Umumtexnik fanlar kafеdrasi
dotsenti
Ergashev Orifjon
Akramovich
Tishli uzatmalar haqida umumiy
tushunchalar
MAVZU
05
AMALIY MEXANIKA
FAN:
Maʼruza rejasi:
1. Tishli uzatmalarning tasnifi.
2. Afzallik va kamchiliklari.
3. Ishlatilishi haqida maʼlumotlar.
Tishli uzatmalarning tasnifi.
TISHLI UZATMA - aylanma harakatni bir valdan ikkinchi
valga ularda joylashgan aylanuvchi qismlar(g‘ildiraklar)dagi
tishlarning o‘zaro ilashishi xisobiga uzatishga mo‘ljallangan
mexanizm.
Eng oddiy tishli uzatma o‘zaro
ilashgan ikkita tishli g‘ildirakdan
tuzilgan bo‘lib, kichkina tishli
g‘ildirak SHESTERNYA,
kattasi G‘ILDIRAK
deyiladi.
Tishli uzatmalar quyidagi belgilarga ko‘ra tasniflanadi:
1. Uzatmadagi vallarning o‘zaro joylashishiga qarab:
a) vallarining o‘qlari parallel
joylashgan-silindrsimon tishli
g‘ildirakli uzatmalar;
b) vallarining o‘qlari kesishgan -
konussimon tishli g‘ildirakli
uzatmalar;.
v) vallarining o‘qlari ayqash
joylashgan - chervyakli, vintli va
gipoidli tishli uzatmalar
2. Tishlarning g‘ildirak geometrik o‘qiga nisbatan joylashishi bo‘yicha:
b) qiya tishli;
a) to‘g‘ri tishli;
c) shevron tishli;
d) egri tishli.
3. Tishli g‘ildiraklarning o‘zaro joylashishi bo‘yicha:
a) tashqi ilashishli;
b) ichki ilashishli.
4. Konstruktiv bajarilishi bo‘yicha:
a) ochiq;
b) yopiq, yaʼni yopiq korpusda
joylashgan (Reduktor);
5. Tishlarning profiliga ko‘ra:
a) evolventali;
b) sikloidali;
c) Novikov tipidagi
6. Vallar geometrik o‘qlarining nisbiy harakati bo‘yicha:
a) geometrik o‘qlar qo‘zg‘almas bo‘lgan
qatorli uzatmalar;
b) qo‘zg‘aluvchan geometrik
o‘qli planetar uzatmalar;
7. G‘ildiraklarining aylana tezligi bo‘yicha:
a) sekin yurar (u = 3¸4 m/s);
b) o‘rtacha tezlikli (4 m/s < u < 15 m/s);
c) yuqori tezlikli (u > 15 m/s).
Dostları ilə paylaş: |