Baholash testi
Talabani bilimini tekshirishning eng sodda va sifatli usuli – bu baholash testi hisoblanadi.
iSpringMaker dasturi yordamida turdagi test savollarni yaratish mumkin.
Taqdimotni eksport qilishda uni yoki dasturning o‗zida, yoki PowerPoint Viewer
utilita(yordamchi dastur)da, yoki Microsoft PowerPoint Web Apps onlayn versiyasida, yoki
boshqa PPT formatini qo‗llab-quvvatlovchi ilovalarda ko‗rilishi inobatga olinadi. Video lavha
orqali ham namoyish qilinishi mumkin, lekin bunda interfaollikni ishlatish mumkin bo‗lmay
qoladi.
iSpring Suite orqali taqdimot nashr (publikatsiya) etilganda uni veb-sahifaga, blogga,
masofaviy ta‘lim tizimiga biriktirib qo‗yish mumkin. Taqdimotning eksporti Adobe Flash
formatida amalga oshiriladi.
iSpring Suiteda nashr qilishning 4 varianti taklif etiladi: Web, CD, iSpring Online va
Masofaviy ta‘lim tizimi:
1. Birinchi holatda Internet muhitida ishlashi mumkin bo‗lgan HTML-fayllardan iborat
bo‗lgan papka
2. Ikkinchi holatda EXE qobig‗iga taqdimot flash-dasturi bilan birga kiritilgan bo‗ladi.
Foydalanuvchi Windows muhitida ushbu fayllarni bevositadi ishlata oladi.
3. iSpring Online orqali taqdimot namoyish etiladigan bo‗lsa, servisda ro‗yxatdan o‗tish
talab etiladi.
4. Masofaviy ta‘lim tizimiga AICC, BlackBoard 9.x, SCORM 1.2 yoki SCORM 2004
formatlarining birida eksport qilinadi
Dostları ilə paylaş: |