PARMONOV SHOHRUH 7-T-S-20-GURUH TALABASI FAN: O’ZBEKISTON DAVLATCHILIK TARIXIDAN SILAYD. MAVZU; ANUSHTEGIN XORAZIMSHOHLAR DAVLAT BOSHQARUVI 7-T-S-20-GURUH TALABASI REJA: 1.Anushtegin Gʻarchayni Sulton Malikshoh I 2.Xorazmshohlar ulugʻvorligi 3.Xorazmshohlarning qudrati Il-Arslonning oʻgʻli davrida
Xorazmshohlarning qudrati Il-Arslonning oʻgʻli davrida yanada kuchaydi va vorisi Alaiddin Tekish (hukm. 1172-1200) Xurosonga Gʻuriylar ekspansiyasini sekinlashtirib, Saljuqiylar imperiyasini yoʻq qilishga muvaffaq boʻldi. Qolaversa, u oʻzining qoraxitoy suzerinlariga qarshi mustaqillik eʼlon qildi va ularning hujumlarini qaytardi. Uning oʻlimi paytida uning saltanati gʻarbda Fors Iroqigacha choʻzilgan. Uning oʻgʻli va vorisi Muhammad II (hukm. 1200-1220) hukmronligining koʻp qismini sharqdagi raqiblari (gʻuriylar, qoraxitoylar, shimoliy dashtlarning qipchoqlari va qoraxoniylar) bilan ishgʻol qildi. U dastlab qoraxitoylar bilan doʻstona munosabatda boʻlib, unga Gʻuriylar hukmdori Muizziddin Muhammad Gʻuriy (hukm.1173-1206) tomonidan 1204-yilda Xurosonga bostirib kirishiga qarshi turishda yordam bergan, keyinchalik 1206-yilda vafot etgan. Uning oʻlimi uning imperiyasining parchalanishiga olib keldi va Xorazmiylar uning koʻp qismini bosib oldi[1].
Anushteginiylar davrida davlat boshqaruvi ikki tizimdan: Hojiblik xizmati xorazmshohlar davrida ham o’z ahamiyatini saqlab qoldi. Ulug’ hojib hukmdorning eng yaqin kishilaridan biri hisoblangan. Hojiblarga g’oyatda muhim vazifalar, masalan, maxsus muzokaralar olib borish va, hatto, vazirlar faoliyatini taftish etish kabilar topshirilgan. Shuningdek hojib lavozimidagi amaldorga butun bir viloyat noibligi topshirilgani ham ma’lum. Dargohdagi barcha xo’jalik xizmatlari faoliyatini boshqarish ustozdorga yuklatilgan. Sulton chaqirganda birinchi hozir bo’ladigan shaxs ham ustozdor hisoblangan. Oliy farmon olgan ustozdor shunga ko’ra tegishli xizmatlarga buyruq bergan va uning gapini ikki qilish bo’lmagan. U dargohning barcha masalalari bilan shug’ullangan va bundan tashqari bosh xazina mablag’laridan ham istifoda etgan holda nonvoyxona, oshxona, otxona, saroy xizmatchilarining xarajatlarini qoplar edi. Shuningdek, u ushbu mablag’dan maosh berish va boshqa xarajatlar uchun ham foydalangan. Nisaviyning yozishicha, bunda ustozdor ulardan tilxat olgan. Tilxatga vazir, mustavfiy, mushrif, nozirning muhrlari bosilgan bo’lishi kerak edi. A’yonlar xarajatiga ketgan mablag’ haqidagi tilxat ariz muhri bilan tasdiqlanishi kerak bo’lgan.
Amiri oxur mansabi ham mas’uliyatli hisoblanib, uncha-muncha kishi bu lavozimga tayinlanmagan. Chunki uning bo’yniga sultonga tegishli otlar parvarishi yuklatilgan. Otlarning soni esa 30 minggacha bo’lgani ma’lum. Podshohona ovlarni o’rniga qo’yish tadbirlarini amiri shikor uyushtirgan. Saroydagi muhim xizmatlardan yana biri bu tashtdordir. Garchi tashtdor yuvinish anjomlarini saqpovchi ma’nosini bersa-da, ammo aslida bu mansabni egallagan kishi sultonning eng yaqin kishilaridan biriga aylangan. Hukmdor unga o’zining eng maxfiy fikrlarini ham izhor qilishi mumkin edi. Yuqorida tilga olganimiz Anushtegin saljuqiy Sulton Malik saroyida xuddi mana shunday tashtdor mavqeiga erishganda, unga mazkur mansabga viloyatda mutanosib keluvchi shihnalik, ya’ni Xorazm shihnaligi lavozimi beriladi. Chunki tashtdor xizmati bilan bog’liq barcha xarajatlar Xorazm viloyatidan tushadigan soliqlar bilan qoplanardi. Yana bir muhim lavozim bu qissadordir.
Amiri oxur mansabi ham mas’uliyatli hisoblanib, uncha-muncha kishi bu lavozimga tayinlanmagan. Chunki uning bo’yniga sultonga tegishli otlar parvarishi yuklatilgan. Otlarning soni esa 30 minggacha bo’lgani ma’lum. Podshohona ovlarni o’rniga qo’yish tadbirlarini amiri shikor uyushtirgan. Saroydagi muhim xizmatlardan yana biri bu tashtdordir. Garchi tashtdor yuvinish anjomlarini saqpovchi ma’nosini bersa-da, ammo aslida bu mansabni egallagan kishi sultonning eng yaqin kishilaridan biriga aylangan. Hukmdor unga o’zining eng maxfiy fikrlarini ham izhor qilishi mumkin edi. Yuqorida tilga olganimiz Anushtegin saljuqiy Sulton Malik saroyida xuddi mana shunday tashtdor mavqeiga erishganda, unga mazkur mansabga viloyatda mutanosib keluvchi shihnalik, ya’ni Xorazm shihnaligi lavozimi beriladi. Chunki tashtdor xizmati bilan bog’liq barcha xarajatlar Xorazm viloyatidan tushadigan soliqlar bilan qoplanardi. Yana bir muhim lavozim bu qissadordir. Xorazm davlati qadimdan sun‘iy sug‘orishga asoslangan dehqonchilik, chorvachilik, xunarmandchilik rivojlangan xududlardan biri bo‘lgan. Qadimgi davrlarda bu xududning rivojlanishining aosisy omillardan biri buyuk ipak yo‘lining bu xududdan o‘tganligi edi. Xorazmshohlar davlati davrida -yirik siyosiy birlashmaning vujudga kelishi bilan davlatning siyosiy mavqei oshdi. Bu esa o‘z navbatida hunarmandchilikning, savdoning rivojlanishiga, shaharlarning yuksalishiga zamin yaratdi. Ulkan mintaqada siyosiy yaxlitlik va barqarorlikka erishilishi natijasid ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarning rivojlanishida ham ijobiy o‘zgarishlar yuz berdi. Arxeologik izlanishlar, yozma manbalar guvohligiga ko‘ra sun‘iy sug‘orishga katta e‘tibor berilib, vohalar imkonidan iloji boricha keng foydalanishga harakat qilingan.
Mo’g’ullar bosqinchiligi arafasida shoh Alovuddin Muhammad vazirlik mansabini bekor qilib, uning o’rniga oltita vakildorlardan iborat kengash tuzgan edi. Bu Xorazmshohlar davrining oxirlarida tuzilgan davlat kengashi bo’lib, muhokama etilgan har bir masala yakdillik bilan qabul qilinishi va qarorda kengash a’zolari hammasining imzosi bo’lishi kerak ed i.
Devonlarning faoliyati saljuqiylar zamonasidagi tizimdan deyarli farqlanmagan. Insho yoki tug’ro devoni rasmiy hujjatlar, yozishmalarni tuzish bilan shug’ullangan. Moliya ishlari bilan istifo devoni, davlat nazorati tadbirlari bilan ishrof devoni, harbiy masalalar, chunonchi, qo’shinni qurol-aslaha bilan ta’minlash, qo’shin qismlari shaxsiy tarkibini nazorat qilish, harbiylarga ajratilgan yer-suv nazorati, harbiy ko’riklar o’tkazish kabilar bilan devoni arz yo jaysh shug’ullangan.
Vakildorlar Davlat kengashi tuzilishiga sabab ko’chmanchi mo’g’ullar hujumi xavfining kuchayganligida edi. Lekin mo’g’ullar xujumi xavfiga qarshi vakillar kengashi birorta jiddiy qaror qabul qilganligi yoki chora-tadbir ishlab chiqqanligi haqida ma’lumotlar yo’q. Mamlakatdagi oliy mansablardan yana biri- bu viloyatlar va nohiyalar vazirlari edi. Bu mansab faqat Xorazmshohlar davlatida bo’lgan. Bunday vazirlar odatda siyosiy jihatdan muhim hisoblangan viloyatlarga, shaharlarga va nohiyalarga tayinlanib, ular shohning maxsus topshiriqlarini bajarganlar. Oxirgi Xorazmshoh Jaloliddin Manguberdi har bir shaharga vazir tayinlangani tarixdan ma’lum. Xorazmshohlar davlati markaziy boshqarish apparatida siyosiy ahamiyati jihatidan uchinchi o’rinda turadigan mansab-buyuk hojib mansabi edi. Odatda bu mansabga turk urug’-qabila zadogonlari vakillaridan tayinlangan. Hojiblar shohning shaxsiy xizmatida bo’lib, saroy tantanalari tartibini nazorat qilishgan, shaxsan shohga aloqador masalalar yuzasidan unga axborot berib turgan, uning maxsus topshiriqlarini bajargan va unga doimiy hamrohlik qilgan. Shoh ixtiyoridagi maxsus topshiriqlarni bajaruvchi hojiblar ustidan nazorat ishlarini amalga oshirish kotib-al-kabir (buyuk xojib)ga yuklatilgan. Masalan, Xorazm shohlaridan Nizom-al-Mupini o’zboshimchaligi, xazina mulkini talon-taroj qilayotganini tekshirish va aniqlash uchun yuborgan.
Anushteginiylar sulolasining vakili, Anushteginnnng oʻgʻli Qutbiddin Muhammad (? -1127) 1097—1127-yillarda Xorazmni boshqardi. Otasivafotidan keyin saljuqiylarning Xurosondagi isyonkor noibi amir Dodbek Habashiy tomonidan Xorazm noibi etib tayinlangan va xorazmshohunvonini olgan (1097). Anushteginiylar-xorazmshohlar sulolasining tarixi aslida utbiddin Muhammaddan boshlanadi. 1100-yil saljuqiylar sultoniBarqiyoruq va ukasi Sanjar Dodbek Habashiy isyonini bostirganlar. Sanjar Xurosonni qoʻlga kiritgach, Qutbiddin Muhammadni Xorazm hokimligi mansabida qoldirib tasdiqlagan. Qutbiddin Muhammad sulton Sanjarga sadoqat bilan xizmat qilgan, har yili ikki marotaba shaxsan sulton saroyiga borib turgan, Sanjar olib borgan janglarda oʻz qoʻshini bilan qatnashib, xiroj, oʻlponlarni oʻz vaqtida toʻlab turgan. Qutbiddin Muhammad oli-mu fuzalolarga homiylik qilgan adolatli hukmdor boʻlgan. Jurjoniyningtabobatiga oid "Zahirayi xorazmsho-hiy" asari Qutbiddin Muhammadga bagʻishlangan.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR.
Tolstov S. P., Xorazm madaniyatini izlab, M., 1948; Gʻulomov Ya., Xorazmning sugʻorish tarixi, T
1959; Abu Rayhon Beruniy, Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar, 1j., T.,
Oydin Tonariy, Jaloliddin Xorazmshoh va uning davri, T., 1999; Buniyodov 3., Anushtagin Xorazmshohlar davlati, T., 1998.