Ma’ruza va ma’ruzachiga qo’yiladigan pedagogik talablar


Ma'ruza va ma'ruzachiga qo’yiladigan



Yüklə 26,14 Kb.
səhifə2/3
tarix19.05.2023
ölçüsü26,14 Kb.
#118026
1   2   3
Ma’ruza va ma’ruzachiga qo’yiladigan pedagogik talablar

Ma'ruza va ma'ruzachiga qo’yiladigan pedagogik talablar
Ma'ruzani muvaffaqiyatli o'qish, ma'ruzani ta'limiy va tarbiyaviy vazifalarini tadbiq etish, ko'p jihatdan ma'ruzachi va talabalar auditoriyasi o'rtasidagi muloqotga bog'liq bo'ladi.

Ma'ruzachi va talabalar o'rtasidagi muloqotni yuzaga keltirish uchun uchta guruh shartlari mavjuddir.


Birinchi guruh sharti ma'ruza mazmuni va tuzilishiga bog'liq bo'ladi. Bularga quyidagilar kiradi:
Ma'ruzalarga ularni o'tkazishga qat'iy talablar qo`yiladi:
1. Ma'ruzani mazmuni va tuzilishi aniq ishlab chiqilgan bo'lishi kerak.
2. Ma'ruza aniq reja asosida tashkil etilishi.
3. Ma'ruza ilmiy faktlar va ma'lum otlarga boy bo'lishi kerak.
4. Ma'ruzada fan-texnikaning eng so'nggi yangiliklari yoritilishi zarur.
5. Ma'ruza uchun materiallar chuqur o'rganilgan holda tanlanishi kerak.
6. Ma'ruza mazmuni asosiy tushunchalarni yoritishga qaratilgan bo'lishi kerak.
7. Ma'ruzada ilmiy adabiyotlar tahlili, o'tilayotgan mavzuni darslikda yoritilishiga
ob'ektiv baho berish zarur.


Ikkinchi guruh shartlari ma'ruzachini sifatlariga qaratilgan talablardir:
1. Ma'ruzachi aniq g'oyaviy va ilmiy bilimlarga ega bo'lishi.
2. Ma'ruzachi umumiy va ilmiy, intellektual salohiyatga ega bo'lishi kerak.
3. Ma'ruzachi ma'ruzadagi ma'lumotlarni erkin holda o'zlashtirgan bo'lishi zarur.
4. Ma'ruzachi o'z predmetini chuqur bilishi va ilmiy ijodga qiziquvchan bo'lishi zarur.
5. Ma'ruzachida lektorlik mahorati, bilim va malakalar uzviyligi, bog'liqligi (o'quvchi
talabalar diqqatini o'ziga jalb etish, talabalarni fikrlash faoliyatlarni yo'lga solish va
boshqalar) mavjud bo'lishi kerak.
6. Ma'ruzachida muloqotga kiritish malakalari va tashkilotchilik sifatlari mavjud bo'lishi
kerak.

7. Ma'ruzachini nutqi grammatik va orfoepik jihatdan savodxon va to'g'ri bo'lishi, uning
nutqi aniq, ifodali, tushunarli va auditoriyadagilar uchun eshitilarli bo'lishi zarur.
8. Ma'ruzachini nutq sur'ati (tempi) talabalarga ma'ruzani tushunishlari va asosiy
mazmunni yozib olishlari uchun mos bo'lishi kerak.
9. Ma'ruzachi talabalar bilan xushmuomila va shu bilan birga talabchan munosabatda
bo'lishi lozim.



Yüklə 26,14 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin