Video-ma’lumotlarni saqlash formatlari
CD AVI (Audio Video Interleave – audio va video almashinuvi) – videoni saqlash va
Windows muhitida namoyish etish uchun Microsoft tomonidan yaratilgan format, tasvir va
ovozning bir vaqtda saqlanish imkoniyatini beradi. Bu formatdagi video yozilishida avval kadr,
so„ngra shu kadrga mos ovoz navbatma-navbat yoziladi. Videokadrlarga bo„linishi tabiiy, lekin
ovoz uzluksiz oqimga ega bo„lib, sun‟iy ravishda kadrlarga mos fragmentlarga bo„lib olinadi.
Agar ovozni ham videoni ham videokiritish qurilmasida yozilsa hech qanday muammo yuzaga
kelmaydi, agar ovoz ovoz kartasi yordamida yozilsa, video bilan ovozning aniq sinxronligi
buziladi, ba‟zan ovoz tasvirdan “qochadi”. Bu formatdagi videoyozuvlarda odatda turlicha
formatdagi video siqishlar (kompressiya) qo„llaniladi: Microsoft Video (8- va 16-bitli ranglarda),
Motion JPEG, Microsoft RLE (8-bitli ranglarda), Indeo va hk. Dastlab video olish va namoyish
etish uchun Microsoft tomonidan yaratilgan Video for Windows dasturiy to„plami qo„llanilgan,
lekin hozirgi kunda foydalanuvchida buning uchun juday qulay imkoniyatlar ham mavjud. Bu
imkoniyatlarni hisobga olgan holda Microsoft companiyasi AVI formatni almashtirishga
mo„ljallangan ikki yangi format ASF (Advanced Streaming Format – mukammallashgan potoklar
formati) va AAF (Advanced Authoring Format) formatlarni ishlab chiqish haqida qaror qildi.
Bunda eski AVI formati ham qo„llanishda davom etib, AVI, ASF va AAF formatlarini bir-biriga
aylantirish uchun vositalar yaratilishi rejalashtirilmoqda.
Dostları ilə paylaş: |