36
edi. Ularning birlashtirilishi oqibatida o’zaro raqobatchi ikki podsholik
– Yuqori va Quyi Misr vujudga keldi.
Ular o’rtasidagi uzoq davom etgan kurash Quyi va Yuqori
Misrning homiylari bo’lgan xudolar Gor va Set o’rtasida borgan kurash
to’g’risidagi diniy afsonada o’z aksini topgan. Misr sivilizatsiyasi tarixi
davomida mavjud bo’lgan ikki mamlakat fir’avni unvoni va davlat
ma’muriyatining ikkiga bo’linishi ham Yuqori va Quyi Misrning
alohida podsholik sifatida uzoq muddat mavjud bo’lganligini
ko’rsatadi. Misrning bu ikki qismining birlashishi bilan ularning ramzi
bo’lgan qizil va oq ranglardan iborat toj Misr sivilizatsiyasining
yakuniga qadar podsholik ramziga aylandi.
Har ikkala podsholik butun mamlakatda hukmronlik uchun kurash
olib borar ekan, o’z navbatida iqtisodiy jihatdan bir-birini to’ldirgan.
Yuqori Misr dehqonchilikning markazi bo’lgan bo’lsa, Quyi Misr –
chorvachilik, uzumchilik va bog’dorchilik markazi edi.
Dostları ilə paylaş: