Nazorat savollari:
1. Dastlabki odamlar Nil vodiysiga qaysi davrda kelib o’rnashishgan?
2. Nil vodiysining eng qadimgi aholisi (Badariy madaniyati) qaysi
xo’jalik turi muhim rol o’ynagan?
3. Fir’avn Amenxotep IV (Exnaton) islohotining mohiyati nimadan
iborat edi?
4. Misr sivilizatsiyasining fir’avnlar davri qachon o’z nihoyasiga yetdi?
44
5. Misr sivilizatsiyasining diniy e’tiqodlari uchun xos bo’lgan
xususiyatni aniqlang
Adabiyotlar:
1.
Ерасов Б.С. Культура, религия и цивилизация на Востоке. – М.,
1990.
2.
Замаровский В. Их величества пирамиды. - М., 1986
3.
Веллар К. Архитектура страны фараонов. - М., 1990.
4.
История письма: эволюция письменности от Древнего Египта
до наших дней./ Перевод с немецкого. – М.: Эксмо, 2002. -398 с.
5.
Абдуллаев Н. Санъат тарихи. Том-1, - Т.: Ўқитувчи, 1986.
6.
«МААТ» Ассоциация по изучению Древнего Египта. - М., 2001-
2013. - URL: http://www.maat.org.ru
5-mavzu. Qadimgi Kichik Osiyo va Sharqiy O’rta yer dengiz bo’yi
sivilizatsiyalari
Asosiy savollar:
1. Kichik Osiyo va Sharqiy O’rta yer dengiz bo’yining qadimgi
madaniyat markazlari
2. Xett sivilizatsiyasi
3. Sharqiy O’rta yer dengiz bo’yi sivilizatsiyalari.
1-savolning bayoni:
Qadimgi yunonlar Kichik Osiyoni Anatoliya deb atashgan. XX
asrning 20-yillaridan Turkiyaning Osiyo qismi ushbu nom bilan ataladi.
Anatoliya dastlab qadimgi sivilizatsiyalar tadqiqotchilarini jalb
etmagan. Ammo Chatal-Guyuk manzilgohining ochilishi bu hudud
qadimgi
sivilizatsiya
markazlaridan biri ekanligini ko’rsatdi.
Anatoliyada turli davrlarda Xett, Mitanni, Ossuriya, Frigiya, Lidiya,
Urartu kabi davlatlar gullab-yashnadi.
Mitanni davlatiga m.a. XVI asrda xurrit qabilasi mitannilar asos
soladi. Mitanni poytaxti yuqori Xaburdagi Vassokanda joylashgan edi.
M.a. XVI asr Mitanni Zagros va Nineviyadan Shimoliy Suriyagacha
bo’lgan hududni egallab, ulkan davlatga aylandi. Shu vaqtdan boshlab
bir yuz ellik yil davomida Old Osiyoda Mitannidan kuchli bo’lgan
qudratli davlat yo’q edi. Mitanni bu davrda Misr bilan Mesopotamiya
va Sharqiy O’rta yer dengizi havzasi uchun uzoq kurash olib bordi.
XV asrda xalqaro vaziyat o’zgarib Misr bilan Mitanni o’rtasida
ittifoqchilik munosabatlari o’rnatildi va sulolaviy nikohlar tuzildi. M.a.
XIV asr boshlaridagi Mitannidagi sulolaviy nizo, saroy fitnalari
45
davlatni zaiflashtirdi. Xettalar va Ossuriya tomonidan katta hududlari
istilo qilingan Mitanni shimoliy Mesopotamiyadagi kichik bir
davlatchaga aylanib qoldi. Qachonlardir qudratli davlat qoldig’i
sifatida Mitanni Ossuriya tomonidan tugatildi.
M.a. XIII asr o’rtalarida Bolqon yarim orollaridagi o’zini frigiyali
deb atagan qabilalar Kichik Osiyoga kirib keldilar. Yuz yildan keyin
boshqa Bolqon qabilasi Qora dengiz bo’yi briglari Kichik Osiyoga
kelib bu yerdagi birinchi to’lqin frigiyaliklarni qisman assimilyatsiya
qilib, qisman siqib chiqardi. Yangi birlik frigiyaliklar Ilion (Troya)
shahrini to’la buzib tashladilar. M.a. VIII asr o’rtalarida Frigiya davlati
amalda butun Kichik Osiyoni Egey dengizidan Tavr va Urartugacha
bosib olib o’zini gullab yashnagan pallasiga kirdi. M.a. 675 yilda
kimmeriy va Urartu ittifoqchi qo’shinlarini zarbasi ostida Frigiya
davlati quladi. Frigiyada o’ziga xos madaniyat shakllangan edi.
Frigiya mabudalari Attisa va Buyuk ona Kibela antik madaniyatga
kuchli tasirini o’tkazdilar.
Poytaxti Sard bo’lgan Lidiya podsholigi taxminlarga ko’ra
eramizdan avvalgi XII asrda Anatoliyaga egey-bolqon bosqinlaridan
keyin xett kolonistlari, mahalliy liviya qabilasi bo’lgan meonlar
tomonidan tashkil etilgan. Eramizdan avvalgi VIII asrda Lidiya
Frigiyaga bo’ysunadi. 675-yildan Lidiya mustaqil bo’ldi. Biroz vaqt
o’tmay Lidiyaga kimmeriylar bostirib kirdi. Lidiya podshosi
Ossuriyaga yordam so’rab murojaat qildi va uning hokimiyatini
rasman tan oldi. M.a. 654-yil Lidiya zaiflashgan Ossuriya tarkibidan
chiqib Misr bilan ittifoq tuzdi. Eramizdan avvalgi 644 yilda
kimmeriylar Sardni bosib oldilar. Skif-Ossuriya urushi Lidiyaning
mustaqil bo’lishiga imkon yaratdi. Lidiya Likiyadan tashqari Galis
daryosidan g’arbdagi butun Kichik Osiyoni bo’ysundirdi. Lidiya
dunyoda birinchi bo’lib oltin va kumushning tabiiy qo’shilmasi-
elektradan (m.a. VII asr) tanga zarb qildi va oltin tanga VI asrda zarb
qilindi. M.a. VI asrda Lidiya Fors davlati tarkibiga kirdi.
Tavr tog’laridan va Frot daryosining o’rta oqimining Misrgacha
bo’lgan Sharqiy o’rtayer dengizi qirg’ogi hududi va Suriyani qadimda
yunonlar Finikiya va Falastin deb nomladilar. Qadimda bu hududning
katta qismini Xanaan deb atalgan dengiz qirg’ogi tashkil etardi.
M.a. IV ming yillik oxirida Sharqiy o’rtayer dengizi qirg’ogi
jamoalarida hunarmandchilik va dehqonchilik rivojlanadi va m.a. III
ming yillikda shahar tipidagi manzilgohlar paydo bo’ldi. Ana shunday
shaharlardan Finikiyada yuzaga kelgan Bibl, Ugarit, Sidon va Tirlarni
46
sanab o’tish mumkin. Mamlakat ichkarisida shimoliy Suriyada Alalax
shahri (m.a. IV ming yilliklar oxiri- III ming yilliklar 2-yarmida), M.a.
III ming Ebla shahri shakllandi. M.a. III ming yillikda Falastinda
Megiddo, Quddus va Laxesh shaharlari shakllanadi. M.a. III ming
yillikda Sharqiy o’rtayer dengizi qirg’og’i aholisi o’z tarkibiga ko’ra
xilma-xil edi.
M.a. XVIII asrda shimoliy Suriyaga bostirib kirgan amoriy
qabilalaridan biri tashkil etgan, bir necha shahar va davlatlarni
birlashtirgan siyosiy birlashma Yamxad nomini oldi. Dastlab bu
birlashma qabilalar ittifoqi shaklida bo’lgan. U shimolda
Karxemishdan janubda Oront daryosigacha bo’lgan bepoyon hududga
hukmronlik qilgan. (tax. m.a. XVII asrning II yarmida) Xalpa
(hozirgi Aleppo) shahri poytaxt vazifasini o’tadi. M.a. XVII asrda
Yamxad zaiflashib tushkunlikka yuz tutadi. M.a. 1600-yillar atrofida
Yamxad davlatini xettlar bosib oladilar.
M.a. XIII-XVII asrda Yamxaddan janubroqda bir qancha
shaharlarni birlashtirgan qudratli giksoslar ittifoqi vujudga keladi.
Zarbdor qism jang aravalari bo’lgan qo’shinga ega bo’lgan giksoslar
o’z hokimiyatlarini Misrda o’rnatdilar, Falastin va Suriyada ham
egalik qildilar. Giksoslar ittifoqiga Kadesh va Megiddo shaharlari ham
kiradi. Giksoslar davlati qurama bo’lib, unga semit qabilalari yetakchi
o’rin egallab, bu davlat birlashmasiga xurrit va xett qabilalari
qo’shildilar.
Giksoslar Misrdan haydalgach, Falastin va Suriyaga chekinib bu
yerda qariyib yuz yil hukmronlik qildilar. Shimoliy Suriyada xettlar
hokimiyatni qo’lga oldilar, lekin tez orada Mitanni davlati bu hududni
egallab oladi. M.a. XVI asr oxiriga kelib, Sharqiy O’rtayer dengizi
Misr va Mitanni tomonidan bo’linib olinadi. M.a. XV-XIV asrlarda
Sharqiy O’rtayer dengizi siyosiy tarqoqlik, o’zaro urushlar girdobida
qoldi.
M.a. XIII-XII asr boshlarida Suriya va Falastin O’rtayer dengizi
qirg’og’i egey-anatoliya xalqlari («dengiz xalqlari») bosqiniga
uchraydi. Shundan so’ng ular Misrga hujum qiladilar, lekin misrliklar
hujumni qaytaradilar. Misrdan uloqtirib tashlangan kelgindilar Falastin
qirg’og’iga o’rnashib, Filistim (“Peleset”) nomi bilan davlat tuzdilar.
Tez orada ular bu yerdagi mahalliy aholining tili va madaniyatini
o’zlashtirdilar, ularning nomidan “Falastin” nomi kelib chiqdi.
M.a. II ming yillik oxiri I ming yillik boshlarida Sharqiy
o’rtayer dengizi qirg’og’i shaharlari qayta tiklandilar. Sharqiy o’rtayer
47
dengizi qirg’og’ida finikiyaliklar xalqaro savdoda yetakchi o’rinni
egalladilar. Finikiya shaharlarida kemasozlik, dengizchilik yuqori
darajada rivojlanadi. Finikiyaliklar O’rtayer dengizi havzasida
o’zlarining o’nlab koloniyalarini barpo qiladilar. Tir va Sidon
shaharlari bu yo’nalishda faol harakat qiladilar va o’zaro birlashib
yagona davlat tuzadilar.
Finikiyaning koloniyalari ichida Tir shahri asos solgan Shimoliy
Afrikadagi Karfagen yoki Karxemish (m.a. 825 yoki 814 yilda barpo
qilingan) iqtisodiy jihatdan yuqori darajada taraqqiy qilgan va siyosiy
qudratga erishgan. Karfagen shahri G’arbiy o’rtayer dengizidagi
Finikiyaning boshqa koloniyalarining markaziga aylanadi va o’z
koloniyalarini barpo qila boshlaydi. M.a. III-II asr o’rtalarida Puni
urushlari natijasida Karfagen batamom tor-mor qilinib, uning hududi
Rim respublikasining Afrika profintsiyasiga aylantiriladi ( m.a. 146-
yil).
M.a. II ming yillik oxirlarida kontinental Suriyada savdo yo’llari
kesishgan nuqtada Arabistondan kelgan somiy qabilalaridan biri
oromiylarning Suriyadagi bosh markazi Damashq shahri kuchayib
ketadi. Damashq podsholigining iqtisodiyoti rivojlangan chorvachilik,
butun Yaqin Sharqqa mashhur bo’lgan qurolsozlik va oliy navli jun
bilan vositachilik savdosiga asoslangan. M.a. IX asr oxirida beto’xtov
urushlar sababli zaiflashib qolgan Damashq Ossuriya tomonidan bosib
olindi.
M.a. XII asrda Falastin hududida kelgindi ko’chmanchi isroil
qabilalari va mahalliy xananlar birlashib 12 qabila ittifoqini
shakllantiradilar. M.a. XI asr boshlarida Falastinda temir qurollar ishlab
chiqarishda yetakchi bo’lgan filistimlar hukmronligi o’rnatiladi. Isroil
qabilalari filistimlarga qarshilik ko’rsata olmaydi. Falastinda isroil
qabilalari Misrdan kelib o’rnashadilar. M.a. XIII asrda o’n ikki
yahudiy qabilalari Falastinga bostirib kirib, mahalliy Xanaan shahar-
davlatlarini bo’ysundirganlar. Yahudiy so’zi etimologik jihatdan
«daryo ortidagi aholi» degan ma’noni bildiradi.
M.a. XI asrning oxirida yahudiy jamiyatida ibtidoiy jamoa
tuzumidan sinfiy jamiyatga o’tish yuz bergan. Saylab quyiladigan
yo’lboshchilar o’rniga merosiy podsho hokimiyati shakllanadi. Dovud
(1010-970 yillar) podsholigi davrida markazlashgan davlat tuziladi.
Bosib olingan Quddus yangi davlatning poytaxti bo’lgan.
Dovudning o’g’li Sulaymonning shafqatsiz siyosatidan norozi
bo’lgan 10 shimoliy yahudiya qabilalari ajralib chiqib, Isroil
48
podsholigini tashkil qiladilar. Uning poytaxti yangi qurilgan Samariya
shahri bo’lgan. Dovud sulolasi hukmdor bo’lgan Quddus podsholigi
uning bosh qabilasi nomi bilan Yahudiya deb atalgan. Ikkala podsholik
ham bir-biri bilan dushmanchilik munosabatida bo’lib vaqti-vaqti bilan
konfederatsiya
tashkil
qiladilar.
Yahudiyani
parchalanganidan
foydalangan Misr Falastinga yurish qilib Yahudiya va Isroilni bosib
oladi.
M.a. VIII asr o’rtalarida Ossuriya Damashq va Isroil davlatlarini
tor-mor qiladi. Tir-Sidon podsholigining katta qismi Ossuriya
tomonidan bosib olinib, tobe hududga aylantiriladi. Ossuriyaning
g’arbiy qismiga skiflarning hujumi Sharqiy o’rtayer dengizi qirg’og’ida
Ossuriya hukmronligiga chek qo’yadi. Ossuriyaning halokatidan keyin
Sharqiy o’rtayer dengizi Misr va Bobil o’rtasidagi raqobat maydoniga
aylanadi. Misr va Bobil o’rtasidagi raqobat oxir-oqibatda m.a. 587-
yilda Yahudiyani halokati, yahudiylarning Mesopotamiyaga asir qilinib
olib ketilishi, butun Sharqiy O’rtayer dengizini Bobilga tobe bo’lishi
bilan yakunlanadi. M.a. 539-yilda ahamoniylar tomonidan Bobilni
bosib olinishi bilan bu hududda forslar hukmronligi o’rnatiladi.
Dostları ilə paylaş: |