxonasi nihoyatda 
katta obro’ – e’tiborga ega bo’lgan. Mamlakatda Amon ibodatxonasi 
kohinlarining mavqei kuchayib, ular Misr iqtisodiy va ijtimoiy-
siyosiy hayotiga kuchli ta’sir ko’rsata boshlaganlar. Bu holat davlat
hokimiyatiga katta muammolarni tug’dirgan. Natijada Amenxotep IV 
diniy islohot o’tkazgan. Amenxotep IV (m.a 1372-1354 yy) davrida 
“quyosh shu’lasi” xudosi Aton birinchi o’ringa qo’yila boshlangan. Bu
fir’avnning o’z nomini Exnaton deb o’zgartirishida ham o’z ifodasini 
topgan. Shu bilan birga Exnaton Fiva kohinlari bilan uzil-kesil suratda 
aloqani uzib, Fivadan go’zal saroy va ibodatxonalar bilan bezalgan 
yangi poytaxt Axetaton (Aton shahri) ga butun saroy amaldorlari va


40 
yangi quyosh xudosining kohinlari bilan birga ko’chib kelgan va Aton 
Misrning yagona va oliy xudosi deb e’lon qilinadi. Exnaton Fiva 
kohinlari va nomlardagi quldor zodagonlarni qudratini vaqtincha
bo’shashtirishga muvaffaq bo’lgan. Exnatondan keyin taxtga o’tirgan 
fir’avnlar uning diniy siyosatini davom ettira olmaganlar. Ulardan biri 
Tutanxaton Fiva kohinlariga yon berib, Amon e’tiqodini qaytadan 
tiklashga va hatto o’z ismini ham shunga yarasha o’zgartirib 
«Tutanxamon» deb atashga majbur bo’lgan.
Ramzese I va Ramzese II davrida davom etgan xettlar bilan 
urushlar m.a 1292 yilda tinchilik sulhi tuzish bilan yakunlandi. Ammo 
Ramzese II vorislari davrida Misr endi liviyalik qabilalar va dengiz 
xalqlari hujumidan himoyalanishga majbur bo’ldi.
So’nggi davrda (m.a. XI-V asrlar) Misr sivilizatsiyasi og’ir 
damlarni boshidan kechirdi. Misr tarixining So’nggi davridagi 
beqarorlik temirning sekinlik bilan joriy etilishi, sudxo’rlikning avj 
olishi, jamiyatning erkinlar va qullarga yanada qat’iy bo’linishi, 
mamlakatning tarqoqligi, Liviyalik yollanma qo’shin harbiy 
tabaqasining shakllanishi, kohinlik lavozimlari uchun keskin kurash, 
janubdan efiopiyaliklar, sharqdan ossuriyaliklarning bosqini bilan 
ifodalanadi. Shunga qaramasdan Misr sivilizatsiyasi o’z yutuqlari va 
erishgan natijalarini saqlab qoldi.
Misrning ozod etilishi va qayta birlashishi Sais sulolasi asoschisi, 
yunon va krit yollanma qo’shiniga tayangan Psammetix I davrida yuz 
berdi. Misrliklarning Suriya va Falastindagi hukmronligi qisqa 
muddatga tiklandi, Kipr, Samos, Kirena bilan iqtisodiy aloqalar 
o’rnatildi. Ammo m.a. 525 yilda Misr forslar, m.a. 332 yilda 
Makedoniyalik Iskandar tomonidan bosib olindi. Fir’avnlar davridagi 
Misr sivilizatsiyasi davri tugadi. Yana markazlashgan yagona davlatga 
aylangan Misr uchun uch asrlik Ptolomeylar davri, ellinizm davri, 
siyosiy va iqtisodiy qudrat davri boshlandi. Ushbu sulolani 
Makedonskiyning sarkardasi Ptolomey I boshlab berdi va Kleopatra 
yakunladi. Ptolomeylar Misri uning davrida Rim tomonidan bosib 
olindi va Rim provintsiyalaridan biriga aylantirildi.

Yüklə 5,09 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   49




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin