Budjet tizimining yagonaligi prinsipi. Budjet hujjatlari va budjet hisobotlarining shakllari, budjet tasnifi yagona bo’lishi hamda budjet tizimi budjetlarining daromadlari va xarajatlarini shakllantirish hamda ijro etish, budjet hisobini yuritish va budjet hisobotini tuzishning yagona tartibini nazarda tutishi lozim.
Budjet tizimining O’zbekiston Respublikasi ma’muriy-hududiy tuzilishiga muvofiqligi prinsipi.Budjet tizimi O’zbekiston Respublikasining ma’muriy-hududiy tuzilishiga muvofiq bo’lishi lozim.