Ma’ruza. Web ilova yaratishda cms va Freymworklardan foydalanish. Reja



Yüklə 91,84 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/10
tarix21.12.2023
ölçüsü91,84 Kb.
#189007
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Maruza 15

1. WordPress.
Ushbu CMS asosan blog (biror shaxs, joy yoki alohida mavzuga 
bag’ishlangan, tez-tez yangilab turiladigan, qisqa maqolalar va ma’lumotlar kiritib 
boriladigan o’rta hajmdagi sayt) uchun mo’ljallangan. Ammo bugungi kunga kelib bu 
CMS shu qadar mukammallashib ketdiki, hozirda uni hatto portal saytlar uchun ham 
ishlatishmoqda. 
WordPress – foydalanish uchun juda oson, qulay va eng asosiysi 100% bepul bo’lgan 
dastur. Uni WordPressning rasmiy sayti 
www.wordpress.org
 orqali yuklab olishingiz va 
foydalanishingiz mumkin. Asosiy CMS dasturdan tashqari WordPress uchun 
millionlab shablonlar (sayt ko’rinishlari) va plaginlar (dastur ichida ishlovchi kichik 
qo’shimchalar) yaratilgan. 
Agar Siz o’zingiz uchun shaxsiy sahifa ochmoqchi bo’lsangiz, sevimli 
qo’shiqchingizga bag’ishlab sayt yaratmoqchi bo’lsangiz yoki o’zingiz uchun qiziq 
bo’lgan biror mavzuga oid maqolalaringizni butun dunyo bilan bo’lishmoqchi 
bo’lsangiz WordPressni tanlang! 
Hozir Siz ko’rib turgan akmx.uz sayti ham WordPress CMS asosida yaratilgan. 
O’zbekistonliklar WordPressni ham egallashga ulgurishdi! Endi WordPress CMSni 
o’zbek tilida ham ishlatishingiz mumkin. Uning O’zbekiston uchun maxsus rasmiy 
sahifasi ham bor: 
uz.wordpress.org
 
2. Joomla!
Bu CMS asosan katta saytlar va portallar uchun mo’ljallangan. Ommaviyligi 
bo’yicha WordPressdan keyingi o’rinda tursa ham, ishlatish juda qulay, ishonchli va 
bepul CMS hisoblanadi. Dasturni rasmiy sayti 
www.joomla.org
 orqali yuklab olishingiz 
mumkin. 
Joomla! CMS uchun ham ko’plab shablonlar, “extension” (kengaytma, plagin)lar 
yaratilgan. Joomla! uchun ham saytni o’zbek tiliga o’tkazish imkoniyati bor. Buning 
uchun dasturni o’rnatib, o’zbek tiliga o’girish uchun maxsus tayyorlangan kichik 
dasturni qo’shishingiz kifoya! 
Agar Siz katta portal yaratmoqchi bo’lsangiz, saytingiz foydalanuvchilari ro’yxatdan 
o’tib, saytingizda “foydalanuvchi-server” aloqasi ko’rinishidagi murakkab 
amaliyotlarini bajara olishini xohlasangiz, juda keng qamrovli katta sayt yaratmoqchi 
bo’lsangiz Joomla! Siz uchun eng yaxshi tanlov bo’la oladi. 

Yüklə 91,84 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin