154
rassomlik san’ati asari. Qadimdan devoriy rasmlarning asosiy texnikasi
bo’lib kelmoqda. Suvoq, odatda, o’chgan ohakka ikki hissa kum
qo’shib tayyorlanadi, suvoq qurigandan keyin uning yorilib ketmasligi
ta’minlanadi. Ohak bilan qo’shilganda aynimaydigan, shuningdek vaqt
o’tishi bilan nur ta’sirida buzilmaydigan bo’yoqlardan foydalaniladi.
Freska uchun suvoq va bo’yoq tayyorlashning turli usullari mavjud.
Freska rassomdan katta mahorat, tezkorlik talab qiladi, tasvir qisqa vaqt
ichida suvoq qurimay turib tayyorlanishi kerak.
Sivilizatsiya (lot. cuvilis) -fuqarolikka, davlatga taalluqli), tamaddun—
1) keng ma’noda — ongli mavjudotlar mavjudligining har qanday
shakli; 2) madaniyat
so’zining sinonimi. Bu termin ko’pincha moddiy
madaniyat ma’nosida ham qo’llaniladi; 3) madaniyatning zamon va
makonda chegaralangan tarixiy tipi (Misr Ts.si, Mesopotamiya Ts.si va
b.); 4) yovvoyilik va vahshiylikdan
keyingi ijtimoiy taraqqiyot
bosqichi. «Ts.» tushunchasi 18-a.da «madaniyat» tushunchasi b-n uzviy
bog’liq ravihda paydo bo’lgan. Frantsuz faylasuf ma’rifatparvarlari akl
va adolatga asoslangan jamiyatni Ts.lashgan jamiyat deb bilganlar.
Ko’pchilik faylasuflar «Ts.» deganda jamiyatning moddiy-texnika
yutuqlarini, «madaniyat» deganda esa fakat uning ma’naviy
qadriyatlarini tushunishgan. Ulardan ayrimlari bu tushunchalarni bir-
biriga qarama-qarshi qo’yganlar. Chunonchi, O. Shpengler fikricha,
«Sivilizatsiya» har qanday madaniyat taraqqiyotining muayyan tugal
bosqichini bildiradi. Sivilizatsiyani bunday davr tanazzuli sifatida
tushunish madaniyatning bir butunligi va tabiiyligiga ziddir.
Dostları ilə paylaş: