Labview dasturining imkoniyatlari



Yüklə 1,39 Mb.
səhifə1/3
tarix26.04.2020
ölçüsü1,39 Mb.
#30996
  1   2   3
Mirzayev Sarvar maqola


LABVIEW DASTURINING IMKONIYATLARI

Очилов М.Р (ТАТУ Қарши филиали)

Хужақулов М.Қ., Қобилов Ж.Б .,Мирзаев С.С

(ТАТУ Қарши филиали, талабалари)


LabVIEW (Laboratory Vertual Instrumentation Engineering Workbench) — National Instruments (AQSh) firmasi tomonidan “G” grafik dasturlash tilida yaratilgan dastur hisoblanadi. LabVIEW dasturining birinchi versiyasi hozirda uning UNIX, GNU/Linux, Mac OS versiyalari yaratilgan. Ayniqsa uning Microsoft Windows ga yaratilgan versiyasi ancha rivojlangan va mashhur hisoblanadi.

LabVIEW ma’lumotlarni qayta ishlash va tizimlarni yig’ishda, shuningdek
texnologik obyektlarni va jarayonlarni boshqarishda ishlatiladi. LabVIEW SCADA tizimga juda yaqin bo’lib, lekin undan farqi o’laroq texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish va boshqarish tizimlari (TJABT) doirasidagi masalalarni emas, balki avtomatlashtirish tizimlarini ilmiy tekshirish (ATIT) doirasidagi masalalarni yechishga mo’ljallangan.

LabVIEWdasturida foydalanilgan “G” grafik dasturlash tili ma’lumotlar oqimi
arxitekturasiga asoslangan. Bunday dasturlash tilida operatorlar ketma-ket bajarilish tartibida (imperativ dasturlash singari) emas, balki mavjud ma’lumotlarni bu operatorlarga kirishi orqali aniqlanadi. LabVIEW dasturining asosini vertual qurilmalar (Vertual Instruments) tashkil qiladi. Dasturning old panelida dasturni boshqarish elementlari – tugmalar, grafiklar va boshqa shu kabilar joylashgan bo’ladi.

Blok-sxema – bu dastur hisoblanadi. Dastur yozishda (aniqrog’i yaratishda)
“ma’lumotlar oqimi” (Data Flow) tushunchasi ishlatiladi. Uning mohiyati shundaki, hamma dasturning elementlari (grafik ko’rinishda berilgan) bir-biri bilan (tarmoq, sim orqali) bog’lanadi va shu orqali ma’lumotlar o’tadi. Bu quyidagi ramsda keltirilgan:



1-rasm. Oddiy panel.
Raqamli belgilanishlar:

  • dasturning elementlari (Nodes);

  • 2-indikator terminallari (Indicator Terminals);

  • 3-bog’lanishlar (Wires);

  • 4-boshqarish elementlarining terminallari (Control Terminals)

LabVIEW dasturida boshqarish elementlari va indikatorlar yordamida foydalanuvchi interfeys (old panel) yaratiladi.



Boshqarish elementlari - bu tugmalar, ishga tushirish maydoni va qurilmalaridir.
Indikatorlar- bu grafiklar, shkalalar, chiroqlar, matnli maydon va shunga kabilardir.
Foydalanuvchi interfeys yaratilgandan so’ng, old paneldagi obyektlarni boshqarish uchun dasturiy kod qo’shiladi. Bu kod (blok diagram) sxemasida joylashadi. Bu kod blok-sxemani eslatadi, lekin undan ancha farq qiladi.
LabVIEW dasturidan ma’lumotlarni yig’ish qurilmalari, turli-xil datchiklar, kuzatish qurilmalari, harakatlantiruvchi (masalan: qadamli motorlar) va GPIB, PXI, VXI, RS-232 b RS-484 qurilmalarni boshqarishda foydalaniladi.

LabVIEW dasturida yana LabVIEW Web Server va turli standart protokol va


vositalar TCP/IP va ActiveX lardan foydalanib, yaratilgan dasturlarni tarmoqqaga
ulash ham mumkin.
LabVIEW dasturining afzalliklari:

  • mukammal dasturlash tili;

  • grafik dasturlashning aniq jarayoni;

  • ma’lumotlarni qayta ishlash va tahlil qilish, uskunalarni boshqarish va
    ma’lumotlarni tarmoqli inerfeys orqali almashinishining mavjudligi;

  • drayverlari 2000 dan ortiq asboblarga mo’ljallangan;

  • mingdan ortiq ilovalar shablonli misollar;

  • Windows2000/NT/XP, Mac OS X, Linux va Solaris operatsion tizimlariga mos kelishi.
    LabVIEW o’zida turli xil ishlab chiqaruvchilarning katta spektrdagi uskunalarini va ko’p sonli kutubxona komponentlarini mujassamlashtiradi:
    • keng tarqalgan interfeys va protokol (RS-232, GPIB 488, TCP/IP va boshq.) ni
    tashqi qurilmaga ulash;
    • tajriba ishlarini masofadan turib boshqarish;
    • mashina doirasida robot va tizimlarni boshqarish;
    • signallarni raqamli qayta ishlash va generatsiyalash;
    • ma’lumotlarni qayta ishlashda turli xil matematik usullarni qo’llash;
    • ma’lumot va natijalarni vizual holati va ularni qayta ishlash (3D-modelni qo’shib);
    • murakkab tizimlarni modellashtirish;
    • ma’lumotlar ba’zasida ma’lumotlarni saqlash.
    Ayni vaqtda LabVIEW juda oddiy va tushunish mumkin bo’lgan tizim hisoblanadi.

ЖАРАЁНЛАРНИ АВТОМАТИК БОШҚАРИШДА “CROCODILE TECHNOLOGIES” ДАСТУРИ ЁРДАМИДА 3D КЎРИНИШИНИ ЯРАТИШ

Холиқов Райимберди Очилович, (ТАТУ Қарши филиали, ўқитувчи)

Хужақулов М.Қ.,Қобилов Ж.Б .,Мирзаев С.С (ТАТУ Қарши филиали, талабалари)
Ҳозирги даврда технологиялар ривожланиши асосида турли электрон қурилмаларни автоматик бошқариш амалга оширилиб келинмоқда. Электрон қурилмаларни автоматик бошқариш учун микроконтроллердан фойдаланилади. Жараёнларни автоматик бошқаришни лойиҳалаштириш учун турли виртуал дастурий таъминотлар мавжуд бўлиб, улардан бири Сrocodile Technology дастурий таъминотидан фойдаланиб, светофорни лойиҳалаштирамиз.

Сrocodile Technology дастурий таъминоти электрон конструктор бўлиб, у монитор экранида электр схемаларини йиғиш, микроконтроллер ёрдамида алгоритм тузиш ҳамда жараёнини худди ҳақиқий тажрибадаги сингари имитатция қилиш, электр катталикларни мултиметрда (3 ўлчовли), ўлчаш имкониятини беради.

Масалан, дастурда:

Микропроцессорларни дастурлаш ва робототехникага оид моделлар-нинг 3D кўринишида симуляциялаштириш мумкин.

Дастурни ишга тушириш учун Сrocodile Technology ярликни устига сичқончани чап тугмасини икки марта боссак экранда Сrocodile Technology ишчи ойнаси пайдо бўлади.

Дастур ойнасининг чап томонида Sontents, Parts Library va Properties ёрдамчи компаненталар мавжуд бўлиб, улардан талаба тажриба жараёнида танлаб фойдаланади. Фойдаланувчи курсорни Sontents ни устига олиб бориб, сичқонпчани чап тугмасини бир марта босиш натижасида уни ёпиб Parts Library ни босиш талаб етилади. Натижада Сrocodile Technology дастурини тажриба учун ишчи ойна ҳосил бўлади. Electronics ни устига бир марта босилса, электрон компаненталари кутубхонасини ҳосил қиламиз, у қуйидаги кўринишда бўлади.

Сrocodile Technology дастурида Analogue, Dijital 4000 Series, Dijital 7400 Series, Dijital Inputs & Outputs, Microcontrollers, Standart Blocks, Elektromechanisms, Flowchats, Mechanisms, Presentation электрон компаненталари кутубхонаси мавжуд бўлиб, улар тажриба учун танлаб олинади.

Микроконтроллерлар ёрдамида турли объектларни автоматик бошқариш қурилмаларини қуриш ва текшириб кўриш имкони Crocodile Technologies dasturida mavjud. Микроконтроллерни светофор мисолида кўриб чиқиш учун Crocodile Technologies дастуридан фойдаланамиз, бунинг учун дастурни ишга туширамиз. Дастур ойнасининг чап томонида Parts Library ёрдамчи компаненталар кутубхонасини танлаймиз. Натижада Сrocodile Technology дастурини тажриба учун ишчи ойна ҳосил бўлади. Electronics ни устига бир марта босилса, электрон компаненталари кутубхонасини ҳосил бўлади.

PICAX маркали микроконтроллер оиласидан PICAX18 микроконтроллерни танлаб сичқонча ёрдамида дастур ойнасига келтирамиз. Бу микроконтроллер кўриниши 1-расмда кўрсатилган бўлиб Input0, Input1, Input2, Input5, Input7 5 ta kirish va Output0, Output1, Output2, Output3, Output4, Output5, Output6, Output7, 8 чиқишдан иборат бўлиб, биз киришлардан Input0 ва чиқишлардан Output6, Output7 ни танлаймиз.



1-расм. Микроконтроллер ва алгоритмни блок схемаси



Сrocodile Technology 3D дастурини ишчи ойнасида кичик яна бир ишчи ойна ҳосил бўлади, бу ойнани пастки қисмига керакли элементлар қўйилиб занжир йиғилади, занжирнинг элементлари ойнанинг юқори қисмидаги жадвалга жойлашади. Йиғилган схемани платага кучириш командасини берсангиз, яшил платага элементларни жойлаштириб, ҳамда элементларни айримларни ҳақиқий куринишини намоён қилади.



2-расм. Сrocodile Technology 3D дастури


Yüklə 1,39 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin