pullik va
bepul . Agar qandaydir murakkab sayt
yoki daromadli sayt qilmoqchi bo’lsangiz, albatta pullik shablonni tanlashingiz
maqsadga muvofiq bo’ladi, chunki pullik shablonlarni ishlatkaningizda, qandaydir
muammoga uchrasangiz, shablon tuzuvchilari sizga bu muammoni yechib beriashadi,
ya’ni qo’llab quvvatlash hizmati mavjud.
Hozirda shablonlar moslashuvchanlik(responsive) hususiyatiga ega, ya’ni
istalgan o’lchamli ekranlarga moslashib ketaveradi, xar hil ekranlar uchun alohida sayt
qilmaysiz.
Shablonlar funksiyasini oshirish uchun plaginlar ishlatiladi, plaginlar sayt
strukturasini o’zgartirmagan holda, qo’shimcha hizmatlarni qo’shishi mumkin.
Plaginlar soni ham juda ko’p bo’lib, ular ham borgan sari yangilanib boradi. WordPress
versiyasi yangilanganda, plaginlar ham shu asosida yangilanadi, ya’ni moslashtiriladi.
Shablon va plaginlar bu CMS’ning asosi hisoblanishadi, har doim WordPress,
shablon va plaginlarni yengilab borish lozim(bu haqida admin panelda ma’lumot berib
boriladi), bu xavfsizlik darajasini oshishiga olib keladi. O’zimda bo’lgan holat,
WordPress’ni eski versiyasini ishlatib, sayt buzilishiga sababchi bo’lganman.
WordPress’ni o’rganishdan oldin quyidagilarni bilishingiz lozim:
— CMS haqida;
— Web server;
— MySQL(boshlang’ich malumotlar: nima bu, jadval, ustun, tip, …);
— WAMP(Denwer yoki OpenServer);
— HTML teglari, CSS stillari(asosi yetarli bo’ladi);
— arxiv fayllar hosil qilish va ularni ochish(WinRar);
— Total Commander bilan ishlash(iloji boricha);
Yuqoridagilarni birortasi haqida umuman hech narsa bilmasangiz, sizga
qiyinroq bo’ladi, shuning uchun, dastlab, bu tushunchalar nima ekanligi haqida
umumiy ma’lumotga ega bo’ling, nazariy jihatdan bo’lsa ham.
Bu dars, WordPress haqida umumiy tushuncha edi, keyingi darslardan boshlab
amaliy ishlar qilishni boshlaymiz.
WordPress CMS’ni o’rnatishni boshlaymiz, dastlab WordPress CMS’ni
internetdan ko’chirib olishimiz kerak, albatta o’zining saytidan. Boshqa saytlardan
MA’RUZALAR MATNI
|
122 ko’chirishni tavsiya qilmayman, balki ular to’liqmasdur yoki xato bilan ishlar, hech
kim kafolat bermaydi. Demak, wordpress saytiga kiramiz va o’ng tomondagi
«