Маъруза ва семинар машгулотларни укитиш технологияси


Nazorat va muhokama uchun savollar



Yüklə 423,5 Kb.
səhifə22/75
tarix12.02.2022
ölçüsü423,5 Kb.
#52465
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   75
Davlat budjeti

Nazorat va muhokama uchun savollar

  1. Davlat budjeti tuzilmasi tushunchasini tushuntiring.

  2. Budjet tizimi va uning bo’g’inlarini ko’rsating.

  3. Mahalliy budjetlarning budjet tizimidagi tutgan o’rni nimalardan iborat?

  4. Budjetlararo munosabatlar tizimi deganda nimani tushunasiz?

4-mavzu. Davlat budjetining huquqiy asoslari. Budjet siyosati

Reja

  1. Davlat budjeti - davlat iqtisodiy siyosatining quroli sifatida

  2. Budjet siyosatining taktikasi va strategiyasi.

  3. Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida budjet siyosatining asosiy yo’nalishlari.


1. Davlat budjeti - davlat iqtisodiy siyosatining quroli sifatida

Moliya-budjet siyosati - davlat va mahalliy hokimlik organlari tomonidan o’tkaziladigan tadbirlar va harakatlar yig’indisi bo’lib, u budjet tizimini boshqarishda va ularni o’z vazifalarini bajarishlari uchun moliyaviy munosabatlardan foydalanishlari bo’yicha moliya budjet sohasidagi maqsad va vazifalarni aniqlashni ko’zda tutadi, budjetdagi pul mablag’larini safarbar etish mexanizmining ishlatilish yo’nalishlarini tanlaydi va budjet tizimida moliya budjet instrumentlari yordamida iqtisodiy va ijtimoiy jarayonlarini tartibga solishni tashkil etadi.

Budjet-soliq siyosati YaIMning usishini, iqtisodiyotni barqarorligini, aholi bandligini yuqori darajada ta’minlashga qaratilgan davlatning soliqqa tortish va davlat xarajatlari siyosati hisoblanadi.

Budjet siyosatining vazifalari: Davlat xarajatlarini iqtisod qilish dasturlarini amalga oshirish; Ijtimoiy islohotlarni amalga oshirishda budjetning rolini mukammallashtirish; Budjet resurslaridan samarali foydalanishning nazorat tizimlarini mukammallashtirish; Budjetning daromadlar va xarajatlar ijrosi tizimlarini takomillashtirish; Mahalliy boshqaruv organlari faoliyatining moliyaviy imkoniyatlarini shakllantirish maqsadida mahalliy budjetlar uchun yaxshi moliyaviy potensialni shakllantirish.

Davlat iqtisodiyotini rivojlantirish strategiyasidan, iqtisodiyotning va siyosatning ma’lum bir sharoitidan kelib chiqqan holda budjet-moliya siyosati quyidagilarni belgilashni nazarda tutadi:


  1. Budjet orqali milliy daromadni qayta taqsimlashninig har xil darajalarini;

  2. Ichki budjet tizimi resurslarida mavjud moliyaviy mablag’larni markazlashtirishning har xil darajalarini;

  3. Davlat va mahalliy budjetlarning mablag’larini foydalanishni tartibga solish

  4. Budjetdan moliyalashtirildigan eng ustuvor u yoki bu tadbirlarni belgilab olish;

  5. Daromad va xarajatlar o’rtasidagi muvozanotli balansga erishish usullarini tanlash.

Budjet-moliya siyosati soliq siyosatidan iborat va pul-kredit, baho va valyuta siyosati bilan bog’liq.


Yüklə 423,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   75




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin