56
ibodatxonasi va diniy markazi bo’lgan deb hisoblanadi. 1928-29
yillarda ingliz arxeologi G.Katon-Tompson tomonidan o’rganilgan
ushbu yodgorlik taxminan 1130 yillarda barpo etilgan. Ushbu
hududning o’zlashtirilishi esa III asrdan boshlangan. Qadimda ushbu
shahar Monomotapa yoki Buyuk (Katta) Zimbabve, Muene, Mutapa,
munxumutapa nomlari bilan mashhur davlatning markazi bo’lgan. U
hozirgi Zimbabve (ushbu nom aynan shu shahar nomidan olingan
bo’lib, “tosh uylar”, “ibodat uylari” ma’nosini anglatadi) va Mozambik
hududlarini o’z ichiga olgan.
O’rta asr Afrika sivilizatsiyalariga yorqin misol sifatida Suaxili
sivilizatsiyasini ko’rsatish mumkin. I-VIII asrlar davomida shakllangan
ushbu sivilizatsiyaning gullab-yashnashi XII-XIII asrlarga to’g’ri
keladi.
Milodimiz boshlariga kelib Sharqiy Afrika allaqachon Qizil dengiz
va Fors qo’ltig’i, Janubiy va Janubi-sharqiy Osiyo bilan savdo va
madaniy aloqalar bilan bog’langan edi. Suaxiliya sivilizatsiyasining ilk
asoslari okean dengizchiligi va okean xo’jaligiga asoslangan. Bu
hududda savdo va dengiz xo’jaligi bilan bog’liq holda paydo bo’lgan
yirik manzilgohlar keyinchalik suaxiliya sivilizatsiyasi uchun xos
bo’lgan Kilva, Mombasa kabi mashhur shahar-davlatlarga aylangan.
Sharqiy
Afrikadagi
turli
arxeologik
tadqiqotlar
Suaxili
sivilizatsiyasining gullab-yashnagan davri haqida ham, ya’ni hudud
tarixining musulmon davriga oid ma’lumotlar beradi.
Shunady qilib VIII asrga kelib Tropik Afrika hududida ilk
sivilizatsiyalarning bir qancha o’choqlari yuzaga kelgan va afrika
madaniyatlarining keyingi taraqqiyoti uchun zamin bo’lib xizmat
qilgan.
Dostları ilə paylaş: