Маъруза Тишли узатмалар



Yüklə 1,18 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/2
tarix09.06.2023
ölçüsü1,18 Mb.
#127465
1   2
tishli uzatmalar

 
 
Tishli uzatmalarning afzalliklari va kamchiliklari: 
Afzalliklari: 
1. Amalda xoxlagan quvvatni (50000 kVt va undan yuqori) aylana tezliklarning 
keng chegaralarida uzatish mumkin. 
2. Uzatishlar soni doimiy. 
3. Ixcham, ishonchli va uzoq muddat ishlaydi. 
4. F.I.K. yuqori (h = 0,97...0,98) va xizmat ko‘rsatish oson. 
5. Vallarga va tayanchlarga tushadigan bosim kuchlari nisbatan kichik. 
7. Gildiraklarni turli-tuman materiallardan tayyorlash mumkin. 
Kamchiliklari: 
1. Uzatishlar sonining cheklanganligi, bir juft tishli g‘ildirak uchun Umax = I2,5. 
2. Bikr ishlaydi, shuning uchun titrash va shovqin manbai xisoblanadi hamda 
zarbli va keskin o‘zgaruvchan yuklanishlarga yaxshi chidamaydi. 
3.Katta aniqlikdagi tishli g‘ildiraklarni tayyorlash nisbatan murakkab va 
qimmatroq. 
 
 


 
 
 
 
 
 
Ishlatilishi haqida maʼlumotlar. 
Tishli uzatmaning turi uning bajaradigan vazifasi, yuklanish xususiyati va ishlash 
sharoitiga qarab qabul qilinadi. 
Sikloida profilli tishlar sekin yurar va kam yuklangan uzatmalarda; Novikov tipidagi 
tishlar katta quvvatlarni uzatishda, qolgan xollarda esa evolventali tishlar ishlatiladi. 
Aylana tezlik u < 5 m/s bo‘lganda to‘g‘ri tishli, u > 5 m/c da qiya tishli, og‘ir yuklangan 
uzatmalarda esa shevron tishli g‘ildiraklar ishlatiladi. 
Tashqi ilashishli uzatmalar harakat yo‘nalishini teskarilatish zarur bo‘lganda, ichki 
ilashish esa yo‘nalishni bir xil saqlash uchun qo‘llaniladi. 
Mashinaning konstruksiyasi imkon berganda uzatmalarni har doim yopiq yoki yarim 
yopiq korpusga moylanadigan qilib joylashtirish zarur. 
Planetar uzatmalar pog‘analar sonini ko‘paytirmasdan ancha katta yoki kichik uzatish 
nisbatlarini olish, hamda harakatni bir vaqtning o‘zida bir nechta yo‘nalishda uzatish 
imkonini beradi. Biroq bu uzatmalar nisbatan yuqori aniqligda tayyorlash va 
yig‘ishni talab qiladi, hamda ularni yig‘ish uchun ko‘proq vaqt sarflanadi. 


Nazorat savollari 
1.Tishli uzatmani tasnifini ayting? 
2.Tishli uzatmani asosiy afzalligi nimadan iborat, boshqa uzatmaga 
nisbatan? 
3.Tishli uzatmani asosiy kamctiligi nimadan iborat, boshqa uzatmaga 
nisbatan? 
4.
Tishlarning profiliga ko‘ra qanday turlaini bilasiz 

5.Nima uchun evolvent profilli tishli uzatma keng ishlatiladi? 
6.Tishlarning g‘ildirak geometrik o‘qiga nisbatan joylashishi 
bo‘yicha 
qanday turlaini bilasiz ? 

Yüklə 1,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin