Egizaklar usuli. Usulning mohiyati quyidagidan iborat: avval MZ (monozigota) va DZ (dizigot) egizaklar va umumiy popu- latsiyadan nazorat guruhlar tuziladi.
Keyin alohida-alohida MZ va DZ lar bir-birlari bilan solishtiriladi. Bu usul yordamida belgining rivojlanishida irsiyat va muhitning nisbatan roli aniqlanadi. Ammo, belgilaming konkordantligi (o‘xshashligi) va diskordantligini (o‘xshamasligi) tahlil qilishdan avval egizaklaming qanday zigotaligini aniqlab olish zamr. MZlar maydalanishning dastlabki bosqichlarida bitta zigotadan ikkiga bo’linib, mustaqil rivojlangan bolalardir. Shuning uchun ham MZlar genotiplari bir-biriga to’liq o‘xshashdir, MZ- larda uchraydigan farqlar muhit ta’sirining natijasi hisoblanadi. DZlar bir vaqtda otalangan ikki tuxum hujayradan rivojlangan va bir vaqtda tug'ilgan bolalardir.
DZlar oiladagi oddiy sibslar kabi bir-biriga o‘xshashi yoki o‘xshamasligi mumkin, chunki ulaming umumiy genlari 50% ga tengdir. Ulaming boshqa sibslardan farqi embriogenezdan va tug‘ilgandan keyin bir xil muhit omillarining ta'sirida bo‘lishidir. Agar ular har xil jinsli bo‘lsa, darhol DZlarga kiritish mumkin.
Bir jinsli egizaklaming zigotaligini aniqlash uchun ulami har xil mezonlar bo‘yicha solishtirish lozim. Eng qulay usul - bu terining transplantatsiyasidir. Transplantantning yaxshi qo‘shilib ketishi monozigotalikdan dalolat beradi.
Pedagog va pediatrlar egizaklar usuli yordamida muhit va irsiyatning intellekt, mhiy qobiliyatlaming rivojlanishidagi rolini aniqlash mumkinligini unutmasliklari kerak, bolaning tabiiy tug‘ma qobiliyati faqat muhitning ma’lum sharoitlari mavjud bo’lgandagina yuzaga chiqishi mumkin. Shuningdek, eng qulay muhit sharoitlari bo’lganida ham qobiliyatning irsiy jihatdan genotipda belgilovchi genlari bo’lmaganida yuzaga chiqishi mumkin emas.
Sport amaliyotida bolada qanday qobiliyatlar borligini ma’lum testlar yordamida aniqlash, undan keyin esa uning rivojlanishi uchun zamr sharoitni yaratish lozim. Egizaklarda turli jismoniy yuklamalar ta'sirida belgilaming namoyon etilishi, monozigota va dizigotalik egizaklarda o‘xshashlik va farqli belgilaming orasidagi masofani aniqlash mumkin.