Ma’ruza sportchilar tanasining hususiyatlari. Reja



Yüklə 128,2 Kb.
səhifə4/6
tarix16.05.2023
ölçüsü128,2 Kb.
#114362
1   2   3   4   5   6
MAVZU5

Genealogiya usuli. Avlodlar shajarasi (genealogiyasi)ni tuzi- shiga asoslangan usul bo‘lib, amaliyot shifokorlari uchun keng ma'lum bo‘lgan, eng qulay usuldur. Bu usul probandning (genetik shifokoming nazoratiga tushib o‘rganila boshlagan birinchi shaxs) qarindoshlari to‘g‘risida ma’lumotlar to‘plash va uni tahlil qilish- ga asoslangan, bunda probandda irsiylanishi o‘rganilayotgan belgi (kasal)ning fenotipik namoyon bo‘lishi tuzatilmasligi ham mumkin.
Faqat to‘liq va ishonchli ma'lumotlargina oilaning shajarisini to‘g‘ri tuzishga irnkon beradi. Shajara jadvalini chizishda umumiy qabul qilingan belgilardan foydalaniladi.
Genealogiya usulidan foydalanish quyidagi savollarga javob berishga imkon beradi:

  1. o‘rganayotgan belgi, irsiymi yoki irsiymas ekanligi;

  2. irsiylanish tipining qandayligi;

  3. kelajak avlodning prognozi.

Bundan tashqari, bu usuldan odam populatsiyalaridan mutatsi- on jarayonining jadalligini o‘rganishda, tibbiyot-genetika maslahatini o‘tkazishda, genlaming birikishi va o‘zaro ta’sirini tahlil qilishda va ulami kartalashtirishda ham foydalanish mumkin.
Genealogiya usuli 3 ta bosqichda o‘tkaziladi:

  1. ma’lumotlar to'plash;

  2. avlodlar shajarasini tuzish;

  3. avlodlar shajarasining tahlili.

Shajara tuzish probanddan boshlanadi, keyin esa uning I, II, III, IV darajadagi qarindoshlari so‘raladi va tekshiriladi. Tibbiyotda bu usul klinik-genealogik usul deb ham ataladi, chunki shajara bironta kasallikka nisbatan tuziladi.
Shajarani ifodalash, ya’ni o‘rganilayotgan belgini tasvirlash har bir shajara a'zosining probandga qarindoshligini ko‘rsatish lozim.
Ma’lumotlar to‘plangandan keyin shajarani grafik tasvirlanadi, keyin esa genetik tahlil variantlaridan biri - genekalogik tahlil o‘tkaziladi. Bunda shuni unutmaslik kerakki, belgi shajarada bir necha marta uchrashi mumkin. Sportchilaming genealogik shajarasini mustaqil tuzib, jismoniy sifatlaming nasldan naslga o‘tishini tekshirish lozim (Ayniqsa sport oilalar misolida).

Yüklə 128,2 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin