1. WordPress. Ushbu CMS asosan blog (biror shaxs, joy yoki alohida mavzuga
bag’ishlangan, tez-tez yangilab turiladigan, qisqa maqolalar va ma’lumotlar kiritib
boriladigan o’rta hajmdagi sayt) uchun mo’ljallangan. Ammo bugungi kunga kelib bu
CMS shu qadar mukammallashib ketdiki, hozirda uni hatto portal saytlar uchun ham
ishlatishmoqda.
WordPress – foydalanish uchun juda oson, qulay va eng asosiysi 100% bepul bo’lgan
dastur. Uni WordPressning rasmiy sayti
www.wordpress.org
orqali yuklab olishingiz va
foydalanishingiz mumkin. Asosiy CMS dasturdan tashqari WordPress uchun
millionlab shablonlar (sayt ko’rinishlari) va plaginlar (dastur ichida ishlovchi kichik
qo’shimchalar) yaratilgan.
Agar Siz o’zingiz uchun shaxsiy sahifa ochmoqchi bo’lsangiz, sevimli
qo’shiqchingizga bag’ishlab sayt yaratmoqchi bo’lsangiz yoki o’zingiz uchun qiziq
bo’lgan biror mavzuga oid maqolalaringizni butun dunyo bilan bo’lishmoqchi
bo’lsangiz WordPressni tanlang!
Hozir Siz ko’rib turgan akmx.uz sayti ham WordPress CMS asosida yaratilgan.
O’zbekistonliklar WordPressni ham egallashga ulgurishdi! Endi WordPress CMSni
o’zbek tilida ham ishlatishingiz mumkin. Uning O’zbekiston uchun maxsus rasmiy
sahifasi ham bor:
uz.wordpress.org
2. Joomla! Bu CMS asosan katta saytlar va portallar uchun mo’ljallangan. Ommaviyligi
bo’yicha WordPressdan keyingi o’rinda tursa ham, ishlatish juda qulay, ishonchli va
bepul CMS hisoblanadi. Dasturni rasmiy sayti
www.joomla.org
orqali yuklab olishingiz
mumkin.
Joomla! CMS uchun ham ko’plab shablonlar, “extension” (kengaytma, plagin)lar
yaratilgan. Joomla! uchun ham saytni o’zbek tiliga o’tkazish imkoniyati bor. Buning
uchun dasturni o’rnatib, o’zbek tiliga o’girish uchun maxsus tayyorlangan kichik
dasturni qo’shishingiz kifoya!
Agar Siz katta portal yaratmoqchi bo’lsangiz, saytingiz foydalanuvchilari ro’yxatdan
o’tib, saytingizda “foydalanuvchi-server” aloqasi ko’rinishidagi murakkab
amaliyotlarini bajara olishini xohlasangiz, juda keng qamrovli katta sayt yaratmoqchi
bo’lsangiz Joomla! Siz uchun eng yaxshi tanlov bo’la oladi.